15 Mart 2024 Cuma

Shahriyor Shavkat - Sahifalar


Satrlar yastangan sariq sahifa,

Xo‘rsin-u, yarqirab Cho‘lponni ko‘rsat!

Tunning-ku borligi ayni haqiqat,

Sen kunduz atalmish yolg‘onni ko‘rsat!

 

 "Amirim!.."

Bo’zlaydi cho‘tir Oqsaroy,

Qo‘rg‘oshin yutmagan qo‘rg‘onni ko‘rsat.

Tashnakom giyohlar choy so‘raydi:

"Choy-y!"

Qumdan bosh ko‘targan qumg‘onni ko‘rsat.

 

Tag‘in qo‘l uzatsa shirintomog‘lar,

"Shakkarday til bila..." tuzdonni ko‘rsat.

 

Sen ikki yuzimni qattiq quchog‘lab,

Gʻizollar ravzasi –rizvonni ko‘rsat!

 

Vodarig‘, 

chuvalchang chaynadi timsoh,

Sirin boy bermagan sirtlonni ko‘rsat!

Tishlarim tilloga botmadi yumshoq,

Hay dedim,  nasibam –yovg‘onni ko‘rsat.

 

Boshimni changallab uchgan qarchig‘ay,

Balandroq ko‘targil, osmonni ko‘rsat!

Men o‘zim qutqaray Alpomishni-ay,

Boychibor,

boshla yo‘l,

zindonni ko‘rsat!


Hiç yorum yok:

Yorum Gönder