“Turkiy tsivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari” shiori ostida o‘tgan yil Samarqand shahrida o‘tkazilgan sammit davomida, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ta’sis etilgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga turkiy dunyo birligiga, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan Chingiz Aytmatov loyiq ko‘rilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 2 aprelda “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori adib asarlarini o‘zbek kitobxonlariga yanada keng targ‘ib qilishga asos yaratgan. Bu yil nishonlanayotgan adib tavalludining 95 yilligi munosabati bilan taniqli adabiyotshunos olim Mahkam Mahmud Andijoniyni suhbatga chorladik. – Mahkam aka, suhbatimizni Chingiz Aytmatov asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalari mavzusida boshlasak. –Chingiz Aytmatov ijodi O‘zbekistonda hamisha adiblar va munaqqidlarning e’tiborida bo‘li...