Ana içeriğe atla

Said Ahmad - Tog‘ay Murodning qo‘shiqlari


Kechagina yosh yozuvchi, boshlovchi yozuvchi, deb yurgan qalamkashlarimiz endilikda nasrimizning yetakchi ijodkorlari bo‘lib qoldilar.

Tog‘ay Murod ana shu ijodkor avlodning talantli vakilidir.

Tog‘ay Murod adabiyotga tutab emas, yonib kirdi.

Tog‘ay Murod qissalari sof milliy o‘zbek qissalari. Tog‘ay Murod qissalarida tasvirlangan odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o‘zbekligi bilinib turadi. Ularning xulq-atvori ham boshqa xalqqa aslo o‘xshamaydi.

Shu vaqtgacha qiyofasi noaniq, bir-biridan farq qilmaydigan, shapka kiydirsang rus, qorako‘l papax kiydirsang ozarbayjon, telpak kiydirsang qozoq, yoqasiga kashta tikilgan ko‘ylak kiydirsang ukrain bo‘lib ketaveradigan taxminiy odamlar qissalarimizning asosiy qahramonlari bo‘lib keldi. Bu o‘z xalqining milliy urf-odatlarini, his-tuyg‘ularini bilmaslikdan bo‘ldi, so‘qirko‘ngillik, so‘qirko‘zlikdan bo‘ldi.

Biz Abdulla Qodiriyni salkam yetmish yildirki, boshimizga ko‘tarib kelamiz. Bunga sabab, Qodiriy milliy qahramonlar yaratdi. Otabek ham, Yusufbek hoji ham, Oftob oyim ham, Solih maxdum ham aslo takrorlanmas obrazlardir. Bu kishilar to‘g‘risida Qodiriy ta’kidlamasa ham o‘zbekligini bilamiz.

Turgenev, Gogol, Tolstoy rus xalqini butun bor bo‘yi bilan tasvirlagan buyuk ijodkorlardir. Nexlyudovga do‘ppi kiydirsang, Kareninaga paranji yopintirsang, o‘zbek bo‘lib qolmaydi. Tolstoy ularni qon-qoni bilan, o‘y-xayollari bilan, gap-so‘zlari bilan rus qilib yaratdi.

Bunday asarlar yaratish uchun adib rassomdek ranglarni bir-biridan farq qiladigan, bastakordek tovushlarni tiniq eshitadigan bo‘lishi kerak.

Tog‘ay Murod ana shunday rassom adibdir, ana shunday bastakor adibdir.

Mana, u «Ot kishnagan oqshom»da otni qanday tasvirlaydi:

«Birodarlar, o‘zi, Bo‘z ot qanday bo‘ladi? Surpday oppoq bo‘ladi. Bordi-yu ajdodida bo‘lsa, to‘qqizga to‘lganda Tarlon bo‘ladi. To‘qqiz yoshida Bo‘zning badanida xolday-xolday qora donalar paydo bo‘ladi. Shundan boshlab u Bo‘z emas, Tarlon ot bo‘ladi. Tarlon — xol xol ot! Tarlon otlar sarasi.

Birodarlar, To‘riq otning yuzdan biri yaxshi bo‘ladi, Tarlon otning yuzdan biri yomon bo‘ladi!

Birodarlar, ot tanimasang, Tarlon ol!..»

Talantli adib qalamidan to‘kilgan ushbu satrlarni o‘qirkanman, xayolimdan bir gap o‘tdi.

«Dom»da yashab umrini o‘tkazgan shaharliklarni o‘yladim. Inson bolasining uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilgan bu jonivorni faqat tsirkda, kinoda ko‘rgan shaharlik ukalarimizga adibning bu so‘zlari qanchalik ta’sir qilishini bilaman. Shahar bolalarining tabiatdan, jonivorlardan kanchalik uzoqlashib qolganliklariga achinib ketaman.

Tog‘ay Murod otni shu qadar mehr bilan ta’riflaydiki, adib qo‘shiq aytayotibdi, deb o‘ylaysiz. Adib ko‘ngli kitobxon ko‘ngliga ko‘chib o‘tadi. Ot minib adirlarda yelday uchgingiz, ot yollarini silagingiz keladi.

«Birodarlar, mashina deganlari temir! Joni yo‘q! Joni yo‘q temir odamga el bo‘lmaydi! Temirning yuragi yo‘q-da! Ot odamga el bo‘ladi! Boisi, otning joni bor, yuragi bor-da!»

Tog‘ay Murod tasvirlagan chavandozlar xiyonat ko‘chasiga kirmagan, odamlarga faqat yaxshilik ravo ko‘radigan asl o‘zbeklardir.

Tog‘ay Murodning Tarloni Tolstoyning Xolstomeri, Aytmatovning Gulsarisi qatoriga kelib qo‘shildi.

Bu gapimga ba’zi bir tanqidchilar jindek g‘ashlik qilar. Na iloj, oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q, deydilar…

Tog‘ay Murod o‘z ona tilini benihoya yaxshi biladi. Bilgandayam butun ranglari bilan, ohanglari bilan biladi. Shu bois, sof o‘zbekcha bitadi.

Tog‘ay Murod o‘zbek tilini kuylatdi. O‘zbek tilining jami jilvalarini oftobga solib ko‘rsatdi.

«Ayo Tarlon, sen mening akamsan. Uka desa degulik mendayin ukang bor, aka desa degulik sendayin akam bor, nima g‘amim bor?

Ayo Tarlon, sen mening birodarimsan. Mening birodarim sensan.

Ayo Tarlon, sen mening birodarimsan, qiyomatlik birodarim…»

Ushbu satrlarni o‘qib bo‘lgach, xayolga tolasiz. Hozirgina mungli bir qo‘shiq tinglagandek bo‘lasiz.

Bu qo‘shiq olis yo‘l bosib, O‘zbekistonimizning qaynoq, janub Surxonidan uchib keldi.

Men Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Bo‘ri polvon, Tilovberdi polvon, Abil polvonlarning kurashlarini zavq-shavq bilan tomosha qildim. Surxon polvonlarining halolliklari, mard, tantiliklarini ko‘rib g‘ururlanib ketdim. Ana, o‘zbek polvonlari, ana, deya g‘ururlandim.

Tog‘ay Murod tasvirlagan Surxon polvonlari chinakam o‘zbek polvonlaridir.

Sharqning buyuk dostonlari «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin»lar, «Tohir va Zuhro»lar necha yuz yillardan beri yashab keladi. Ularda bir-biriga yetisholmay, muhabbat yo‘lida jon bergan baxtsiz oshiq-ma’shuqlar tasvirlanadi.

Tog‘ay Murod ham doston yozdi. Otini «Oydinda yurgan odamlar» qo‘ydi.

Qissa nomini o‘qishingiz bilanoq sizni allaqanday sirli-sehrli oydin kecha bag‘riga oladi. Ichingizga ajib bir nur o‘rmalab kiradi. Dil-dilingizni yoritib yuboradi.

Qissada Qoplon bilan Oymomo farzand ilinjida tunni tongga, kunni oyga, oyni yilga ulab yashaydi. Qoplon xotinini Momosi, desa, Oymomo erini Bobosi, deb chaqiradi. Ular yo‘q bolaning bobosi, yo‘q bolaning momosi bo‘lib, yillarni yillarga ulaydi. Bir-biriga mo‘ltirab yashaydi. Ular uchramagan doktor, ular ko‘rinmagan tabib qolmaydi. Ammo na doktordan, na tabibdan naf ko‘radi.

Tog‘ay Murod chol-kampir hayotini g‘oyat nozik, g‘oyat shoirona tasvirlaydi. Chol-kampirning o‘zaro mehr-muhabbatini qo‘shiqdek kuylab beradi.

Tog‘ay Murod bir-birini Bobosi, Momosi, deya atab umr o‘tkazayotgan bir juft pokiza insonni oydindagi oy nuriga o‘rab tasvirlaydi. Oqibat, ushbu juftning o‘zi ham, so‘zi ham, turish-turmushi ham oyning kumush nurlariga yo‘g‘rilib ketadi.

Tog‘ay Murodning kuyib, yonib, o‘rtanib bitgan, ba’zan faryod urib bitgan «Oydinda yurgan odamlar» qissasini «Muhabbat qo‘shig‘i», deb atagim keldi.

«Momo-Er qo‘shig‘i» boshqa qissalardan farq qiladi. Tog‘ay Murod bu qissasida boshqacha yo‘ldan boradi. O‘z yo‘lidan adashib, oyog‘i yerdan uzilib, G‘arb adabiyoti soyasi bo‘lib qolgan ijodkorlarning tipik obrazini yaratadi. Shu ijodkor obrazi tufayli qissaga mayda-chuyda toshlar otildi. Asar yutuqlaridan ko‘z yumib o‘tildi. Axir, qaysi soya ijodkor o‘ziga oyna olib qaraydi deysiz? Masalan, qissada original bir obraz bor, badiiy baquvvat bir obraz bor. Men serjant Orziqulov obrazini nazarda tutyapman. Serjant Orziqulov o‘zbek adabiyotida mutlaqo yangi obraz.

Nazarimda, Tog‘ay Murod qissa bitmaydi, nazarimda, bor ovozi bilan qo‘shiq aytadi. Bu qo‘shiqda avj pardalar bor, nolishlar bor, savt bor.



Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Qaçaq Nəbi

Azərbaycanın xalq qəhrəmanı Qaçaq Nəbi 1854-cü ildə Gəncə quberniyasının Zəngəzur qəzasının Aşağı Mollu kəndində (indiki Qubadlı rayonunda) anadan olub. Onun qaçaqçılıq etməsinin maraqlı tarixçəsi var.

Divan Edebiyatı (Türk Klasik Edebiyatı)

  “ Türk  Klasik   Edebiyatı ” olarak da tanımlanan Divan edebiyatı, Türklerin İslam kültüründen etkilenmeleri sonucu oluşturdukları bir edebiyattır. Bu edebiyat, bazı kaynaklarda “ Havas Edebiyatı “, “ Yüksek Zümre Edebiyatı “, “ Saray Edebiyatı ”  “Eski Türk Edebiyatı ” gibi adlarla da anılmaktadır. Ancak belli ilkeler çevresinde gelişen bu edebiyat, şairlerin şiirlerini “ Divan ” denilen yazma kitaplarda toplamalarından dolayı daha çok “ Divan edebiyatı ” adıyla ifade edilmektedir.

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Abdulla Oripov - Birinchi muhabbatim

Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Munis Faik Ozansoy - Dilek

Yurdumda bir evlik toprak isterim Yayla olsun, yamaç olsun, düz olsun Orada bir ömür kalmak isterim Yaz, kış olsun, bahar olsun, güz olsun. Bir dam altı gece barındıracak Daldan, sazdan yapma bir çardak olsun İçinde kütükler yanan bir ocak, Yünden veya ottan bir yatak olsun. Çardağı sarmalı bir çiçek dalı, Salkım olsun, gül olsun, leylâk olsun. Yakınlarda bir de su bulunmalı Deniz olsun, göl olsun, ırmak olsun. Ekmeğim topraktan, suyum ırmaktan Katığım kâh zeytin, kâh peynir olsun Mutluluk duyayım nefes almaktan Dost güvenilir, düşman bilinir olsun. Tanrım, başka bir şey ister değilim İçimde ne bir hırs, ne bir kin olsun Yolumu beklesin, akşam sevgilim Bence güzel, ellerce çirkin olsun.

Erkin Vohidov - O'zbegim

  Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

Ozan Arif - Açılım

  Dinle beni ey millet... Dinle beni ahali... Bu "açılım" ne iştir, nedir bunun meali? Ne olacak bunlarla memleketin bu hali?      Habur'da gördünüz bak, çizgiden kaydı bunlar,      İhanetin adını açılım koydu bunlar... Herkes merak ederken "açılım" neyin nesi, Önce adı "Kürt" dendi, sonra da "demokrasi" Ve hatta "milli birlik", "kardeşlik" projesi!..       Kavramların içini boşaltıp soydu bunlar,       İhanetin adını açılım koydu bunlar... Millet yetki verecek, sırtına giyeceksin, Milleti ayrıştırıp her haltı yiyeceksin, Sonra bunun adına kardeşlik diyeceksin!       Hep işleri takiyye!.. Önce de buydu bunlar,       İhanetin adını açılım koydu bunlar... Hele bak bak, lafa bak; "kardeşlik projesi!.." Yahu bu, "eş başkan"ın bir eşlik projesi! Bu var ya bu, bu tam bir kalleşlik projesi...       Böyle süslü laflarla milleti baydı bunlar,       İhanetin adını açılım ko...

Fuzuli - Gazel (Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar)

  Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar Kılıçlardır ki kanlar dökmek ile jeng tutmuşlar

Yetik Ozan - Atmaca Uçurumu

Sarı Uygurların ardından Orda, Kansu'daki o yalçın yarda Bir aylak atmaca döner bunalır, Yorulup diplere doğru ağar da İnsan kokusuna konar bunalır. Bir sarı karanlık bastı basacak, Humma gibi sinsi, soluksuz, sıcak Yılan deliğine gizlenen bıçak Son diri ışıkta yanar bunalır. Bir dilsiz gece tek tanığı günün, Bakır yüreklerde paslanan kinin, Kanlı gerçeğini örtünce Çin'in Afyonlu düşüne iner, bunalır. O düşte bir yıldız azar, açılır, Beş ucundan kızıl hışım saçılır, Yeryüzü bir haşhaş kadar küçülür, Çizildikçe pınar pınar bunalır. İnsanlığa yumak çapaklı gözler Kara fenerlerle şeytanı izler, Ölüm bayramınca maskeli yüzler Çirkin gülüşlerde donar, bunalır. Kötürüm dağlara çarpan kör yollar, Sessizlik içinde boğulan göller, Uçurum başında titreyen güller O sonsuz düşüşü anar, bunalır. Gerçek bu, sanmayın bir Çin masalı, Beyaz güvercinler ürkek, tasalı, Atmaca ağzında bir defne dalı Kırılmış yerinden kanar, bunalır.