8 Mart 2024 Cuma

Atoiy - G'azal (Oh, o'lturdi firoq ul gul uzorimdin yiroq)


Oh, o'lturdi firoq ul gul uzorimdin yiroq,
Lola yuzluq,sarv bo'yluq to'g'ri yorimdin yiroq.

Nola qilsam har zamon ayb etmang,ey ushshoqkim,
Andalibi benavomen lolazorimdin yiroq.

Ixtiyor ettim ul oyni ikki dunyodin, vale
Netayin soldi falak o'z ixtiyorimdin yiroq.

Sa'y etar zohid meni jannatning eski bog'ina,
Men borurmenmu yuzungdek navbahorimdin yiroq.

Menda ham sabru qaroru aqlu hushe bor edi,
Ne baloliq ishq edikim,soldi yorimdin yiroq.

Gar falak o'ltursa yuz qatla meni,hech bok emas,
Bu o'lumdurkim,o'ladurmen nigorimdin yiroq.

Ketmagay o'lsam Atoiydek bo'yung sarvi uchun,
To qiyomat sayayi rahmat mozorimdin yiroq.

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder