Ana içeriğe atla

Muhammad Ismoil - Siz hamon o‘shasiz… (hikoya)

— Ahmad aka, sizni tashqarida bir ayol kutib turibdi. Birga o‘qiganmiz, deyapti. Kiring desam kirmadi. — Kim ekan? — Otini aytmadi. Shoshilib turibman, dedi. Erinibgina tashqariga chiqdim. Mening xonamdan kirish-chiqish eshigi ancha olis, shuning o‘ziga ish vaqtimning qanchasi ketib qolishini qizg‘anib istamaygina borardim. Tashqarida esa meni kutib… Ziyoda turar edi. — Iye, Ziyoda? — Tanimadingizmi? — Yaxshimisiz? — O‘zingizdan so‘rasak. — Rahmat! Qani ichkariga kiraylik. — Ey, yo‘q, shoshilib turibman. Yarim soatdan keyin samolyotim uchadi. Men bir nafasga, ko‘rib ketay degan edim. Birga o‘qigan kursdoshlarni sog‘indim. Biz tomonga, Farg‘ona taraflarga bormaysizlar ham. — Ha, bir marta borib bo‘larimiz bo‘lgan. — Ey, qo‘ying shu gaplarni. — Juda o‘zgarib ketibsiz. Hatto tanib olish qiyin. — Rostdanmi? — Bilmadim. Menda bir rasmingiz bor. Balki shunga qarayverganimdanmi, tasavvurimda boshqacha o‘rnashib qolibsiz. Go‘yo hech narsa o‘zgarmaganday. Lekin, mana, oradan o‘n besh yil vaqt o...

Muhammad Ismoil - Siz hamon o‘shasiz… (hikoya)

— Ahmad aka, sizni tashqarida bir ayol kutib turibdi. Birga o‘qiganmiz, deyapti. Kiring desam kirmadi.

— Kim ekan?

— Otini aytmadi. Shoshilib turibman, dedi.

Erinibgina tashqariga chiqdim. Mening xonamdan kirish-chiqish eshigi ancha olis, shuning o‘ziga ish vaqtimning qanchasi ketib qolishini qizg‘anib istamaygina borardim.

Tashqarida esa meni kutib… Ziyoda turar edi.

— Iye, Ziyoda?

— Tanimadingizmi?

— Yaxshimisiz?

— O‘zingizdan so‘rasak.

— Rahmat! Qani ichkariga kiraylik.

— Ey, yo‘q, shoshilib turibman. Yarim soatdan keyin samolyotim uchadi. Men bir nafasga, ko‘rib ketay degan edim. Birga o‘qigan kursdoshlarni sog‘indim. Biz tomonga, Farg‘ona taraflarga bormaysizlar ham.

— Ha, bir marta borib bo‘larimiz bo‘lgan.

— Ey, qo‘ying shu gaplarni.

— Juda o‘zgarib ketibsiz. Hatto tanib olish qiyin.

— Rostdanmi?

— Bilmadim. Menda bir rasmingiz bor. Balki shunga qarayverganimdanmi, tasavvurimda boshqacha o‘rnashib qolibsiz. Go‘yo hech narsa o‘zgarmaganday. Lekin, mana, oradan o‘n besh yil vaqt o‘tibdi.

— Ha, hammasi birpasda o‘tib ketdi.

— O‘zingiz nima ishlar bilan bandsiz?

 — Ishlayapman. O‘qishni bitirib borgach, 3-4 yil uyda o‘tirdim. Keyin ishga tushib ketdim.

— Yuring, chetroqqa chiqaylik.

— Yaxshisi, meni aeroportga kuzatib qo‘yaqoling.

— Bugun qolmaysizmi?

— Yo‘q. Bu yerda Hulkarnikida turdim. Asli kecha ish bilan keluvdim. Hulkarni eslaysizmi? Biz bilan o‘qigan.

— Eslayman, bo‘yi uzun, qoracha qizmi?

— Ha, o‘sha. Kecha tong otguncha gaplashib chiqdik. Hamma kursdoshlarni esladik. Sizning ham qulog‘ingiz rosa qizigandir.

— Siz eslaysiz-u, qizimaydimi?

