Ana içeriğe atla

Usmon Nosir - Nil va Rim (Tarix kitobidan)

I

Lampam yonur… Yaralangan qanotdek og‘ir
O‘y bosadi. Yuragimda go‘yo sel yog‘ir.
Qiynalaman. Tirishamanyu Hushim parishon,
O‘tmish, hozir va kelajak ko‘rinur — har on.
Tirishaman, butun kuchim ko‘zimga kelar;
Chirog‘imga parvonadek urinar yillar,—
To‘rt atrofim to‘lib ketar kuygan qanotga…
Xayolimda: katta sahro, men minib otga —
Shamoldan tez, bulutlardan yengil chopaman;
Kuyib tushgan har qanotdan bir jon topaman.
Termilaman o‘lik ko‘zga (nega qo‘rqayin?).
Barchasidan o‘yib olib ko‘zining oyin —
Termilaman: qichqiradi yillar, odamlar.
Eshitilar menga ular bosgan qadamlar…

II

Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh —
Ko‘tarilar. Nil oqadir — qullar to‘kkan yosh.
Faryodlarga chidolmaydi yer bilan osmon.
Ro qayerda? Azirisa? Qiynaydi Tifon!
Kimga yig‘lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, hayoti qulf; bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo‘q, quruq xaltasi: non yo‘q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q.
Ko‘zida ko‘z yo‘q, belida beli yo‘q, hayhot!
Fir’avn uni chumoliday ezadi: voydod!..
Fir’avnning hukmi qattiq, fir’avn xo‘jayin,
Xudolarga u manzurdir, hayoti tayin.
Neki qilsa, o‘zi bilur, o‘zi hukmron,
Misr bo‘ylab Nil oqadur «qullar to‘kkan qon!»

III

To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari
«Malika qiz» Kleopatra hukmron davri.
Undan tortib… yana uzoq, yana ko‘p yillar
Xarsang bilan yotqizilgan necha ming dillar.
Ko‘z yoshidan, dil toshidan qurilgan haykal
Mag‘rur turar, mag‘rur boqar; hech biron mahal
Na odamdan, na zamondan qo‘rqmas asti u.
G‘azabini yutib o‘lgan qullar dasti by!
Qullar… (Menman u qullarning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi.
Mana menman, f alaklarga lov-lov o‘t qo‘yib.
Otalarimning boshidan poydevor o‘yib,
Ozodligim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!)

IV

Otim uchar (xayolimda) oldinga doim,
Avval bahor osmonidek yig‘lar gado Rim.
Emchagida bir tomizim suti yo‘q ona
Go‘dagini tosh ostiga bostirdi ana!
O‘lim yaxshi, odam agar, shunday xor bo‘lsa!
Bir parcha non nima o‘zi? Shunga zor bo‘lsa!
Nahot, chaqmoq yondirmaydi butun ochunni?
Kul fardiday umr — tog‘day kulfat uchunmi?
Javob bergin menga zakki qadimgi Xomer,
Ko‘z yoshi-yu, qonga rostdan tashnami bu yer?
Qo‘y, yaxshi chol! Ko‘nglim to‘ldi, gaplashamiz so‘ng,
Bu nimasi? Eshitasanmi, og‘ir, hazin mung?
Hamon yig‘lar yalang‘och Rim, hamon dil ezar,
Hamon tilla qadahda qon ichar Sezar!

V

Rim ustida shamsiyadek tumanli osmon,
Katta tsirkka sig‘ishmasdan qaynar olomon:
«Odam bilan hayvon o‘yin ko‘rsatar emish…»
(Bunday qiliq bizning uchun qandayin erish!..)
Tishlarini irjaytirib bo‘kirgan yo‘lbars
To‘rt tarafga tashlanadi, talpinib lars-lars.
Och ko‘zlari qonga to‘lgan, sakrab o‘ynaydi…
O, bechora, qon! U seni tirik qo‘ymaydi!
Ana! Ana, tirnog‘ini nishlab kelar u.
Changal soldi! Xalq o‘rnidan birdan turdi duv…
Chapak chaldi. «Ey, ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi axir insonga?»—
Dedi, parcha-parcha bo‘lgan gladiator.
Rim — o‘yindan o‘lim kutgan jinni teatr!

VI

Issiq izlar… hamon u isyondan is bordak,
Bulutlarning orasinda yurar Spartak,
Osmon — qalqon, kamon yoyi — chaqmoq, yonar o‘t,
Zulm uchun yig‘i, fig‘on va erksizlik sud.
Javob bersin. Aflotunmi, Vergiliymi, yo —
Boshqa biri, kani kim? Kim mard? Kim guvoh?
Ki — tun qancha qora bo‘lsa, oy shuncha yorug‘?
Spartakning lashkarlari hali ham borur.
Mana menman, u isyonning o‘lmas avlodi.
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi.
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib,
Otalarimning boshidan poydevor o‘yib,
Kelajagim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!!!

1935 yil.

* * *

Dengiz oyna kabi yaltirar,
To‘lqinlarga suqim oqadi,
Oqqush mungli-mungli oh urib,
Hazin kuyi dilga yoqadi,
O‘tiraman, ko‘nglim osuda,
Boshim uzra barglar shitraydi.
Soyalari limmo-lim suvda
Tanga-tanga bo‘lib titraydi.
Qanday yaxshi, kechqurun yolg‘iz
Yursang, ko‘ngil asti to‘ymasa.
Oy — go‘yoki parishonhol qiz,
Sochlarini yozib o‘ynasa…

Boltiq dengizi, 1935 yil.

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Qaçaq Nəbi

Azərbaycanın xalq qəhrəmanı Qaçaq Nəbi 1854-cü ildə Gəncə quberniyasının Zəngəzur qəzasının Aşağı Mollu kəndində (indiki Qubadlı rayonunda) anadan olub. Onun qaçaqçılıq etməsinin maraqlı tarixçəsi var.

Divan Edebiyatı (Türk Klasik Edebiyatı)

  “ Türk  Klasik   Edebiyatı ” olarak da tanımlanan Divan edebiyatı, Türklerin İslam kültüründen etkilenmeleri sonucu oluşturdukları bir edebiyattır. Bu edebiyat, bazı kaynaklarda “ Havas Edebiyatı “, “ Yüksek Zümre Edebiyatı “, “ Saray Edebiyatı ”  “Eski Türk Edebiyatı ” gibi adlarla da anılmaktadır. Ancak belli ilkeler çevresinde gelişen bu edebiyat, şairlerin şiirlerini “ Divan ” denilen yazma kitaplarda toplamalarından dolayı daha çok “ Divan edebiyatı ” adıyla ifade edilmektedir.

Abdulla Oripov - Birinchi muhabbatim

Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Erkin Vohidov - O'zbegim

  Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

Munis Faik Ozansoy - Dilek

Yurdumda bir evlik toprak isterim Yayla olsun, yamaç olsun, düz olsun Orada bir ömür kalmak isterim Yaz, kış olsun, bahar olsun, güz olsun. Bir dam altı gece barındıracak Daldan, sazdan yapma bir çardak olsun İçinde kütükler yanan bir ocak, Yünden veya ottan bir yatak olsun. Çardağı sarmalı bir çiçek dalı, Salkım olsun, gül olsun, leylâk olsun. Yakınlarda bir de su bulunmalı Deniz olsun, göl olsun, ırmak olsun. Ekmeğim topraktan, suyum ırmaktan Katığım kâh zeytin, kâh peynir olsun Mutluluk duyayım nefes almaktan Dost güvenilir, düşman bilinir olsun. Tanrım, başka bir şey ister değilim İçimde ne bir hırs, ne bir kin olsun Yolumu beklesin, akşam sevgilim Bence güzel, ellerce çirkin olsun.

Yetik Ozan - Atmaca Uçurumu

Sarı Uygurların ardından Orda, Kansu'daki o yalçın yarda Bir aylak atmaca döner bunalır, Yorulup diplere doğru ağar da İnsan kokusuna konar bunalır. Bir sarı karanlık bastı basacak, Humma gibi sinsi, soluksuz, sıcak Yılan deliğine gizlenen bıçak Son diri ışıkta yanar bunalır. Bir dilsiz gece tek tanığı günün, Bakır yüreklerde paslanan kinin, Kanlı gerçeğini örtünce Çin'in Afyonlu düşüne iner, bunalır. O düşte bir yıldız azar, açılır, Beş ucundan kızıl hışım saçılır, Yeryüzü bir haşhaş kadar küçülür, Çizildikçe pınar pınar bunalır. İnsanlığa yumak çapaklı gözler Kara fenerlerle şeytanı izler, Ölüm bayramınca maskeli yüzler Çirkin gülüşlerde donar, bunalır. Kötürüm dağlara çarpan kör yollar, Sessizlik içinde boğulan göller, Uçurum başında titreyen güller O sonsuz düşüşü anar, bunalır. Gerçek bu, sanmayın bir Çin masalı, Beyaz güvercinler ürkek, tasalı, Atmaca ağzında bir defne dalı Kırılmış yerinden kanar, bunalır.

Fuzuli - Gazel (Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar)

  Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar Kılıçlardır ki kanlar dökmek ile jeng tutmuşlar

Zafer Bayramımız Kutlu Olsun

Milletin hürriyeti, dini, namusu ve şerefi, vatanın bütünlüğü, devletin bağımsızlığı  için şehid ve gazi olan kahramanlarımızın ruhları şad, Türk Milletinin  Zafer Bayramı  kutlu olsun ...