Ana içeriğe atla

O'tkir Hoshimov - Tasalli (Hikoya)

Qabriston jimjit. Faqat yolakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ularning mungli shivirlashi tilovat sadolariga qo‘shilib, yurakni ezuvchi ohangga aylanadi... Oq surp yaktak kiygan, moshguruch soqoli o'ziga yarashgan go'rkov yuziga fotiha tortib o‘rnidan turadi:

Bo‘ldi endi, bolam! Bunaqada o'zingizni oldirib qo‘yasiz- Dunyoning ishlari shu ekan, iloj qancha? — U bir zum indamay qoladi-da, qo‘shib qo‘yadi: — Volidai mehriboningiz xo‘p yarlaqagan odam ekanlar. To’shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar... Bunaqa beozor o‘lim har kimga ham nasib etavermaydi.

Nami qurib ulgurmagan tuproq uyumiga tikilgancha o‘ylayman.

Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech nimani talashmasdi. Ehtimol, tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o‘tirishni xohlamagandir. Ehtimol...

Ko rdingizmi, — deydi qariya o‘ychan ohangda,— o‘sha kuni kechasi bilan jala quyib chiqdi. To qabrga qo‘ygunimizcha tinmadi. Qo‘yishimiz bilan charaqlab oftob chiqdi. Bunaqa ruhi pok odamlar kam bo‘ladi, bolam, men bilaman-ku.

Ehtimol shunday hamdir. Balki, odamlaming dardiga sherik bo‘laverib ko‘nikib ketgan bu nuroniy qariya kerakli paytda har kimga ana shunday tasalli so'zini aytar. Rahmat senga, otaxon. Ertami-kechmi har kimning ishi tushadigan mana shu qo‘llaring uchun rahmat. O‘rtanib turgan yurakka suv sepa biladigan mana shu hamdard qalbing uchun rahmat. Faqat... Hamma gap yomg'irda bo'lsa, yana aqalli uch kungina onamning umri cho‘zilsa-yu, keyin yomg‘ir emas, muttasil tosh yog‘sa ham rozi edim...

Bir hafta bo‘ldiki, do'stlarim, tanish-notanishlar eshikdan ma’yus kirib kelishadi. Do'stlarim jimgina o'tirib, jimgina chiqib ketishadi. Boshqalar ohista so‘raydilar:

Necha yoshda edilar?

Men aytaman... Aytamanu o‘ylayman: Onaning yosh-qarisi bo'ladimi? Mehrning yosh-qarisi bo‘ladi- mi? Shafqatning-chi? Sadoqatning-chi?

Ilgarilari bir haqiqatni bilardirn. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo'lmas ekan. Ona — ona ekan, Unga boshqa sifat kerakmas.

-----------


Turkiya Turkchasi


Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Omon Matjon - Umr o'tar

Umr o'tar, vaqt o'tar, Xonlar o'tar, taxt o'tar, Omad o'tar, baxt o'tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sening yurishlaring, sening kulishlaring. Bahorda bog' na go'zal, Qor tushsa tog' na go'zal, Bu yoshlik chog' na go'zal, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan So'zsiz qarashlaring, holim so'rashlaring. Oy chiqar goh zaholi, Do'stlar ko'pdir vafoli, Hayot shundan safoli, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring. Umr - yo'l, qayrilish ko'p, Uchrashish, ayrilish ko'p, Unutish, aytilish ko'p, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring... 1979