— Sizni rosa ko‘p esladik.

— Men… Siz meni hech qachon eslamasangiz kerak deb yuraman. Agar qolishingizning iloji bo‘lmasa, qani, chiqing mashinaga.

— Afsuski, iloji yo‘q.

— Nega afsus deyapsiz?

— Aytaveraymi?

— Aytmasangiz ishonmayman.

— Aytsam ham ishonmaysiz!

— Ishonmayman? Uch-to‘rt yil orqangizdan soyaday ergashib yurdim. Qishlog‘ingizga borib, qancha kuchuklarga talandim. Bir marta qarab qo‘yishingizga yillab zor bo‘lib, orziqib yurdim. Hali hanuzgacha qiz bola ham shuncha mag‘rur bo‘ladimi deb, hayratdan yoqa ushlab yursam-u, afsus chekishingizga ishonamanmi?

— Men, bir paytlar Sizni izlab kelishni aqlimga sig‘dirolmasdim. Rosti, kelishim mutlaqo tasodif. Sizning bu yerda ishlashingizni kecha Hulkardan eshitdim. Keyin yarim soat vaqt bor ekan-u dedim-da, taksi to‘xtatsam, darrov olib keldi. Rosti, eshik oldidan qaytib ketmoqchi ham bo‘ldim. Lekin ketmadim.

— Ziyoda, bir gap aytaymi? Men sizdan keyin sizni sevganchalik hech kimni sevmadim. Yashirmayman. Hayot ekan, ko‘pchilik bilan tanishishga va uchrashishga to‘g‘ri keldi, lekin qalbim hech kimga ro‘yxushlik bermadi. Men hayotda boshqa sizning muhabbatingiz qarshisida azoblanganchalik, azoblanmadim. Aslida, birovning qarshisida butun vujud bilan iztirob chekish, qayg‘uga cho‘kish, hayajonlanish, quvonish ham Xudoning marhamati ekan. Xudo menga mana shu marhamatni qayta ato qilmadi. Ziyoda, bilasizmi, men buni o‘sha paytda sezmagandim. Buni yillar o‘tib, xuddi amaldor odam amalidan ketgach, birin-ketin hamma imtiyozlaridan mahrum bo‘layotganini sezgani singari, yuragim bo‘shab qolayotganida sezdim.

— Ahmad aka, qo‘ying shu gaplarni. Sizning afsuslanishga hech qanday asosingiz yo‘q, men eshitdim, yaxshi yashayotgan ekansiz.

— To‘g‘ri, Xudoga shukur, yaxshi yashayapman. Lekin shoir aytganday: “Yurak sanchib qo‘yar baʼzida”…

— Men ham o‘qishni bitirib borgach, turmushga chiqdim. To‘g‘risi, dastlabki uch-to‘rt yil bilinmay o‘tdi. Hech narsadan afsuslanganim yo‘q. Farzandlar ko‘rdim. O‘qish davrlarimni esladim. Sizning ustingizdan, boshqalar ustidan kulardim. Men o‘zimni g‘alaba qozonganday his qilardim. Yillar o‘tdi. Jigarim shishib, uzoq vaqt yotib qoldim. Qorong‘u kunlarim o‘shanda boshlandi. Dadam vafot etdilar. Oyimning bir qo‘l, bir oyoqlari ishlamay qoldi. Bu siz bilan so‘nggi bor uchrashganimizning yettinchi yili edi. O‘shanda ilk bor naqadar yolg‘iz ekanligimni his qildim. Meni hech kim sevmasligini, dardlarimni eshitadigan odam yo‘qligini, erimning menga begonaday befarqligini, uning muhabbatini qozonolmaganimni sezdim. Dardlarimni aytishga, bir chora istaganimda yo‘l ko‘rsatadigan odam yonimda yo‘qligidan qanchalik qiynalganimni bilsangiz edi…

— Ziyoda, nahotki shu gaplarni siz aytayotgan bo‘lsangiz?

