Ana içeriğe atla

Kayıtlar

Özbek Şiiri etiketine sahip yayınlar gösteriliyor

Maʼmura Zohidova - Shamol bilan suhbat

Shamollar, yo‘l bo‘lsin, sizga saharlab, Yo‘l olibsiz qay bir sokin joylarga? Mehmonni qarshilab charchamaydi hech, Bormasdan qo‘ymassiz G‘ovasoylarga? Ortimdan ergashgan tog‘larga bo‘ylang, Qarsak chalib kutar sizni teraklar. Soylarga qo‘shilib men uchun kuylang, Axir sel bo‘ldi-ku bunda yuraklar. Dehqon otalarning yuzlarin silab, Bo‘y qizlar sochini o‘ynatib keling. Mevalarni to‘kib, shoxin qayirib, Bog‘bonni shoshirib, o‘ylatib keling. Shamollar, derazam siz uchun ochiq, Qaytishda kirarsiz bir ho‘plam choyga. Yomg‘irga qo‘l yuving, men tutay sochiq, Sizni o‘tqizayin eng baland joyga. Kelsangiz qurigay ko‘zimning nami, Yelpib yuboring dil ozorlarimni. Olib keling albat menga onamning Qalampirmunchoqli iforlarini.  

Cho'lpon - Go'zal Turkiston

Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi? Sahar vaqtida gullaring so‘ldi. Chamanlar barbod, qushlar ham faryod, Hammasi mahzun. Bo‘lmasmi dil shod? Bilmam ne uchun qushlar uchmas bog‘chalaringda?

Shahriyor Shavkat - Begunoh

Men seni kechirdim, isming isingan Mehribon daraxtlar haqqi-hurmati. Men seni kechirdim, o‘sha tun singan, Sinmagan qadahlar haqqi-hurmati. Devona orziqish, Qish kabi choyshab, Bo‘lingan,  Ulangan,  Unutilgan gap…  Men seni kechirdim, tonggacha yig‘lab, Qizargan nigohlar haqqi-hurmati. Ko‘rnamak hislarning gardani og‘rir, Ulkan tun. Iztirob. Bo‘lmadi oxir… Men seni kechirdim, yengil-u og‘ir Ham shirin gunohlar haqqi-hurmati. Kechirdim.  Ko‘zingni ko‘zim tinglagan. Giloslar panglagan, Uzum zanglagan. Sen menga aytmagan, o‘zim anglagan Iqror-u izohlar haqqi-hurmati. Umidim cho‘kkanda qo‘lladi cholg‘u, Ohimda simillab yetildi og‘u. Men seni kechirdim,  “Cho‘li Irog‘”u, “Ushshog‘”-u,  “Segoh”lar haqqi-hurmati…. Men seni kechirdim, isming isingan Begunoh daraxtlar haqqi-hurmati… * * * Sadafday kunlarni yo‘lma-yo‘l sochib,  To o‘lim, gupurib menda oqarsan. Silasang, qoraysa oqargan sochim,  Silasang, qoraygan sochim oqarsa!  Yuragim – qip-qizil toz...

Mahfuza Imomova - Musofir

Ketasan, yo‘llarga tomib borar dil, Ketasan, hech kim-la qilmay murosa. Odamlar manzilga tomon boradir, Sen hamon o‘tmishga tomon borasan. Elkangni ezgudek og‘ir kitoblar… Yuraging pichirlab allanima der. Imlasang, yuzlarin berkitib chorlar, Haydasang, ortingdan kelaverar she’r. Uying tor, qishloq ham… Sig‘maysan ko‘kka, Seni qay orzular qamrab boradi? Kimsasiz cho‘llarda, Tog‘lari ulkan, Yillarning shamoli yamlab boradi. Dadilroq qadam bos, umr so‘ngida Ko‘rinsin har bitta odamning izi. Boshingga qor tushsa, do‘l tushsa chidab Manzilga yetgaysan otamning qizi!

Anvar Suyunov - Cho'l tasviri

Sahroning qo‘ynidan ketdi chang, to‘zon. Shamollar ham tindi izsiz, bedarak. Yulg‘unlar ortiga inganday bo‘ron, Qushlar charx urmoqda samoda yuksak. Kengliklarda suzar muattar havo, Dilgir xayol misol sahroyi o‘lan. Chanqovuz puflaydi kayvoni momo, Ketgan lahzalarning hasrati bilan. Nizom torlarini chertmoqda shamol, Qumliklar bag‘ridan kelmoqda chorlov. Nimjo‘sh nurlarini qayraydi hilol, Cho‘pon yuragiga qalay,- deb olov. …Hali tong otadi ko‘rinar oftob, Olislarga ketar tanbal bulutlar. Soyaki davronlar chekinar shu tob, Chekinar maydondan sohibsukutlar. Yillar o‘taverar sarkash va shoyon, Sarobiy davronlar emas mangulik. Diltang lahzalarni do‘stu qadrdon! Sahroyi shamolga qiyos etgulik.

Erkin Vohidov - O'zbegim

  Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

Cho'lpon - Bahorni sog'indim...

Bahorni sog’indim, bahorni... Ko’rganda yerlar, olamlar to’la qorni. Qor... qor – Zaharli ninalar kabi Ko’zlarga qarab oqar... Qaydasiz, qaydasiz Latif siynalar kabi Dalalarga singgan bahor? Tala-tuz, Ekin-tikin... G’amgin-g’amgin So’la boshladi. Sarg’aygan yaproq, Bo’yanib tuproq O’la boshladi, o’la boshladi... Yo’q... o’lim yo’qdir! Yolg’iz bir o’chib, bir so’nish bordir. Bir o’chib, so’nib... yana yonish bor. Yana bahorlar, Yana lolalar, Yana siz, ey... erkin tilaklar!.. ----------------- 1926-yil, Sentabr, Samarqand

Abdulla Oripov - Birinchi muhabbatim

Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Omon Matjon - Eshigingdan o'taman

Kuz yoysa ham yo‘llarga xazon, Qor ko‘msa ham borliqni butun, Ko‘klam kelib,ursa ham xandon, Eshigingdan o‘taman bir kun. Sochlaringga tushsa hamki oq, Peshanangni bossa ham ajin, Kirganda ham gavdangga titroq, Eshigingdan o‘taman bir kun. Mayli,shunda tanimasang ham, Yoki desang ko‘rmayin turqin, Yoshim yutib, boshim qilib xam, Eshigingdan o‘taman bir kun. Meni demay yumsang ham ko‘zing, Xonang qolsa zulmatga tutqun, Xotirangga sham bo‘lib o‘zim, Eshigingdan o‘taman bir kun. Vaqtim etib chiqsa bu jonim, Dardlarimga yasalsa yakun, Bu dunyoni tark etar onim Eshigingdan o‘taman bir kun.

Elbek - Til

Mungli qushim, sayrab-sayrab kel, anglat, Kimlar erur Turk tilini sotg‘uchi? Bulbul kabi sayrab turgan bu tilni Uyalmayin bu o‘lkadan otguchi? Bolday totli, jondan aziz turkchani Tushunmayin, xo‘rlab-xo‘rlab yotg‘uchi? Mungli qushim, ularni qo‘y, sen sayra! Turk tilining dong‘in chiqar ko‘klarga! Qo‘y ularni, ular yo‘ldan ozsinlar, El ichida bo‘sh bo‘g‘uzlik sotsinlar! * * * Türkiye Türkçesi: Dil Dertli kuşum, şakıyarak gel, anlat Kimler imiş Türk dilini satanlar? Bülbül misali şakıyan bu dili Utanmadan bu ülkeden atanlar? Baldan tatlı, candan aziz Türkçeyi Anlamadan, horlayarak atanlar? Dertli kuşum, koy onları, sen şakı! Türk dilinin ünün çıkar göklere! Koy onları, onlar yoldan çıksınlar El içinde boş boğazlık satsınlar.

Nigora Gʻaniyeva - Ichimdagi To'fon

Ulug‘vor qiyofa - mustahkam, Raqamlar shunchaki ehtiyoj. Hislari qulf kabi berk, mahkam, Muhabbat dunyosi sim-siyoh. Sokin kuy avjida - rekviyem, Motsart bilan bir finjon qahva. Shu telba nigohni ko‘ray deb, Tentirab yuribman shaharda. Yuragi misoli bir sohil, Langarin tashlaydi kemalar. Ko‘rfazga boqaman xo‘rsinib, Tashriflar qalbimni parchalar. Qahrabo ko‘zlarda uchqunlar, Sachraydi go‘zallik ko‘rsa bas. Oysiz tunlar, yulduzsiz tunlar. Hatto tushda meniki emas. Yashasaydik o‘rta asrda, Raqs kechasi, musiqa - Shopen. Ohanglarga to‘lgan qasrda, Oppoq royal, yolg‘iz u va men. Ustunlari naqshinkor, ko‘rkam, Devorlarda "Van Gog", " Pol Gogen". Savlat to‘kib turar "Mone" ham Va chalishni boshlar Betxoven... Tasavvur mahsuli ertakka, Yasagim kelmaydi intiho. O‘zgaga atalgan erkakka, Xayolni bog‘lash ham bir gunoh. Tun qorayar hissiz, ma’nosiz, Termuladi nigohlar yo‘lga. Xonadoshing yechib paltosin, Ilib qo‘yar asta stulga. So‘ng so‘raydi ovqat neligin, Lek so‘r...

Barno Odiljon qizi - Chorraxa

O‘sha yo‘l,  O‘sha yo‘lakcha. Hamon o‘sha edi yo‘ldagi chiziq Men uchun bu yo‘lning fayzi bo‘lakcha,    Sen... taqdirimdagi eng go‘zal yoziq! Yoziqlarim ichra manguga borsan, Sen qolib ketgansan vidolarimda. Borsanki, hamisha yoding mujassam, Va mangu yashaysan duolarimda... *     *     * Bunda  ortga qadam bosilmas aslo, Ketmaslikka hujjat, ishqi ilohiy. Bunda  baxtsizlik yòq, baxt ham yòq ammo, Mamnunlik hissini tuyasan boqiy. Bunda  anglamaysan asl damlarni Kòrinib qoladi, oddiy va sodda. Hech yodga olmassan, foniy ğamlarni, Bari bayon bo'lar shu qasamyodda! Imzoying chekasan, yashil yaproqqa, Xazonrezgi sasda kuylaysan qo'shiq. Sira hojat qolmas, boshqa sòroqqa, Dardingga joningni joylaysan qòshib. Xullas, qadamingni bosaver dadil, Òylanishdan sira foyda bòlmagay. Sening shartnomangga yagona dalil, Qalbida Xudo bor inson òlmagay! Qalbida Xudo bor inson òlmagay! 16.03.2022

Shahriyor Shavkat - Yolg’izlik

Shamlarni yoq.   Maktub – stolda.   Maktubni yoq xijolat qilmay.   Tasvirimni chizib xayolda,   Bir lahza jilmay…    Musiqa.   Yarqiroq g‘urubdan   Vujudimga o‘rmalar farah,   Chayqatib, chayqalib turibman –   Qo‘limda qadah!..    Barmoqlarim botar pushtirang   Libosing chirmashgan belingga.   Avval yerga qaraysan arang   Va menga…    Yelkamdan sirg‘alar qo‘llaring,   Atringga liq to‘ladi o‘pkam.   Menga qanday jodu yo‘llading –   O‘pganim-o‘pgan?!    Butun umr yashashga shoshdik,   Kipriklardek yaqindir visol.   Bir lahzada mangu tutashdik –   Shu holingda qol… * * *  Hali siz gullarni o‘pganingiz yo‘q,   Bir malak sochini hidlamadingiz.  Jilg’alar bo’yida chopganingiz yo‘q,   Yarim oy ko‘ksini butlamadingiz.   G‘ozlarni quchoqlab yig‘lamoq...

