Dertli bülbül olmuş deli Güle dolana dolana Bezirgan yolun şaşırmış Yola dolana dolana Çekme kulun davasını Yıkma kulun binasını Mecnun buldu mevlasını Çöle dolana dolana Çobanoğlu can çekildi Sinem tarlası ekildi Saç ağardı bel büküldü Bele dolana dolana
Agar kapalak soʻzlaganda edi, hayotning qanchalik qadrli ekanligini bilardik. Bir yil deganda ijodxonamga kirdim. Kalitni burab, eshikni ochishim bilan anglab boʻlmas sogʻinch hissi yuragimni butunlay qamrab oldi. Sevimli maskanim yana qarshimda menga quchoq ochib, peshvoz turardi. Uning har bir burchidagi menga tanish va aziz boʻlgan narsa — buyumlar beixtiyor koʻzlarimda soʻngan ishtiyoqni qorachiqlarim orasiga qaytadan joylashga urinar, boʻsagʻada turgancha goh devorlardagi kartina va stol ustida sochilib yotgan eskizlarga, goh xona oʻrtasida turgan molbert va moviyrang pardasi tortib qoʻyilgan derazaga qararkanman, oʻzimni yoʻqotib qoʻygancha, hayajon taʼsirida ichkariga kirishni ham, kirmaslikni ham bilmasdim. Bir oz oʻtib, ichkariga kirdim. Qadrdon molbertim roʻparasiga borib oʻtirdim. U rosa chang bosib ketgandi. Uning oldidagi kursi ustida-mis patnisda turgan boʻyoqlar qotib, poʻpanaklashgan, bir yil oldin men chizishni boshlagan kartina koʻrinishi uning atrofini quyuq qop...