7 Mart 2024 Perşembe

Atoiy - G'azal (Ul sanamkim,suv yaqosinda paritek o'lturur)

Ul sanamkim,suv yaqosinda paritek o'lturur,
G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo'lur.

To magarkim,salsabil obina javlon qila,
Keldi jannat ravzasindin obi kavsar sori hur.

Ul ilikkim, suvdin oriqtur, yumas oni suda,
Balki suvni pok bo'lsun deb ilik birla yuyur.

Emdi bildim rost emish, balki ko'rdim ko'z bila,
Ulki derlar, suv qizi goh-goh ko'zga ko'rinur.

Qoshlaring yosin Atoiy ko'rgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surai yosin o'qur.


                 G'AZAL

Ay gul chehralik sarvi ravonim,
Fido bo'lsun senga jonu ravonim.

Sulaymon mulkudur ham Nuh umri
Saning bila kechurgan bir zamonim.

Agar zulfung uchun chopsang boshimni,
Yuz evursam maning bo'ynumg'a qonim.

Belingda garchi bir qilcha gumon bor,
Vale og'zingda yo'qtur hech gumonim.

Jamoling oyatidur husn ichinda,
Ne hojat bu mening sharhu bayonim.

Bu dog'e kim,qo'yar jonimg'a hajring,
Ajab qolg'ay mening nomu nishonim.

Yuzung mehrinda jon berdi Atoiy,
Demading bir kun: "O'ldi mehribonim..."

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder

Orhan Şaik Gökyay - Yas