Na xörliq, na kasolat?-Doimo afgor biz, millat, Hama gul dasta qilsa, ne terarmiz?-Xor, biz, millat. Jaholat qaziyasi döndurdi istiqboli rif’atdan, Ma’oz-illoki, na iqror, na inkor-biz, millat. Tutub selobi ğaflat mavji ğamğa taşladi, hayhot, Jahon Jayhunlariğa to‘mai tayyor-biz, millat. Tamaddunfeşalikdan özgalar ruhi mujassamdur, Hayota qobil ermas, surati devor-biz, millat. Hama ilmu hunar asbobini olmaqni istarsa, Çafon, çalma, riyo sotmoqğa xöb tujjor-biz, millat. Tafakkur soyasida özgalar şahdu şakar yersa, Tururmiz baqrayib har göşada bekor-biz, millat. Mayu minosini tark aylasa ağyor, bizlar, oh, Içib jomi jaholatdan, hamişa zor-biz, millat. Hama kasbu kamolot etsa hosil ilm-fan birla, Şifirguçi, yamoqçi, xayrçi-köb xor-biz, millat. Taqozoyi zamon, har jins kiysa jismiğa loyiq, Qilib qof-xaltadan kölmak-çopon-beor-biz, millat. Özi bilmas, sani duşman, sani johil bilur, Hijron, Hayotu ruh kerakmas-jismidan bezor-biz, millat.