Ana içeriğe atla

Boqijon To‘xliyev - Tuyuq faqat ramalda yoziladimi?

Turkiy xalqlar adabiyotida mushtarak janrlar oz emas. Ulardan biri tuyuqdir. Tuyuq haqidagi ilmiy tadqiqotlar ancha katta salmoqni tashkil etadi. Bu borada N.Mallayev, A.P.Qayumov, A.Hayitmetov, B.Valixo‘jayev, X.Korogli, Hodi Zarif, I.V.Stebleva, R.Orzibekov, Yo.Ishoqov, B.To‘xliyev singari taniqli mutaxassislar jiddiy kashfiyotlari bilan e’tirof etilgan. A.Bagirov esa, tuyuq janrining turkiy xalqlar adabiyotidagi genezisi va poetikasiga oid fundamental tadqiqotni amalga oshirgan.

Shunga qaramay, Alisher Navoiy yaratgan tuyuqlar yaxlit holda o‘rganilgan emas. Bizning mulohazalarimiz shu haqda. Maqsad tuyuqning mohiyati, turkiy adabiyotdagi o‘rni va ta’rifiga, uning shakllanishi va takomiliga mutafakkir adib qo‘shgan hissaga yana bir marta e’tiborni jalb etishdan iborat.

Tuyuq namunalari turkiy xalqlarning deyarli barchasida, dastlab folklor namu­nasi sifatida, keyinroq yozma adabiyot­dagi o‘ziga xos adabiy janr sifatida ko‘zga tashlanadi.

Tuyuq o‘zbek adabiyoti tarixida ham ancha keng va faol iste’molda bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib, Yusuf Amiriy, Lutfiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy va boshqa ko‘plab adiblarimiz bu janr vositasida ham o‘zlarining badiiy mahoratini namoyish etishgan. Tabiiyki, bu silsilada Alisher Navoiyning ijodi oltin halqani tashkil etadi. Mutafakkir adib tuyuqlari ham shakliy, ham mazmuniy jihatlariga ko‘ra adabiyotimizni go‘zal namunalar bilan bezab turganini adabiyot ahli yaxshi biladi.

Tuyuqlarning asosiy qismi bitta so‘zga tayanadi:

Chun pariyu hurdur oting, begim,
Sur’at ichra dev erur oting, begim,
Har xadangikim, ulus andin qochar,
Notavon jonim sari oting, begim.

Bu yerda “oting” so‘zi tajnisni hosil qilgan. Uchta misrada uning oting, isming; minadigan oting hamda mo‘ljalga oling, oting, irg‘iting ma’nolari qo‘llangan. Ular asosida lirik qahramon – oshiqning yor vasfidagi iliq va samimiy so‘zlari izhor etilgan, undagi sadoqat va fidoyilik xislatlari yoritilgan. “Begim” undalmasi esa, she’rga samimiyat, ehtirom va tabiiylik ruhini olib kirgan.

Tig‘i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosidur ohim o‘tidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan.

Ushbu tuyuq bir so‘z shakliga tayanadi. Shunga ko‘ra, birinchi misrada ishqing tig‘i tufayli (badandagi) yara bitmagan, tuzalmagandir. (Oshiq) bu borada o‘z dardlarini aytib bitirolmagan. Ohim o‘ti sahroga shu darajada ta’sir o‘tkazganki, u yerda gul yoki giyoh ham bitmaydi, o‘smaydi.

Navbatdagi tuyuqda ham yakka so‘z ishtirok etmoqda. U birinchi misrada buyruq fe’li shaklida kelgan hamda so‘zlovchi(oshiq)ning tinglovchi(ma’shuqa)ga nisbatan is­tak va xohishini ifodalagan. Ikkinchi misrada esa, u harakat nomi vazifasida kelib, ma’shuqaning harakatini ko‘rsatishga qaratilgan. Oxirgi misradagi ayni shakl ot so‘z turkumiga oid bo‘lib, u tushum kelishigi shakliga ega bo‘lgan “barmoq” ma’nosini ifodalagan:

Necha dedim ul sanamg‘a: “Bormag‘in!”,
Qilmadi ul tark oxir bormag‘in.
Munchakim xudroyliq ko‘rguzdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab bormag‘in

Adib “o‘jar, qaysar va cho‘rtkesar” ma’shuqa obrazini chizib bergan.

Quyidagi tuyuq esa boshqacharoq. Unda ikkita so‘z ishtirok etadi. Shunga qaramay, bu so‘zlarning shaklida hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi.

Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay,
Otki, o‘trusig‘a aning ko‘z tutay.
Necha ko‘rgach o‘zga mahvashlar qoshin,
Yangi oy ko‘rgan kishidek ko‘z tutay.

Bunda dastlab “kutaman”, keyingi misrada “ko‘zimni tikaman”, “ro‘para qilaman”, oxirgi misrada esa “ko‘zimni qo‘lim bilan silayman”, “shukronalik duosini o‘qiyman” kabi ma’nolar mujassamlashgan. Aslida bu yerda go‘zal va mahbub yorini intiqlik bilan kutayotgan oshiqning ruhiy holati aks etgan. U yorning birgina nigohi – qarab qo‘yishiga zoru intizor.

Bu yerda ham yana bir xalqona udum e’tiborga olingan. Odatda, osmonda yangi oyni ko‘rgan kishilar shukronalik duosini o‘qishadi. Shunday kunlarga yetkazgani uchun Allohga minnatdorlik tuyg‘ularini izhor etishadi. Ana shu izhor qo‘llar bilan o‘z ko‘zlarini silab qo‘yish – “ko‘z tutish”da namoyon bo‘ladi.

Albatta, tuyuqlarda aks etgan kayfiyatlar ham nihoyatda rang-barang. Jumladan, quyi­dagi misralarda yor go‘zalligidan g‘urur­lanishning yana bir yangi shaklini kuzatish mumkin:

Yo rab, ul shahdu shakar, yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali
G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabdurur.

Navbatdagi usul so‘zlarni tarkibiy qismlarga ajratish yoki ularni qo‘shish evaziga sodir bo‘ladi. Quyidagi tuyuqda ushbu vazifa “yoqilur” fe’lining zimmasiga tushgan. U “yonmoq”, “kuymoq” ma’nolarini beradi:

La’lidin jonimg‘a o‘tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin “yo” qilur.
Men vafosi va’dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur.

Ikkinchi va oxirgi misrada u ikki qismga (“yo qilur”) ajratilgan. Ammo ular ikki o‘rinda ikki xil ma’no kasb etgan. Avval u “yoy”, “kamon” ma’nosiga ega bo‘lgan. Bu oshiqning chekayotgan iztiroblari uchun ko‘rsatkich bo‘la oladigan holatni ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Keyingi holatda adib uning zimmasiga ayiruvchi bog‘lovchi vazifasini yuklagan. Ayni paytda, u yordagi nomuqimlikni, o‘zgarib turishni ifodalashda qulay vosita bo‘lgan. Yorning vafo qilishi yoki qilmasligi uning o‘zigagina bog‘liq ekanligi chiroyli va ishonarli, ta’sirchan tarzda aks etgan.

Alisher Navoiy tuyuqlari orasida ikki komponentli turlari ham mavjud: bunda tuyuqdagi tajnislar soni uchta emas, balki ikkita bo‘ladi. Yana bir yangilik shundaki, bu yerdagi qofiya xuddi ruboiydagi kabi a:a:b:a emas, balki qit’alarda bo‘lgani kabi a:b:v:b tarzida qo‘llanadi:

Vah, qachong‘a tegru ishqing kojidin
Ko‘zuma har lahza o‘t choqilg‘usi.
Basdurur ko‘nglumda ishqing, yoqma o‘t
Kim, harorat ul ham o‘tcha qilg‘usi.

Ko‘rinib turibdiki, bu yerda tajnis hosil qilish birdaniga ikkita so‘zni tanlash orqali yuzaga kelgan. U “o‘t” va “choqilg‘usi” ifodalari bilan keltirilgan. Bayt mazmunini bilish uchun “koj” so‘zining ma’nosini bilishimiz zarur bo‘ladi. U “shapaloq”, “tarsaki” ma’nosiga ega. Bu shapaloq ishq tufayli bo‘lmoqda. Aniqrog‘i, oshiq hijron shapalog‘i tufayli ko‘zidan o‘t, olov chaqnab ketishini eslatmoqda.

Keyingi bayt yorga iltimos va iltijodan iborat: mening ko‘nglimda ishqing olov, gulxan bo‘lib turibdi. Sen meni yana qiynamagin. Shoirning mahorati shundaki, u mana shu “qiynamoq”, “azob bermoq” ma’nosini beradigan istiora – “o‘t qo‘ymoq”dan juda o‘rinli foydalangan. Natijada oxirgi misradagi “o‘tcha qilg‘usi”ning poetik effekti, amaliy samarasi birdaniga bir necha barobarga kuchayib ketgan. Buning natijasida kitobxon oshiq qalbidagi issiqlik darajasi, haroratning nihoyatda yuqori ekanini “o‘tcha qilg‘usi” (ya’ni “o‘tdek, o‘t barobarida qila oladi”) ifodasidan aniq va ta’sirli tarzda his eta oladi.

Bularning barchasi Alisher Navoiyning buyuk iste’dod egasi ekanligini, uning qaysi janrda ijod etishiga qaramasdan, ularning barchasida o‘zining yuksak badiiy mahoratini namoyon eta olish qobiliyatining yuksakligini yana bir marta tasdiqlaydi. Ayni paytda bu namunalar turkiy tilning kuchini, qudratini, latofat va nazokatini yorqin tarzda ko‘rsatib berishi bilan ham e’tiborga loyiqdir.

Shu o‘rinda Alisher Navoiyning tuyuq janri haqidagi nazariy qarashlariga aloqador bir mulohazani aytish joiz ko‘rinadi. Adib tuyuq borasida zukko amaliyot­chigina emas, balki uning nazariyasi borasida ham jiddiy umumlashmalarni amalga oshirgan buyuk olimdir. Tuyuq haqidagi batafsil mulohazalar “Mezon ul-avzon”da shunday beriladi:

“Yana turk ulusi, bataxsis chig‘atoy xalqi aro shoyi’ avzondurkim, alar surudlarin ul vazn bila yasab, majolisda ayturlar.

Birisi “tuyug‘”durkim, ikki baytqa muqarrardur va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg‘ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur”.

Adibning tuyuq nazariyasiga oid kuza­tishlari nihoyatda jiddiy va qizi­qarlidir. Bunda janrning “turkiy tilning xossasi” tarzidagi qayd va xulosalari e’tiborga molik. Ayni paytda uning vazni sifatida belgilangan ramali musaddasi maqsur kishida bir mulohazani uyg‘otadi. Turkiylik bilan aruzning dabdurustdan mutlaq xossasi bo‘lishi ko‘p-da tabiiy ko‘rinmaydi. Har hol­da, tuyuq janrining qadimiyligini soha­ning barcha mutaxassislari qayd etishadi. “Qadimiylik” tushunchasi esa islom­­­dan oldingi davrlarni ham nazarda tuta­di. Arab, fors poetikasi amal qilmagan o‘sha davrlardagi tuyuqlarning vazni ham tabiiyki, boshqacha, aniqrog‘i, ko‘proq barmoq vaznida bo‘lgan.

Turkiy yozma adabiyotning ilk namunasi bo‘lmish “Qutadg‘u bilig”da ham bu janrning yaxshi namunasi keltirilgan. Ammo uning vazni ham boshqacha, u mutaqoribi musammani mahzufda bitilgan. Islom dini yoki arab, fors poetikasi ta’sir o‘tkazmagan ayrim turkiy xalqlar (masalan, saxa – yoqut) folklorida bu janrning hozirgacha mavjudligini hamda ularning vazni mutlaqo o‘zga (ramal yoki aruzning boshqa ko‘rinishlarida ham emas) ekani e’tiborga olinsa, tuyuqning dastlabki vazni qadimiyroq shakllarda, jumladan, barmoqda bo‘lgani ayonlashadi. Ammo bular tuyuq nazariyasidan yoki Alisher Navoiy tavsifidan chetdagi hodisalar sifatida qaralishi joiz emas. Agar janrning tarixiy kategoriya ekanligi nazarda tutiladigan bo‘lsa, tuyuq ham juda uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani ayonlashadi. Alisher Navoiy yozma adabiyotimizning nisbatan keyingi davrlari (XIII – XV asrlar) tajribasini umumlashtirgan.

Darhaqiqat, tuyuq, ehtimolki, dastlab alliteratsion she’r qobig‘ida shakllana borgan, taraqqiyotning muayyan davrlarida uning barmoq vaznidagi ko‘rinishlari ommalashgan. Keyinchalik esa, xususan, islom madaniyati hamda arab, fors poetikasining ta’siri ostida u aruz libosini kiya boshlagan. Nihoyat XV asr sharoitida Alisher Navoiy uning mumtoz ta’rifini taqdim etgan.

