Shahriyor Shavkat - Yana tun

0

Chiqib ketging kelmaydi tundan,

Oromingga quyilsa g‘ulg‘ul.

Gʻurob tomib tursa uzumdan,

Yonginangda kuylasa bulbul.

 

Peshayvonda qatiq to‘rva ham

Satilga yosh yo‘llaydi – zardob.

Hayotidan mamnunmi karam,

Ichgani nur, kiygani zarbof?!

 

Ruboiylar yoqib ichingni,

Yuragingni sharshara qilsa,

Qurbaqalar yolg‘izligingni

Tomog‘ida g‘arg‘ara qilsa

 

Shovullasa daryo jununvash,

Yoshligini qumsab yotsa tol,

Tomog‘ingni o‘langa o‘xshash

Alangalar chulg‘asa alhol,

 

Chiqib ketging kelmaydi tundan!

Hayrat bosib kelar balandroq.

Chiqib ketging kelmaydi chindan,

E-voh buning chorasi qandoq?!


Yorum Gönder

0 Yorumlar

Yorum Gönder (0)

#buttons=(Çerezleri kabul et) #days=(20)

Sitemizde çerezler kullanılmaktadır. Kabul
Çerezleri kabul et