Shahriyor Shavkat - Xiva Shahriga

Suzgil ey,   Mudragan moziyni chayqat,   Elt bizni najotga, Nuhning kemasi!   Feruzdan, Munisdan, Ogahiydan ayt,   Ey turkiy tilimning tirik shevasi!    Ey, jo‘mard bobolar tiklagan bino,   Fozillar silagan naqshinkor sutun,   Pahlavon Mahmudlar simirgan havo,   Ey, dunyo ahliga murabbiy budun,   Nihoyat, menga ham etibdir nasib  Bir tutum tuprog‘-u, bir yutum suving!   Ey, harir sabolar, satrimda esib,   Dag’allik uniqqan fe’limni yuving...  Nechuk o‘rtamizda ijtinob, kadar?!  Xiva,   devoringdan  sukut o‘qirdim.   O‘ttiz uch zinadan yelkangga qadar  Vazmin borarkanman, tasbeh o‘girdim...    O‘ylasam, yashabmiz faqat gap sotib,  A’yonlarga huquq,   xonlarga qulluq...   Sal kengroq bo‘lmabmiz, buning isboti –   Ho‘v Kalta Minorning cho‘girmasi yo‘q!..  Ammo sen muhtasham, mangu badavla...

Cho'lpon - Ko'ngil

Ko‘ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do‘stlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding? Xaqorat dilni og‘ritmas, Tubanlik mangu ketmasmi? Kishanlar parchalanmasmi? Qilichlar endi sinmasmi? Tiriksan, o‘lmagansan, Sen-da odam, sen-da insonsen, Kishan kiyma, Bo‘yin egma, Ki sen ham hur tug‘ilg‘onsen!

Shahriyor Shavkat - Sahifalar

Satrlar yastangan sariq sahifa,  Xo‘rsin-u, yarqirab Cho‘lponni ko‘rsat! Tunning-ku borligi ayni haqiqat,  Sen kunduz atalmish yolg‘onni ko‘rsat!   "Amirim!.."  Bo’zlaydi cho‘tir Oqsaroy,  Qo‘rg‘oshin yutmagan qo‘rg‘onni ko‘rsat.  Tashnakom giyohlar choy so‘raydi: "Choy-y!"  Qumdan bosh ko‘targan qumg‘onni ko‘rsat.  Tag‘in qo‘l uzatsa shirintomog‘lar, "Shakkarday til bila..." tuzdonni ko‘rsat.  Sen ikki yuzimni qattiq quchog‘lab,  Gʻizollar ravzasi –rizvonni ko‘rsat!    Vodarig‘,   chuvalchang chaynadi timsoh,  Sirin boy bermagan sirtlonni ko‘rsat!  Tishlarim tilloga botmadi yumshoq,  Hay dedim,  nasibam –yovg‘onni ko‘rsat.   Boshimni changallab uchgan qarchig‘ay,  Balandroq ko‘targil, osmonni ko‘rsat!  Men o‘zim qutqaray Alpomishni-ay,  Boychibor,  boshla yo‘l,  zindonni ko‘rsat!

Barno Odiljon qizi - Bu yana Men...

