Oxu, tar, oxu tar!… Səsindən ən lətif şeirlər dinləyim, Oxu tar, bir qadar, Nəğməni su kimi alışan ruhuma çiləyim. Oxu tar! Səni kim unudar?
Onam ikki tandir nonni yopib, dasturxon ustiga yayratib qoʼydi-da, bobom va enamdan xabar olish uchun yoʼlga tushdi. Ukalarimni yetaklab ketayotgan payt: “Kechki ovqatga yetib kelaman, nonlarni birozdan keyin sandiqchaga solib qoʼy, qizim”, deb tayinladi. Аkalarim, biri sportning boks, biri kurash turi bilan, qolganlari futbol bilan shugʼullanardi. Taʼtil vaqti keng koʼchamiz futbol maydoniga aylanar, koʼchaning ikki tarafi tomoshabin-ishqibozlarga toʼlib ketardi. Onam ketgach, oila hukmronligini qoʼlga olgan akam menga buyurdi: “Pomidor terib chiqib, shakarob qilgin. Koʼproq boʼlsin!” dedi. Tushlikda ikki jamoa aʼzolari bir joyga jam boʼlib, bir togʼora shakarobni paqqos tushirishdi. Tushdan keyin kosa-tovoqlarni yuvib, nonni sandiqchaga solish uchun kirsam ikki dona non qolgan ekan. Uyni boshimga koʼtarib yigʼlashga tushdim. “Аka, endi nonushtaga nima yeymiz?” Аkalarim mulzam boʼlib bir-biriga qarardi. Vaqtida nonni olib qoʼymaganim uchun oʼzimdan ham xafa boʼlib ketdim. Kechga tomon...