— Ha, hayot odamning tilini burro qilib qo‘yarkan. Bilasiz, avvallari juda kamgap edim. Kecha Hulkar ham, ”Gapga shunchalik usta bo‘lib ketibsanki…”, deb hayron bo‘ldi. Bular hammasi o‘sha yettinchi yildan so‘ng boshlandi. Axir, hayot sekin-sekin qadam tashlarkan-u, juda tez o‘tib ketarkan. Nega men umrimni, meni sevgan, men uchun jonini ayamaydigan kishiga hadya qilmadim? Uning uchun o‘g‘illar tug‘ib bermadim. Bir umr uning xizmatini qilmadim. Men o‘ylab qarasam, o‘z turmush o‘rtog‘imga kasalligimdagina emas, sog‘ayganimda ham kerak emas ekanman. Xudoga shukur, farzandlarimiz bor. Turmushimiz osoyishta. Nolimasam ham bo‘ladi. Lekin men hozir sizga aytayotgan gaplar keyingi besh-olti yil mobaynida meni qattiq qiynagan, o‘ylantirgan gaplar. Bu gaplarni baribir aytishim kerak edi. Aytmasam, sizning oldingizda qarzdor ekanligimni tan olmagan, uzr so‘rashim lozim bo‘lgan paytda uzr so‘ramagan odamday xijolat tortaveraman. Endi bu gaplarning balki foydasi yo‘qdir.

— Ziyoda, unda nega bu gaplarni aytayapsiz?

— Yo‘q, men hech narsani o‘zgartirmoqchi emasman. Sizning oldingizga tasodifan kirib qoldim. Bu gaplarning balki sizga hech aloqasi yo‘qdir. Bu gaplar – mening dardlarim, armonlarim.

— Rahmat, meni odam qatoriga qo‘shib shuncha gaplarni aytganingiz uchun.

— Nega unday deysiz? Men sizni o‘shanda ham hurmat qilardim.

— O‘shanda hurmat qilishingizga arzirdim.

— Hozir-chi?

— Hozir ham sizni ko‘p o‘ylayman. Lekin Sizni sevganchalik hech kimni seva olmadim. Sizni unutishga ko‘p bora harakat qildim. Ko‘p qizlarning orqasidan yugurdim. Rostini aytsam, hech kim meni sizchalik yugurtirgani yo‘q. Hech kim meni sizchalik qiynagani, iztirobga solgani yo‘q. Men bir kuni muhabbat bobida armonim qolmadi desam, buni ishonch bilan aytgan bo‘laman. Lekin meni qiynayotgan eng dahshatli narsa: hatto sizni ham bugun, balki o‘sha davrlarda sevganimchalik sevolmayman. Balki bu gaplarimni aytmasligim kerak edi. Lekin men ham inson qadrini bugun his qilolmay qoldimmi, degan qo‘rquvdaman. Sizni sevgan paytimda siz bir mo‘jiza edingiz. Endi ko‘zimga hech kim mo‘jiza bo‘lib ko‘rinmay qoldi. Endi meni hech kim hayratga solmay qo‘ydi. Bu men uchun fojea emasmi?

— Ha, haqiqiy muhabbat insonga bir marta berilar ekan. U kelganida, undan yuz o‘girmaslik, unga mardlik bilan peshvoz chiqish kerak ekan. Men o‘shanda undan yuz o‘girdim. Qalbimning o‘sha muhabbat yashashi kerak bo‘lgan joyi, hali xamon kemtik. Uni hech narsa bilan to‘ldirolmadim. U yuragimdagi tubsiz choh kabi uvillaydi. Butun umrim mana shu chohni to‘ldirish bilan o‘tdi. O‘zimni quvnoq tutishga, hayotda hech qanday kamu-ko‘st yo‘q odamday yashashga harakat qildim, lekin bu chohni, bu kemtikni to‘ldirolmadim. Odam boshqalarga o‘zini boshqacha qilib ko‘rsatishi mumkin ekan-u, lekin o‘z oldida o‘zini boshqacha yaʼni baxtli qilib ko‘rsatolmas ekan. Men oxiri yengildim va xayotdagi hamma omadsizliklarim, baxtsizliklarim, sho‘rpeshonaligimni mana shu muhabbatga, men o‘zim tashlab ketgan muhabbatning yo‘qligidan, meni suyamagan, qalbimga malham bo‘lmagan, shodlantirmagan, yuksakliklar sari yetaklamagan muhabbatning yo‘qligidan ko‘ra boshladim. Lekin nima qilay, umr insonga bir marotaba berilar ekan. Biz esa bu umrni o‘tab bo‘ldik. O‘taganda ham noshudlarcha o‘tab bo‘ldik. – Ziyodaning ko‘zlaridan marjon-marjon yosh tomchilari oqib tusha boshladi.

