Ana içeriğe atla

Kayıtlar

Özbek Koşukları etiketine sahip yayınlar gösteriliyor

Ahad Qayum - Yana sog‘indim, yana

Nechun yiroqlab ketding? Yana sog‘indim, yana. Kecha bag‘rimda eding... Yana sog‘indim, yana.    Sir aytaman armonga, Gul tutaman hijronga, Termulaman osmonga, Yana sog‘indim, yana.    Yoringman de, suy mani Diydoringa to‘y mani Kechirmayman deyman-u Yana sog‘indim, yana.    Joduli ko‘zlaringni, Mehrli so‘zlaringni, Shirin nafaslaringni Yana sog‘indim, yana.    Nursiz kunga o‘xshayman, Oysiz tunga o‘xshayman, Sensiz qanday yashayman, Yana sog‘indim, yana.   Nechun yiroqlab ketding? Yana sog‘indim, yana. Kecha bag‘rimda eding... Yana sog‘indim, yana. 

Omon Matjon - Umr o'tar

Umr o'tar, vaqt o'tar, Xonlar o'tar, taxt o'tar, Omad o'tar, baxt o'tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sening yurishlaring, sening kulishlaring. Bahorda bog' na go'zal, Qor tushsa tog' na go'zal, Bu yoshlik chog' na go'zal, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan So'zsiz qarashlaring, holim so'rashlaring. Oy chiqar goh zaholi, Do'stlar ko'pdir vafoli, Hayot shundan safoli, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring. Umr - yo'l, qayrilish ko'p, Uchrashish, ayrilish ko'p, Unutish, aytilish ko'p, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring... 1979

Sherali Jo'rayev - Zaman zaman

  Yillar o`tar, yillar kelar yillar ortidan, Turnalar ham uchib kelar tog`lar ortidan. Vatanimning o`g`il-qizi, eng ulug`lari, Sizni qutlay ushbu kunda yilning oldidan. Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki, Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki.  Yer-u ko`kni titratuvchi vulqonlarimiz, Tinchlik uchun hur vatanning qalqonlarimiz. Biz yoshlarmiz – otalarning belida quvvat, Onalarning ko`z qorasi ham jonlarimiz. Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki, Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki.  “Tinchlik” degan shior bizga shior hamisha, Shiorimiz tarqalmoqda qit’alar osha.  Biz yoshlarmiz, ishchi dehqon hamda talaba, Tinchlik albat yer yuzida qilar g`alaba. Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki, Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki.