Ana içeriğe atla

Kayıtlar

Özbek Nesri etiketine sahip yayınlar gösteriliyor

Sherzod Ortiqov - Tugallanmagan Kartina (hikoya)

Agar kapalak soʻzlaganda edi, hayotning qanchalik qadrli ekanligini bilardik. Bir yil deganda ijodxonamga kirdim. Kalitni burab, eshikni ochishim bilan anglab boʻlmas sogʻinch hissi yuragimni butunlay qamrab oldi. Sevimli maskanim yana qarshimda menga quchoq ochib, peshvoz turardi. Uning har bir burchidagi menga tanish va aziz boʻlgan narsa — buyumlar beixtiyor koʻzlarimda soʻngan ishtiyoqni qorachiqlarim orasiga qaytadan joylashga urinar, boʻsagʻada turgancha goh devorlardagi kartina va stol ustida sochilib yotgan eskizlarga, goh xona oʻrtasida turgan molbert va moviyrang pardasi tortib qoʻyilgan derazaga qararkanman, oʻzimni yoʻqotib qoʻygancha, hayajon taʼsirida ichkariga kirishni ham, kirmaslikni ham bilmasdim. Bir oz oʻtib, ichkariga kirdim. Qadrdon molbertim roʻparasiga borib  oʻtirdim. U rosa chang bosib ketgandi. Uning oldidagi kursi ustida-mis patnisda turgan boʻyoqlar qotib, poʻpanaklashgan, bir yil oldin men chizishni boshlagan kartina koʻrinishi uning atrofini quyuq qop...

Turg'un Fayziyev - Zebunniso begim

Zahiriddin Muhammad Bobur podshohning pannevarasi Abu Zafar Muhiyiddin Muhammad Avrangzeb (taxtbezagi) Olamgirning qizi. Uning onasi Dilrasbonu Shohnavozxonning qizi bo’lib, Boburning Gulbadan begim ismli qiziga borib tutashadi. Zebunniso begim (1048 hijriy yil shavvol oyi) 1639 yil milodiy, fevral oyida Dehlida tug’ilgan. Uning otasi Avrangzeb (1618—1707) yoshligidanoq dindorligi bilan nom chiqargan edi. U riyokorlik bilan «umrimni ibodatda o’tkazmoq uchun Makkaga borib, bu dunyo ishlaridan qo’l yuvaman», deb yurar va oddiy xalqqa o’zini avliyo qilib ko’rsatardi. U otasi Shoh Jahon (shahzoda Xurram) qo’l ostidagi Dekan viloyatining hokimi edi. Ammo Shoh Jahonga qarshi bir necha marta isyonlar ko’taradi. Nihoyat, 1657 yilda, otasi Shoh Jahonning kasalligidan foydalanib, katta akasi Doro Shukuhni hokimiyatdan azl qilmoq uchun kichik akasi Shoh Shujo’ va ukasi Murod Baxshlar bilan ittifoq tuzadi. 1658 yilda akasi Doro Shukuhni  asirga olgach, otasi Shoh Jahonni ham taxtdan tushirib, ...

Sherzod Ortiqov - Sehrli diyordagi odamovi (esse)

Tomdan toʻrt oyoqda emas, ikki oyoqda tushgan mushukni kim koʻrgan? Menimcha, hech kim. Boz ustiga yerga tushgach, u sen tomonga qarab bamaylixotir jilmayib tursa - gʻayritabiiy tuyularkan. Koʻpchilik shu yerda tush koʻrmayapmanmikin deb ogʻzi lang ochilib, oʻzini chimchilab koʻradi. Men ham boshida shunday qildim. Jagʻim osilib, oʻzimni qattiq chimchiladim. — Birodar, ogʻzingni yop!- dedi mushuk tarnovdan osilib yerga tushgach jilmayib.- Aks holda, pashsha kirib ketadi. U ikki oyoqda muvozanatini saqlab turardi. Boshiga tennischilarning toʻrli kepkasini qoʻndirgan, egnidagi kulrang kostyum-shim, oyogʻidagi jigarrang sport poyabzali oʻziga yarashgan, oqargan baroq qoshlarini chimirib, ortida qimirlab turgan dumini goh taranglashtirib, xunuk tarzda saqich chaynardi. — Uff, darrov mazasi tugadi,- dedi bir payt saqichni yerga tuflab tashlab. Ogʻzini ipak dastroʻmoli bilan artib olgach, sekin yurib oldimga keldi. — Salom,-dedi soʻng qoʻlini uzatib.- Men etik kiygan mushukman. Salomlashishi...

Abdulla Qahhor - Adabiyot muallimi (hikoya)

O‘zining aytishiga ko‘ra «nafis adabiyot muallimi» o‘rtoq Boqijon Baqoyev og‘ilga kirib ta’bi xira bo‘ldi: sigirning qulog‘iga yana kana tushibdi! Kanadan ham ko‘ra sigir uning achchig‘ini keltirdi: kanani teray desa qo‘ymaydi, boshini silkiydi, pishqiradi. — Hayvon! Sigir emas, hayvon! — dedi og‘ilning eshigini qattiq yopib.— Hayvon! Xotini Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi. — Hayvon! — dedi Baqoyev,— bu sigirni sotib puliga cho‘chqa olish kerak! — Shaharda cho‘chqa asrash mumkin emas,— dedi Mukarram samovarga ko‘mir solayotib. — Nima uchun? Taqiq qilinganmi? Kim aytdi? Men ay-tib edimmi? To‘g‘ri, mumkin emas… albatta, mumkin emas… — Uyga kiring, Hamida keldi. Hamida o‘n olti yoshlardagi tirik, quvnoq qiz, pochchasini ko‘rib sevinib ketdi. — Siz uyda ekansiz, bilsam, daftarimni olib kelar ekanman… esizgina… O‘rtoq Boqijon Baqoyevning ta’bi ochildi — sigir, uning qulog‘idagi ko‘m-ko‘k kana, g‘o‘qillab tumshug‘i bilan ariq yoqalarini buzib yurgan cho‘chqa ko‘z oldidan ketdi. — Te...