Sherali Jo'rayev - Zaman zaman

0

 

Yillar o`tar, yillar kelar yillar ortidan,
Turnalar ham uchib kelar tog`lar ortidan.
Vatanimning o`g`il-qizi, eng ulug`lari,
Sizni qutlay ushbu kunda yilning oldidan.

Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki,
Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki. 

Yer-u ko`kni titratuvchi vulqonlarimiz,
Tinchlik uchun hur vatanning qalqonlarimiz.
Biz yoshlarmiz – otalarning belida quvvat,
Onalarning ko`z qorasi ham jonlarimiz.

Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki,
Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki. 

“Tinchlik” degan shior bizga shior hamisha,
Shiorimiz tarqalmoqda qit’alar osha. 
Biz yoshlarmiz, ishchi dehqon hamda talaba,
Tinchlik albat yer yuzida qilar g`alaba.

Zamon-zamon bizning zamon, davron bizniki,
Qo`limizda yer-u osmon, imkon bizniki. 


Yorum Gönder

0 Yorumlar

Yorum Gönder (0)

#buttons=(Çerezleri kabul et) #days=(20)

Sitemizde çerezler kullanılmaktadır. Kabul
Çerezleri kabul et