Gurbette sahipsiz bir yolcu gibi Gideni götürür yollar affetmez Takvimden dökülen bir yaprak gibi Düşeni götürür yıllar affetmez Yoluna halılar serilir sanma Uğrunda ömürler verilir sanma Değerin kıymetin bilinir sanma Düşeni götürür kullar affetmez Öyle bir dünya bu vefadan yoksun İsterse kainat servetin olsun Düştüğün yerlerde sen artık yoksun Düşeni götürür hayat affetmez...
Usmon Azimga
Ey böğzimni yoqqan aççiq böz,
ey sen ruhi ravonim körki –
gulxanlarda yongan turkiy söz,
gulxanlarda yonmagan turkiy!
Ey toşlarni sayratgan kalom,
ey boşimni omon tutgan börk,
ey sen… meni keçir, vassalom,
keçir deyman, Hazrat Abutturk!
Gunohkorman qoşingda butkul,
gumrohmanu osiyman, tamom…
keçir deyman, aybimdan ötgil,
olma deyman faqat intiqom!
Şu daştlarda kezdim ming yillar,
şu oftobda ösdim, isindim,
şu köksimga botdi sohillar,
şu qirlarda yuksaldim, indim.
Şu soylarga tökildi ohim,
şu boğlarda pindiq otdi baxt,
qahqahamdan ungan oğoçim,
faryodimdan tökilgan daraxt…
Men barini kuyladim jöşib,
kuylarimdan daştlarim qondi,
men kuylagan u dilbar qöşiq
istilolar ötida yondi.
Yondi bari jizğanak bölib,
yondi bari kökka urib boş,
kul şaklida topdilar ölim…
vafo qildi menga faqat toş!
Şu toş qoldi sendan esdalik –
toş şaklida qotgan turkiy dil!
Kim bevafo kelgan mençalik?!
Kim mençalik noraso öğil?!
Men bilmasman
kuylarim naqşi
runiymidi,
oromiymidi,
jilvalari,
nuri,
duraxşi
erlikmidi,
osmoniymidi?!
Menmi öşa – unutgan tavba,
öylaringni,
ehsoslaringni;
bir asrda tört marotaba
özgartirgan liboslaringni?!
Yöq, men emas –
şu kengliklarda
yiğlab-kulib qöşiq aytmasam,
kötarmasam seni bir parda,
men men emas – senga qaytmasam!
Qaytajakman qoşingga, ona,
yoşlarimni tökkayman taxir.
Onamdirsan axir yagona,
yakka-yolğiz otamsan axir.
Ey böğzimni yoqqan aççiq böz,
ey sen ruhi ravonim körki –
gulxanlarda yongan turkiy söz,
gulxanlarda yonmagan turkiy!
* * *
Otam uy qurmadi kuçi borida,
Har öğil tikladi, topdi bir vatan.
Heç bir bolasining dar-devorida
Qadoq qöllarining izi qolmagan.
Berdi öz zamonin kitoblarin va
Jurnali, albomi, gazetalarin
Va Xudo rahmati Şerali Jöra
Ovozi yozilgan kasetalarin.
Örgatdi u faqat kitob öqişga,
Körişga kinoning saralarini.
Eng yaxşi qöşiqlar tinglaşga yana
Sevişga umrining yaralarini.
U mehnat qilişga örgatdi faqat
Örgatdi öylaşga qadam-baqadam.
Döst-duşman—bariga qilişga toqat,
Yaşaşga örgatdi, xullas, xotirjam.
Navoiy qurdirgan köprik zavolin
Bir nodon bombasi qilgan kabi hal,
Qulaydi har qanday hovli‐havoli
Buzilgay har qanday köşk ham bir mahal.
Navoiy çekkan dil suratin har köy
Öyib bölmagandek dil devoridan,
Otam könglimizga qurib bergan uy
Omon çiqaverar yillar qoridan.

Yorumlar
Yorum Gönder