14 Temmuz 2024 Pazar

Sakkokiy - G'azal (Bo‘yungtek butmadi bo‘ston aro sarvi ravon, ey jon)

 


Bo‘yungtek butmadi bo‘ston aro sarvi ravon, ey jon,
Yuzungtek ham ochilmadi chamanda guliston, ey jon.

O‘qunguznung boshoqing‘a ko‘ngul mushtoq, ko‘z oshiq,
Bular tolashmoqin bo‘ldi ul ikki ora qon, ey jon.

Agar Rum ahlina zulfung habashning lashkarin solsa,
Ko‘ngul ilginda ul soat topilmas hech amon, ey jon.

Sening la’lingdin uftonib qizorur la’l qon ichra,
Hasad eltur mening yuzum ko‘ribon za’faron, ey jon.

Yuzung davrinda ko‘zlarim gahi la’lu, gahi lo‘lu,
Chiqorur ko‘rsa bu san’at,uyolur bahri kon, ey jon.

Falak Sakkokiga bukun qulunmen der, jihat zohir,
Tun axshom itlaring birla o‘turmush bir zamon, ey jon.

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder