Ana içeriğe atla

Kayıtlar

Özbek Halk Tapişmakları etiketine sahip yayınlar gösteriliyor

Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari

Otdim, osmonga chiqdi. (Do‘ppi) Bosh ustida chambarak, Chambarakda kapalak. (Do‘ppi) O‘zi bitta, Tuxumi to‘rtta, Bolasi o‘n oltita. (Do‘ppi) Boshingdagi boshpana, Qish-qirovda gulxona. (Telpak) Kunduzi himoya qiladi, Kechasi qoziqda turadi. (Kiyim) Qora botir qaltiroq, Sag‘irlari yaltiroq. (Qora atlas) Top, topishmoq, Tanga yopishmoq. (Ko‘ylak) Erta turdi, Ikki ayri yo‘lga tushdi. (Shim) Mushtum yerga tushdi. (Cho‘ntak) Ho‘kizni mindim, Qo‘yni ko‘tardim, G‘ovachaga gizlandim. (Etik, telpak, ko‘ylak) Bir tug‘ishgan ikki do‘st, Bo‘ylari tizdan. Qolmaydi bizdan, Saqlaydi qor, muzdan. (Etik) Kechasi arvayadi, Kunduzi semiradi. (Mahsi) Kunduzi haq-haq yuradi, Kechasi ogzini ochib yotadi. (Kovush) Ketaveradi, ketaveradi, Borgan joyida og‘zi ochilib qoladi. (Kovush) Eshikka chiqsam, mening bilan yuradi, O‘yga kirsam, adanda menga qarab turadi. (Kovush) Besh og‘ayni, qo‘rasi bor, Xonasi boshqa. (Qo‘lqop) Keragida osuvli, Aqlliga biluvchi. (Sochiq) Chakka tomadi, Erga tushmaydi. (Zirak-sirg‘a) ...

Ertakli topishmoqlar

Huroyimning so‘rog‘iga javob Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi bo‘ladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi. Huroyim qalinimga: O‘nta uloq, Yigirmata bo‘ri, O‘ttizta yo‘lbars, Qirqta tulki, Ellikta no‘xta, Oltmishta axta, Etmishta sarg‘aldoq, Saksonta chaqaloq, To‘qsonta tumaloq, Yuzta jumaloq bersin va shu so‘zimning ma’nosini ayirib bersin debdi. Podsho fikr qilib, Huroyimning aqlli ekanligini aytadi. Bu topishmoqning ma’nosi kishining hayotiga bog‘liqligini aytadi. Kishi: O‘nda uloqday bo‘ladi, Yigirmada bo‘riday bo‘ladi, O‘ttizda yo‘lbarsday bo‘ladi, Qirqda tulkiday bo‘ladi, Ellikda no‘xtalangan otday aqli raso bo‘ladi, Oltmishda axtalangan otday qaytib qoladi. Etmishda sarg‘aldoqday tilda boru dilda hech narsa bo‘lmaydi, Saksonda go‘dak boladay bo‘lib qoladi. To‘qsonda uydan chiqmay dumaloq bo‘ladi, Yuzda bergiligidan nargiligi o‘ng‘ayliroq bo‘lib qoladi. Sultonxon Huroyimning so‘rog‘iga javob bergandan keyin, Huroyim unga turmushga chiqib, R...

Yangi topishmoqlar

Shoxi bor, ho‘kiz emas, Egari bor, ot emas, Xohlagan manzilingta Etkazadi, minsang bas. (Raketa) Po‘lat qushim uchdi-ketdi. Bir zum o‘tmay Oyga yetdi. (Raketa) Shamolday uchqur, Yo‘q oyog‘i va qo‘li. Ko‘zga ko‘rinmas, Charog‘on yurgan yo‘li. (Elektr toki) Suv emas, simda oqar, O‘t emas, chiroq yoqar. (Elektr toki) O‘zi qator joylangan, Bir-biriga boylangan. Bir-birini kuzatar, Behisob nur uzatar. (Elektr stolbasi, tok) O‘zi turar o‘rnida, Qo‘li ketgan har yoqqa. (Elektr stolbasi, tok simi) Kechasi oftobdek, Kunduzi koptokdek. (Lampochka) Uyga osdik bitta nok, Yop-yorug‘ bo‘ldi har yoq. (Lampochka) Uyimizga in qo‘ygan, Tilla qushu tilla qush. Kech kirganda yashnasang, Odamlarning ko‘ngli xush. (Lampochka) Tagida taglik, Boshida qalpoq, Qalpoq tagidan Mo‘ralab chiqar. (Stol lampasi) O‘chog‘i bor, mo‘risi yo‘q, Cho‘g‘i boru kuyasi yo‘q. (Elektr plitka) Ortib, achchiq qizil meva, Oq dengizda suzar kema. (Dazmol) Tashqari yoz, dim-olov, Uychamizda muz, qirov. (Xolodilnik) Bir ajoyib ishxona...

Hazil so‘roqlar va so‘z o‘yini

  Nima hamma tilda ham gapiradi? (Aks-sado) Nimaning besh barmog‘i boru Lekin birorta ham tirnog‘i yo‘q? (Qo‘lqop) Nimaga odam orqaga o‘girilib qaraydi? (Orqasida ko‘zi yo‘q) Odamzodda nima ko‘p? (Umid, reja) Odamda nima bo‘lmasa, nimali bo‘lmasa, Nima qilmasa yashay olmaydi? (Hunari, ilmi bo‘lmasa, mehnat qilmasa) Dunyoda nima chaqqon? (Fikr) Dunyoda nima yugurik? (O‘y) Dunyoda nima qimmat? (To‘g‘rilik, rostlik) Dunyoda nima ko‘rinmaydi? (Sevgi) Qilichdan o‘tkir nima? (Ko‘z) Yuqoridan pastga qarab o‘sadigan narsa nima? (Sariq sumalak) Tipratikan qishda nima qiladi? (Uxlaydi) Yumuq ko‘z bilan nimani ko‘rish mumkin? (Tush) Ko‘prik ustida ketayotgan odam oyog‘ining tagida nima bor? (Oyoq kiyimining charmi) Dunyoda bir narsa borki, u bo‘lmasa hech kim bir-birini tanimaydi, u nima? (Ism) Yuki bo‘lsa yuradi, yuksiz to‘xtaydi. Nima ekan u? (Osma soat) Har kim to‘yar, kim to‘ymas? (Baxil, hasadchi) Qaysi joyda daryolar suvsiz, Shaharlar uysiz bo‘ladi? (Xaritada) Qaysi hayvon butun qish bo...