Ana içeriğe atla

Kayıtlar

Özbek Koşukları etiketine sahip yayınlar gösteriliyor

Mikayıl Müşfiq - Oxu, tar

Oxu, tar, oxu tar!… Səsindən ən lətif şeirlər dinləyim, Oxu tar, bir qadar, Nəğməni su kimi alışan ruhuma çiləyim. Oxu tar! Səni kim unudar?

Sherali Jo'rayev - Karvon ko'rdim

Karvon ko'rdim: tuyalari bo’zlab kelar, Nortuyada mening yorim izlab kelar.  Menga bergan va’dalari esdan chiqib, Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar.  Peshonangga yozganidan ayrilma, yor, Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor. Karvon yo’li ketgunicha qizg’aldoqzor, Yig’lamagin, yig’lagandan dunyo bezor. O’ynab-o’ynab, kulib-kulib ketayvergin, G’amga o’zim xaridorman, o’zim bozor. Peshonangga yozganidan ayrilma, yor, Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor. Qorli tog’dan naridadir o’zga diyor, O’zga yurtda kelin bo’lib qolishing bor. O’zga yurtda o’z yurtingni eslab turgin, Menga emas, o’z yurtingga bo’l intizor. Peshonangga yozganidan ayrilma, yor, Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor. Men-chi, menga goh g’am to’lar, alam to’lar, Gohi shodlik, gohida g’am nolam to’lar. Bu dunyoki, meni ko’nglim yarim etding, Yarmi bilan kuylasam ham olam to’lar. Peshonangga yozganidan ayrilma, yor, Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor. Karvon ko’rdim: tuyalari bo’zlab bora...

Ahad Qayum - Yana sog‘indim, yana

Nechun yiroqlab ketding? Yana sog‘indim, yana. Kecha bag‘rimda eding... Yana sog‘indim, yana.    Sir aytaman armonga, Gul tutaman hijronga, Termulaman osmonga, Yana sog‘indim, yana.    Yoringman de, suy mani Diydoringa to‘y mani Kechirmayman deyman-u Yana sog‘indim, yana.    Joduli ko‘zlaringni, Mehrli so‘zlaringni, Shirin nafaslaringni Yana sog‘indim, yana.    Nursiz kunga o‘xshayman, Oysiz tunga o‘xshayman, Sensiz qanday yashayman, Yana sog‘indim, yana.   Nechun yiroqlab ketding? Yana sog‘indim, yana. Kecha bag‘rimda eding... Yana sog‘indim, yana. 

Omon Matjon - Umr o'tar

Umr o'tar, vaqt o'tar, Xonlar o'tar, taxt o'tar, Omad o'tar, baxt o'tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sening yurishlaring, sening kulishlaring. Bahorda bog' na go'zal, Qor tushsa tog' na go'zal, Bu yoshlik chog' na go'zal, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan So'zsiz qarashlaring, holim so'rashlaring. Oy chiqar goh zaholi, Do'stlar ko'pdir vafoli, Hayot shundan safoli, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring. Umr - yo'l, qayrilish ko'p, Uchrashish, ayrilish ko'p, Unutish, aytilish ko'p, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring... 1979

Sherali Jo'rayev - Zaman zaman

  Yillar o`tar, yillar kelar yillar ortidan, Turnalar ham uchib kelar tog`lar ortidan. Vatanimning o`g`il-qizi, eng ulug`lari, Sizni qutlay ushbu kunda yilning oldidan. Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki, Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki.  Yer-u ko`kni titratuvchi vulqonlarimiz, Tinchlik uchun hur vatanning qalqonlarimiz. Biz yoshlarmiz – otalarning belida quvvat, Onalarning ko`z qorasi ham jonlarimiz. Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki, Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki.  “Tinchlik” degan shior bizga shior hamisha, Shiorimiz tarqalmoqda qit’alar osha.  Biz yoshlarmiz, ishchi dehqon hamda talaba, Tinchlik albat yer yuzida qilar g`alaba. Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki, Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki. 

Site Planı
Etiketler yükleniyor...