“Muhokamat ul-lug‘atayn”da o‘zbek tili­ning lug‘atidagi o‘ziga xoslik va boyliklarni ko‘rsatish muddaosi bilan keltirilgan:

“Yana she’rda barcha tab’ ahli qoshida ravshan va majmu’, fusaho oldida mubar­handurki, tajnis va iyhom bag‘oyat kulliydur. Va bu farxunda iborat va xujasta alfoz va ishoratda forsiydin ko‘prak tajnisomiz lafz va iyhomangiz nukta borki, nazmga mujibi zebu ziynat va boisi takallufu san’atdur. Masalan: ot lafziki, bir ma’nisi alamdur, yana bir ma’nisi markabdur va yana bir ma’nisi amrdurki, toshni yo o‘qni ot, deb buyurg‘aylar. Bu tajnisda mundoq deyilibdurkim, b a y t:

Chun pariyu hurdur oting, begim,
Sur’at ichra dev erur oting, begim,
Har xadangikim, ulus andin qochar,
Notavon jonim sari oting, begim.

Va bu ikki baytki, tajnisi tomdur, ham turk shuarosi xossasidurki, sortda yo‘qtur va muni tuyug‘ derlar. Va munung ta’rifin “Mezon ul-avzon” otlig‘ aruzki bitilibdur, anda qililibdur”.

Hozirgacha tuyuq haqidagi asosiy ta’rifning ham bevosita Alisher Navoiy nomi bilan aloqadorligi bejiz emas: “Yana turk ulusi, bataxsis chig‘atoy xalqi aro shoyi’ avzondurkim, alar surudlarin ul vazn bila yasab, majolisda ayturlar.

Birisi “tuyug‘”durkim, ikki baytqa muqarrardur va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg‘ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:

… Foilotun foilotun foilun”.

Ushbu ta’rifda mujassamlashgan bir nechta asosiy nuqtalar mavjud. Ularga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq ko‘rinadi:

– mazkur janr turkiy xalqlar, ayniqsa, o‘zbek xalqi orasida keng tarqalgan va ulargagina xosdir (“Yana turk ulusi, bataxsis, chig‘atoy xalqi aro shoyi’ avzondur”);

– ushbu janr namunalari omma orasida, she’rxonlik kechalarida ko‘proq aytilgan (“majolisda ayturlar”);

– tuyuqning chegarasi, ya’ni ushbu janrning qat’iy, o‘ziga xos shakli mavjud va bu shakl ikki bayt bilan belgilanadi (“ikki baytqa muqarrardur”);

– unda tajnisga rioya etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi (“sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg‘ay”);

– tuyuq uchun alohida vazn mavjud (“ul vazn ramali musaddasi maqsurdur”);

Alisher Navoiy ta’kidlagan asosiy janr belgilari mana shulardan iborat.

Biz endi asosiy muddaoga yetib keldik. Nazarimizda, ushbu ta’rifdagi birinchi va oxirgi bandlar o‘rtasida mantiqiy ziddiyat sezilmoqda. Dastlabki bandning ham “Muhokamat ul-lug‘atayn”da, ham “Mezon ul-avzon”da maxsus ta’kidlanayotgani ham e’tiborni tortadi. E’tibor bering: gap “turk tilining yoki shuarosining xossasi” hamda janrning vazni ustida ketmoqda. Bu vazn aruz vaznlarining biri, ya’ni ramaldan iboratdir. Bizning fikrimizcha, turkiy til bilan aruz o‘rtasidagi bog‘lanishlarda biroz ziddiyat seziladi. Gap janrning milliy xususiyatlari ustida borar ekan, ayni shu ikki hodisaning bu talabga ko‘ra bir xil o‘zanda turishi munosib ko‘rinmaydi. Har holda, aruzning o‘zlashma vazn ekani yodimizda turishi lozim. Shunday ekan, tuyuqning ilk vazni aruzda edimi, degan savol tug‘iladi.

Tabiiyki, bu savolga to‘la-to‘kis ijobiy javob berish mushkul.

Alisher Navoiyning o‘zi ham ushbu tipdagi asarlarning turk xalqi orasida “shoye’”, ya’ni keng tarqalganini qayd etgan. Ushbu hodisa hozirgacha ham shu xususiyatini saqlab kelmoqda.

Janr – tarixiy kategoriya. Uning dast­labki shakli bilan keyingi bosqichlarida, tarixiy taraqqiyoti jarayonida ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin va bu tabiiy jarayondir.