Bir jamadon sog'inchim bilan, Borayabman yana siz tomon. Òzligini siz deya sotgan, Bu yana men,  men òsha yomon. Men òshaman, sizdagi borliq, Yòqlik ichra qaytadan paydo. Òzingizga juda yarashgan, Nigohingiz etdi-da, shaydo. Dardisar dil,  dardsiragan dil, Dard yurtidan qayga ham ketay. Bugun òzdan yotsiragan dil, Faqat sizni tanisa netay...? Ishqi haqqi sizni sevguvchi, Gòyo siz deb yashaydi hamon. Sizdan ketib, sizga kelguvchi, Bu   yana men,  men òsha yomon!

Shahriyor Shavkat - Ko’zingni Quyoshda Isitganmisan?

Sen shamol shavqini his etganmisan?  To‘lqinlar zarbiga kelganmisan duch?  Ko‘zingni quyoshda isitganmisan?  Bo‘lajak janglarga to‘pladingmi kuch?  Simirdingni qozoq dashtida qimiz?  Turkman tulporida bormi chopganing?  «Manas»dan to‘liqib aytganda qirg‘iz  Shiddatga do‘ndimi iztiroblaring?  Fuzuliy navosin tutsa malaklar,  Yoydingmi Hazorning bo‘yida quloch?  Tushingda uv tortsa bo‘riyuraklar,  O‘sarmi Orolning girdida og’och?  Mashriqdan mag‘ribga tortdingmi ipak –  Irg‘itib dunyoning dinorlarini?  Dilingni chulg‘asa mardona istak,  Quchdingni Xorazm minorlarini?  Rumiyni ziyorat etdimi ruhing?  Botdimi chaqmoqlar quyuq tumanga?  Qoyadek mustahkam qalbu shukuhing  Uvishib ketdimi uyg‘ur deganda?  Sen anglab yetdingmi uch boshli ajdar  Turonni xotirjam yamlayotganin?  Hovlingda g‘animlar ming tuman askar  Va qurol-aslaha g‘amlayotganin?  Bo‘lajak janglarga to‘pladingn...

Anvar Obidjon - Ota O'giti

Har bitta so‘z – suvdek aziz, Har bitta so‘z – nondek uvol. Til boyligin bog‘ deb bilsak, Har bitta so‘z – bitta nihol. Biron so‘zni isrof qilmoq Bir ko‘chatni yulmoqlikdir. Bora-bora, otameros – Bog‘ni xarob qilmoklikdir. E bolam, yot yurtga borsang, Ne atalur eling, derlar. Qay millatning vakilisan, Bormi ona tiling, derlar. Shunda, mening qutlug‘ tilim – Navoiyning she’ri, degil. Yurtim – Ulug‘begu Bobur, Amir Temur yeri, degil. Ayt g‘urur-la Beruniylar, Farg‘oniylar ajdodim, deb. Koshg‘ariylar darsin tinglab, O‘tkirlangan savodim, deb. Maqtanma hech qimmat kiyim, Oltinlaru qasring bilan. Faxr et doim qudratli yurt, Boy til, nasab-nasling bilan. Obro‘yingni baland tutmoq, E bolam, o‘z qo‘lingdadir. Sening olamdagi narxing Vatan, millat, tilingdadir.

Azim Suyun - Onalar

Qo‘l silkitib qolar onalar, Xayr, desak munis quchoqqa. Qo‘l silkitib tolmas onalar Biz ketar chog‘ yiroq-yiroqqa. Turnalardek tog‘lardan oshib, Dengizlardan shoshib o‘tarmiz. Ufqlarga asta yondoshib, Kengliklarga singib ketarmiz. Qo‘l silkitib turar onalar, Bizlar ketgan yoqlarga qarab. Uzun xayol surar onalar O‘tgan uchqur damlarni sanab. Bizlar-chi, goh osmonu falak, O‘ylarimiz begona, xoli. Orzular deb jonimiz halak, Axtaramiz saodat, tole’. Oq sochlarin jimgina tarab, Ko‘zlari to‘rt kutar onalar. Bizning ketgan yo‘llarga qarab, Qo‘l silkitib o‘tar onalar…