15 Mart 2024 Cuma

Barno Odiljonqizi - Bu yana men...


Bir jamadon sog'inchim bilan,
Borayabman yana siz tomon.
O'zligini siz deya sotgan,
Bu yana men, men o'sha yomon.

Men o'shaman, sizdagi borliq,
Yo'qlik ichra qaytadan paydo.
O'zingizga juda yarashgan,
Nigohingiz etdi-da, shaydo.

Dardisar dil, dardsiragan dil,
Dard yurtidan qayga ham ketay.
Bugun o'zdan yotsiragan dil,
Faqat sizni tanisa netay...?

Ishqi haqqi sizni sevguvchi,
Go'yo siz deb yashaydi hamon.
Sizdan ketib, sizga kelguvchi,
Bu yana men, men o'sha yomon!

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder

Orhan Şaik Gökyay - Beyan-ı Aşk