Alisher Navoiy buyuk mutafakkir olim sifatida o‘z davridagi (asosan, XIV – XV asrlardagi) tuyuq namunalarini kuzatgan va ular asosida xulosa chiqargan. Shunga ko‘ra, adib bergan ta’rif tuyuqning klassik davri uchun mutlaqo to‘g‘ri va o‘rinli. Boshqa davrlardagi tuyuqlar esa, uning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘ziga xos ko‘rinishlari sifatida e’tirof etilgani maqsadga muvo­fiq­dir.

Boqijon To‘xliyev,
filologiya fanlari doktori,
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 2023 yil 50-son

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Qaçaq Nəbi

Azərbaycanın xalq qəhrəmanı Qaçaq Nəbi 1854-cü ildə Gəncə quberniyasının Zəngəzur qəzasının Aşağı Mollu kəndində (indiki Qubadlı rayonunda) anadan olub. Onun qaçaqçılıq etməsinin maraqlı tarixçəsi var.

Divan Edebiyatı (Türk Klasik Edebiyatı)

  “ Türk  Klasik   Edebiyatı ” olarak da tanımlanan Divan edebiyatı, Türklerin İslam kültüründen etkilenmeleri sonucu oluşturdukları bir edebiyattır. Bu edebiyat, bazı kaynaklarda “ Havas Edebiyatı “, “ Yüksek Zümre Edebiyatı “, “ Saray Edebiyatı ”  “Eski Türk Edebiyatı ” gibi adlarla da anılmaktadır. Ancak belli ilkeler çevresinde gelişen bu edebiyat, şairlerin şiirlerini “ Divan ” denilen yazma kitaplarda toplamalarından dolayı daha çok “ Divan edebiyatı ” adıyla ifade edilmektedir.

Abdulla Oripov - Birinchi muhabbatim

Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Erkin Vohidov - O'zbegim

  Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

Munis Faik Ozansoy - Dilek

Yurdumda bir evlik toprak isterim Yayla olsun, yamaç olsun, düz olsun Orada bir ömür kalmak isterim Yaz, kış olsun, bahar olsun, güz olsun. Bir dam altı gece barındıracak Daldan, sazdan yapma bir çardak olsun İçinde kütükler yanan bir ocak, Yünden veya ottan bir yatak olsun. Çardağı sarmalı bir çiçek dalı, Salkım olsun, gül olsun, leylâk olsun. Yakınlarda bir de su bulunmalı Deniz olsun, göl olsun, ırmak olsun. Ekmeğim topraktan, suyum ırmaktan Katığım kâh zeytin, kâh peynir olsun Mutluluk duyayım nefes almaktan Dost güvenilir, düşman bilinir olsun. Tanrım, başka bir şey ister değilim İçimde ne bir hırs, ne bir kin olsun Yolumu beklesin, akşam sevgilim Bence güzel, ellerce çirkin olsun.

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Fuzuli - Gazel (Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar)

  Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar Kılıçlardır ki kanlar dökmek ile jeng tutmuşlar

Zafer Bayramımız Kutlu Olsun

Milletin hürriyeti, dini, namusu ve şerefi, vatanın bütünlüğü, devletin bağımsızlığı  için şehid ve gazi olan kahramanlarımızın ruhları şad, Türk Milletinin  Zafer Bayramı  kutlu olsun ...

Sherzod Ortiqov - Stokgolm Oqshomlari (esse)

Mabodo hozir  Nelli Zaks hayot boʻlganida yoki men sal oldinroq tugʻilganimda undan, albatta intervyu olgan boʻlardim. Aytaylik, 1950 yilda tugʻilganimda  yoki u qazo qilmay hech boʻlmaganda yigirma birinchi asrning boshiga oʻtib qolganida bunga ulgurardim (shunday deb oʻzimga koʻp gapiraman. Bunga sabab frau [1] Nellining sheʼriyati taʼbimga mos kelib, judayam yoqqani uchun emas, balki uni yodimga olganimda yuragimni tinmay qiynaydigan bitta savolga undan javob olish uchun). Shu kunlarda bu haqida yana koʻp oʻyladim. Yuqoridagi ikkita farazni tasavvur qilib, ulardan biriga, aniqrogʻi ikkinchisiga toʻxtaldim. Yaʼni, “frau Nelli omonatini Yaratganga topshirmay, yigirma birinchi asrning boshiga oʻtganida undan qanday intervyu olardim?” degan xayol shuurimni qamrab oldi. Agar shunday boʻlganida, albatta birinchi galda Stokgolmga borish uchun rosa bir yil yemay-ichmay, yangi kiyim kiymay, dam olish uchun sihatgohlarga bormay, yoqilgʻiga pul ketmasin deb mashina haydamay gonorarla...