Yashnatib dil g‘unchasin, fasli bahor aylar gazet,
Suv berib ko‘ngul bog‘ini sabzavor aylar gazet.
Sharqdan Mag‘ribgacha bo‘lg‘on havodisni yozib,
Ne go‘zal marg‘ub xabarlar oshkor aylar gazet.
Ko‘b o‘qur bo‘lsang, bo‘lursen el aro chun nuktadon,
So‘zlaganda so‘zlaringni beg‘ubor aylar gazet.
Gohi-gohi kelmayin qolsa o‘zining do‘stlarin
Shavqida telmurtirib ko‘p intizor aylar gazet.
Chiqsa bir xursandlik safhasida darj o‘lub,
Fikri zavq-la qalbni beixtiyor aylar gazet.
E nexushkim, xalqimiz suymakda kun-kundan seni,
Bir vaqt zarlarni boshingdan nisor aylar gazet.
Noumid bo‘lma, chiqar bir kun haqiqiy do‘stlaring,
Yordam aylab, mushtariyni beshumor aylar gazet.
Yo‘qsul el ahvolidan gar sen yozib bersang xabar,
Darj etib bu yo‘lga jalbi e’tibor aylar gazet.
Gar qorayg‘on dil, to‘nuk ruhlarga berdikchi ziyo,
Bo‘lgani jon doimo boshqa tumor aylar gazet.
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder