Salı, Nisan 02, 2024

Muhammadsharif So‘fizoda - Vatan

 

Vatan holindan o‘tru ko‘zlarim saqfinda qon og‘lar,
Na yolg‘iz ko‘zlarim majruh o‘lan jismimda jon og‘lar.

Salohi xonim on fikrinda og‘lar xonadonlar cho‘x,
Faqat bai oshkoro og‘laram, onlar nihon og‘lar.

Qiroatxona-u sho‘rodag‘i maktab-la har balda,
Bu kun ma’mur ekan Farg‘ona benomu nishon og‘lar.

Muborak mamlakatlar bir taqim hayvonlara holo.
Charogoh o‘ldug‘undan noshi yeru osmon og‘lar.

Evet, inson sayilmaz o‘lmayanlar ismina mazhar,
Masal vor bizda: «Vijdonsizlaring og‘zida non og‘lar».

Chiqib kursida voiz onlara sotduqcha rizvoni,
Halosindan jahannam shod o‘lur, bog‘i jinon og‘lar.

Jahondan mahv o‘lib ul qahbalar bir kun ketar onjaq,
Misoid asr ichinda favt o‘lan ushbu zamon og‘lar.

Yozuq oliy Vatan o‘ksiz kabi bir holda dushmushkim,
Agar tahrir edarsan, xomai mo‘jiz bayon og‘lar.

Sharif o‘lmas u maskanki, sharif o‘lmas esa sokin,
U tanballarki, vor ustinda ya’sindan makon og‘lar.

* * *

Kirib vahdat xumiga nosavodliqni ranglanglar,
Ki qilmoq oshnoliq boridin g‘ayri-la tanglanglar.

Qayu mazhabda ahli ishqin qatli erur vojib?
Musulmonlig‘ agar shul bo‘lsa, mo‘minlar paranglanglar.

Buni masjid deyurlar, na samo ahlig‘a manzildur,
Boring, ey so‘filar, eshshak kabi sahroda hangranglar.

Hazar qilmanglar, ey ahli muhabbat, muhtasiblardan,
Kirib rag‘bat ila kunju xarobot ichra banglanglar.

Nachun qo‘ymas ekan(lar) bizni may ichgali zohidlar,
Qilichlar qo‘lga olib, bu fasod ahliga janglanglar.

Bihamdillohki, ishqing jur’asiga sarbaland o‘ldum,
Bu bazm ichra kishikim kirsa tiyru tapanglanglar.

Qilibdur qozi shar’i ihtisob ahli muhabbatni
Turing bu beadabni boshiga bir necha sanglanglar.

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder