Ana içeriğe atla

Xalq og’zaki ijodi

 


Qoraqalpog’istonning boy xalq og’zaki ijodi bir necha asrlar davomida rivojlangan. Uning asosini xalq og’zaki ijodining barcha janrlari: ertaklar, maqollar, matallar, rivoyatlar, she’rlar va boshqalar tashkil etadi.

Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining eng yorqin nayomondalari bu epos yoki epos she’rlar (dostonlar) hisoblanadi. Ushbu janrdagi ijod namunalari besh mingdan ortiq bo’lib, ular o’z ichiga: qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, ertak-roman va boshqa turdagi dostonlarnio’z ichiga oladi. Ular dostonchi-qo’shiqchilar- baxshi va jiraular tomonidan, musiqiy asboblar-qobiz va dutor jo’rligida ijro etiladi. Folklor san’atida muhim o’rinni XI-XVIII asrlardagi ijod namunalari: Sharyar, Qoblan, Yedige, Yer Shora, Alpomish, Qurbonbek, Yer Ziyor, Qirq qiz va boshqalar tashkil etadi. Alpomish qahramonlik dostonida asosiy g’oya buzilib ketgan qabilalarning birlashishi, do’stlik, vatanparvarlik hisoblanadi. Qoraqalpoq madaniyatining ko’zga ko’ringan yodgorligi va durdonasi hisoblangan Qirq qiz dostoni tashqi bosqinchilarga qarshi kurashgan ayol himoyachilar va erkak qahramonlar haqida hikoya qiladi. Aynan shunday doston boshqa xalqlarda uchramaydi.

Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining ko’plab janrlarida hazil-mutoyiba va hajviy asarlar ko’p uchraydi. Ularga misol tariqasida xalq og’zaki nasriy ijodi namunasi- latifani keltirish mumkin. Yoki kulguli qo’shiq dialoglar-aytis yoki juaplar ham ushbu janrdagi ijodga kiradi. Ular asosan yosh yigit va qizlar o’rtasidagi so’z o’yinlarida qo’llaniladi.  Juap-  savollarni qisqa, takomillashgan, ijodiy va qofiyalashgan shaklda berishga va tezda, o’zini yo’qotmasdan, hozirjavoblik bilan javob qaytarish qobiliyatiga asoslanadi. Ular musiqasiz, ammo, ohang bilan va ritmik o’tishlar bilan ijro etiladi. Qadimda, shuningdek, xalq shoirlari orasidagi so’z aytishuvlari ham mashhur bo’lgan.

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Omon Matjon - Umr o'tar

Umr o'tar, vaqt o'tar, Xonlar o'tar, taxt o'tar, Omad o'tar, baxt o'tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sening yurishlaring, sening kulishlaring. Bahorda bog' na go'zal, Qor tushsa tog' na go'zal, Bu yoshlik chog' na go'zal, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan So'zsiz qarashlaring, holim so'rashlaring. Oy chiqar goh zaholi, Do'stlar ko'pdir vafoli, Hayot shundan safoli, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring. Umr - yo'l, qayrilish ko'p, Uchrashish, ayrilish ko'p, Unutish, aytilish ko'p, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring... 1979