— Ziyodaxon, qo‘ying yig‘lamang. Yuragimizda, hali hamon shuncha dard bor ekan, demak muhabbat ham bor. Bizning xatoyimiz biz o‘z muhabbatimiz g‘alaba qozonishi uchun kurashmadik. Biz yengildik. Endi, yillar o‘tsa ham, umr degan dushman, bizning ustimizdan qozongan g‘alabasi tufayli zulmini, jabrini o‘tqazib kelayapti. Agar, shunday bo‘lishini oldindan bilganida, so‘nggi tomchi qonim qolguncha kurashgan bo‘lardim. Aniq bilaman, men siz bilan bo‘lganimda, siz menga kuch berardingiz, madad berardingiz va biz birgalikda, bizlar hozir tushimizga ham kirmagan baxtlarga erishardik. Lekin unday bo‘lmadi. Qanoti singan qush uchishga yaramaganday, juda erta safdan chiqib ketdik. Hozir esa, uchish haqida o‘ylamaymiz ham. Hayot esa faqat uchishdan iborat.

— Ahmad aka, men sizning oldingizga haqiqatan ham bekor kelibman. Men sizni baxtli odam deb yurardim. Bu hayol taskin berardi. Va sizni mendan biroz begonalashtirardi. Endi esa, bildimki, siz ham men singari o‘ylar ekansiz. Men singari qiynalar ekansiz. Siz mening suyangan tog‘im edingiz, endi bilsam, siz ham men singari bir suyanchiqqa muhtoj ekansiz. Iltimos, g‘am chekmang, pushaymon bo‘lmang, azoblanmang. Men sizni yaxshi ko‘raman,

— Rahmat, Ziyoda! Men ham sizni sevaman! So‘nggi nafasimgacha sevaman! Hayotimga eng nurli lahzalarni hadya etgan inson sifatida xotirlayman. Siz bilan kechirgan o‘sha uch yil butun umrimga tatiydi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Men hayotimda bir marta sevdim va mana shu sevgi bilan o‘taman.

— Men buni sizdan talab qilganim yo‘q. Aytdim-ku, tasodifan…

— Yo‘q, yo‘q, kelganingizdan, Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Siz hali xamon sizni sevishimni sezmaganingizda kelmasdingiz. Sizni muhabbat yetaklab keldi..

— Nahotki mening kelishim…

— Yo‘q, yo‘q, Ziyoda, umuman… men aytmoqchimanki, hayotimda bo‘lganingiz, qachonlardir sevishga qodir qilganingiz va meni uch yil bir marta qarab qo‘yishingizga zor qilganingiz va tunu kun sizni o‘ylab azob chekkanligim uchun sizga rahmat. Axir, men birovni bir kun ham sevolmay o‘tib ketishim mumkin edi-ku.

— Balki, harakat qilib ko‘rmagandirsiz…

— Ziyoda, keling, bir shoir aytganiday, “o‘tmish bilan kulib vidolashaylik”.

— Yaxshisi, o‘tmishni unutmaylik.

— Unutib bo‘ladimi?!

— Balki telefonlasharmiz… — dedi Ziyoda yuziga biroz tabassum yuritib.

— Albatta, keling yaxshisi barini boshidan boshlaymiz.

— Hayot bizdan har kuni jasorat kutib, o‘z tonglarini ottirmoqda. Hayot hali naqadar shirin.

— Yo‘q, unday demang… Mana, aeroportga ham keldik. Hamma yo‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tib bo‘lishibdi.

— Hayr, yaxshi boring, Ziyoda.

— Hayr! (Ziyoda xayrlashish uchun qo‘l uzatadi).

— Umrimda birinchi bor qo‘lingizni ushlashim.

— Boshqa ushlamaysiz ham. – dedi u qatʼiy. Negadir u bir lahzada boshqacha odamga aylanib qolganday edi.

— Unday demang.

— Boshqa ko‘rishmaymiz ham. Telefonlashmaymiz ham. Izlab ham bormang…

— Unday demang… Siz mening hayotimdagi eng ardoqli insonsiz.

— Xayr. Sizga aytadigan oxirgi so‘zim shu. Xayr!

Ziyoda shart burildi-da, tez-tez yurib ketdi.

Mening lablarim esa titrardi: — Siz hamon o‘shasiz…

Yorumlar


Site Planı
Etiketler yükleniyor...

Çok okunanlar:

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Ali Şir Nevai - Gazel (Kiçe kelgümdür dibân ol serv-i gülrû kelmedi)

  Kiçe kelgümdür dibân ol serv-i gülr ū kelmedi Közlerimga kiçe ta ñ atkunçe uykū kelmedi. Lahza lahza çıktım ü çekdim yolıda intizâr Kildi cân ağzımga yu ol şâh-ı bedhū kelmedi. Ârazıdan aydın irkende ger etti ihtiyât Rūzgârım dek hem olganda karangū kelmedi. Ul perîveş hecridin kim yığladım divânevâr Kimse barmu kim anga körgende külgū kelmedi. Közleriñdin niçe suv kelgey deb öltürmeñ meni Kim, bârı kan irdi kilgen bu kiçe sū kelmedi. Tâlib-i sâdık tapılmes, yoksa kim koydı kadem, Yolga kim evvel kadem ma'şukı ötrū kelmedi. Ey Nevâî bâde birle hürrem et könglün üyin Ne uçun kim bâde kilgen üyge kaygū kelmedi.

Cengiz Dağcı - Korkunç Yıllar (Roman Özeti)

  ESERİN ADI: Korkunç Yıllar YAZARI: Cengiz Dağcı YAYINEVİ: Ötüken Yayınları, İstanbul, 2001 1.    ESERİN KONUSU:   İkinci Dünya Savaşı esnasında Sovyetler Birliğinde yaşayan Türklerin Çektiği sıkıntılar, haksızlıklar, kullanılmaları ve vatan sevgisi. 2.    ESERİN ÖZETİ: Olaylar İtalya’da Sadık ve Cengiz’in bir akşam sohbeti esnasında doğuyor.Sadık 1930-1940’lı yıllarda Rusya’da yaşamış bir Kazak Türkü.Hayatını hatıralar adı altında bir defterde topluyor. Sadık çocukluk yıllarında köyde yaşıyor daha sonra babasının milisler tarafından tutuklanmasıyla şehre taşınıyorlar; babasının bir kaç ay sonra serbest bırakılmasıyla da Akmescit’e taşınıyorlar. Sadık durumları çok kötü olmasına rağmen babasının ısrarları üzerine okula yazılır.(1937) Ruslar 150 yıldır Türkleri yok etmek için her türlü yolu deniyorlardı.Önce camilerde ezan okunmasını yasakladılar, ardından da onları yıkmaya başladılar.

Mikayıl Müşfiq - Yenə o bağ olaydı

Yenə o bağ olaydı, yenə yığışaraq siz O bağa köçəydiniz. Biz də muradımızca fələkdən kam alaydıq, Sizə qonşu olaydıq. Yenə o bağ olaydı, səni tez-tez görəydim, Qələmə söz verəydim. Hər gün bir yeni nəğmə, hər gün bir yeni ilham, Yazaydım səhər axşam. Arzuya bax sevgilim, tellərindən incəmi? Söylə, ürəyincəmi?

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Oyhan Hasan Bıldırki - Kaçak

     Gün, daha henüz ışımamıştı. Buğulu camın gerisinden Polatlı’nın karanlığı delen ışıkları, kıpış kıpış, fakat belirsizce görünüyordu. Sabahın güzelim sessizliğini doya doya koklamak, tanyerinde sürüp giden renk dövüşünü kana kana görebilmek… Korkusuz olmak. Ne kadar güzelmiş değil mi?

Esat Mahmut Karakurt - Vahşi Bir Kız Sevdim (Roman Özeti)

Eserin Adı: Vahşi Bir Kız Sevdim Yazarı: Esat Mahmut Karakurt Yayınevi: İnkılap Ve Aka Kitabevleri   Koll.Şti. Ankara Cad. No :95 – İstanbul. Basım Yılı: 1967 ( İlk baskı   1926 ). Eserin Konusu : Balkan harbi yıllarında bir   Türk subayı ve Bulgar kızının aşkı. Eserin Ana Fikri : Gönül   ferman dinlemez. Eserin Özeti: Abdulhamid’in saltanatı sırasında Adil adında, otuz bir yaşında yakışıklı bir Türk subayı İstanbul’dan   Makedonya’ya Cisri Mustafa Paşa Tepesi’ni içine alan mıntıkada görevlendirilir. Burada başında güzel bir kızın bulunduğu Bulgar çetesinin saldırıları ile karşılaşır ve bu çetenin terör faaliyetlerine son vermek üzere görevlendirilir.

Mehmed Akif Ersoy - Küfe (Safahat'tan - 5)

Beş-on gün oldu ki, mu’tada inkıyâd ile ben Sabahleyin çıkıvermiştim evden erkenden. Bizim mahalle de İstanbul’un kenârı demek: Sokaklarında gezilmez ki yüzme bilmeyerek! Adım başında derin bir buhayre dalgalanır, Sular karardı mı, artık gelen gelir dayanır! Bir elde olmalı kandil, bir elde iskandil , Selâmetin yolu insan için bu, başka değil! Elimde bir koca değnek, onunla yoklayarak, Önüm adaysa basıp, yok, denizse atlayarak, Ayakta durmaya elbirliğiyle gayret eden, Lisân-ı hâl ile amma rükûa niyyet eden O sâlhurde , harab evlerin saçaklarına, Sığınmış öyle giderken, hemen ayaklarına Delîlimin koca bir şey takıldı...

Tarık Buğra - Küçük Ağa (Roman Özeti)

Küçük Ağa ,  Tarık Buğra ‘nın 1964 yılında yayınlanan romanıdır. Kurtuluş mücadelemizin  Akşehir'de yaşanan bölümünü konu edinir. Zamanla cepheye ve Ankara'ya dair hususlara da girilir. KONUSU: Birinci Dünya Savaşı (1914) ile birlikte Osmanlı Devleti eski gücünü, heybetini kaybetmeye başlamış, isyanlar ve işgallerle zayıf duruma düşmüştür. Romanda, bir Anadolu kasabası olan Konya ilinin bir ilçesi olan Akşehir’den yola çıkılarak, bütün zor koşullar altında millî kurtuluş mücadesi veren Kuva-yı Milliye konu edilmiştir. Olaylar Anadolu'nun küçük bir kasabasında başlar ve gelişir. ÖZET: Dünya Savaşı resmen sona ermiş olmakla birlikte, Osmanlı Devleti üzerinde yarattığı etkiler tüm gücüyle devam emektedir. Savaş sonrası birçok asker memleketlerine geri dönmüştür. Zayiatın büyüklüğü evlerine dönen erlerin çoğunun gazi oluşuyla daha da iyi anlaşılmıştır.

Halit Ziya Uşaklıgil - Mai ve Siyah (Roman Özeti)

  ESERİN ADI           :MAİ ve SİYAH ESERİN YAZARI    :HALİD ZİYA UŞAKLIGİL YAYINEVİ                 :İNKILAP VE AKA KİTABEVLERİ BASIMYILI              :1980 1.ESERİN KONUSU: Hayalleri olan bir gencin lise son sınıfta babasını kaybetmesiyle hayallerinin yıkılışı ve beraberindeki hayat mücadelesi. 2.ESERİN ÖZETİ: Ahmet Cemil,babasının ölümünden sonra,binbir güçlükle okulu bitirir ve kız kardeşini ve annesini beslemek için çalışmak zorunda kalır.Bunun için elinden fazla birşey de gelmemektedir.Çünkü yabancı dil bilmekten başka bildiği birşey yoktur.Ona kalsa,bütün çalışmalarını şiir üzerinde toplamayı;edebiyatımıza bir başka yön vermeyi ister. Ancak hayat mücadelesi onu çok genç yaşta karşılar.