1 Haziran 2025 Pazar

Furqat - G'azal (Yoqma jonim o‘tlara, ey sho‘xu, zoringdur o‘shal)

Yoqma jonim o‘tlara, ey sho‘xu, zoringdur o‘shal,
Mubtalo ko‘nglum nizor etma, figoringdur o‘shal.

Gul tarovat topmog‘i aksi ruhingdandur bahor,
Bu sababdin misli nargis intizoringdur o‘shal.

“Sabzalarkim chashmai hayvon uza nedur?” dedi,
Men dedim: “Lab uzra xatti mushkboringdur o‘shal”.

Dedikim: “Naylay, bir oy boshida bir umri tavil”,
Men dedim: “Yuz uzra zulfi tobdoringdur o‘shal”.

“Bel, og‘izdin ochma lab, somoni sabring tut”, dedi,
Men dedim: “Borim yo‘q etgan yo‘qu boringdur o‘shal”.

Dedi: “Bildingmu tag‘oful etmog‘im mohiyatin?”
Men dedim: “Bormoq uchun bergan qaroringdur o‘shal”.

Dedi: “Yuz ming oshiqim, ammo biri mushtoqroq”,
Men dedim: “Furqat degan bir beqaroringdur o‘shal”.

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder