Ana içeriğe atla

Abdukarim Jumaboyev - San’atim

Ko‘zimga qatra yosh ilingan chog‘lar,
Ko‘ksim tikanlarga tilingan chog‘lar,
Ayriliq azobi bilingan chog‘lar,
Suyanchim sen bo‘lding, aziz san’atim.

Dunyo g‘amlaridan sabrim bitsa ham,
Qalbimni quzg‘unlar zog‘lar titsa ham,
Ishongan do‘stlarim tashlab ketsa ham,
Ishonchim sen bo‘lding, aziz san’atim.

Telba dunyo mani ming kuyga solsa,
G‘arazli nigohlar yoqamdan tutsa,
Bechora bu ko‘nglim yolg‘izlab qolsa,
Tayanchim sen bo‘lding, aziz san’atim.

Boshimga yog‘dirib turfa balolar,
Ko‘nglim siyoh qilsa ko‘ngli qarolar,
Mehribon onamdek qilib duolar,
Yupanchim sen bo‘lding, aziz san’atim.

San’atim qadringni ayt kimlar bilur,
Ko‘ngli ishq dardidan yarimlar bilur,
Seni jondan sevgan Karimlar bilur,
Quvonchim sen bo‘lding, aziz san’atim.

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Omon Matjon - Umr o'tar

Umr o'tar, vaqt o'tar, Xonlar o'tar, taxt o'tar, Omad o'tar, baxt o'tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sening yurishlaring, sening kulishlaring. Bahorda bog' na go'zal, Qor tushsa tog' na go'zal, Bu yoshlik chog' na go'zal, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan So'zsiz qarashlaring, holim so'rashlaring. Oy chiqar goh zaholi, Do'stlar ko'pdir vafoli, Hayot shundan safoli, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring. Umr - yo'l, qayrilish ko'p, Uchrashish, ayrilish ko'p, Unutish, aytilish ko'p, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring... 1979