Ana içeriğe atla

Murat Çobanoğlu - Cumhuriyet Destanı

Vatanımın şenlik şölen dört yanı Dillerine cumhuriyet yazıldı Elli yaşın kutlu olsun nişanın Yıllarına cumhuriyet yazıldı Başkomutan verdi büyük bir komut Ecdadımdan gelen ulu yolu tut Doğdu güneş gibi bize bir umut Kollarına cumhuriyet yazıldı Kadın erkek bu vatanı koruduk Nice nice zaferlere yürüdük Yüksek dağlar gibi duman bürdük Yellerine cumhuriyet yazıldı Kabul oldu dilek dilek muratlar İstiklali nakışladı beratlar Zafer müjdeleyen küheylen atlar Nallarına cumhuriyet yazıldı Kınalı gelinler yetişkin kızlar Dedemin dilinde tarihi sözler Göründü hürriyet açıldı izler Yollarına cumhuriyet yazıldı Koç yiğitler yurdu tekmil buralar Vatan vatan diye yanar çıralar Coş verir ırmaklar kükrer dereler Sellerine cumhuriyet yazıldı On Dokuz Mayısla Yirmi Üç Nisan İlk ışığı aldı bunlardan vatan Ata'nın gençliğe verdiği ferman Ellerine cumhuriyet yazıldı Çobanoğlu elli yıla destanım Nice elli yılı görsün vatanım Ben sazımla vatanıma kurbanım Tellerine cumhuriyet yazıldı

Mohira Eshpo‘Latova - Qizil tufli

Madina shkaf ustidagi gipsdan yasalgan, chiroyli farishtaga o‘xshatib ishlangan haykalchaga uzoq tikilib yotdi. Umuman, uni har kuni ko‘radi. Ertalab uyqudan uyg‘onsa, birinchi unga ko‘zi tushadi. Onasining aytishicha, uni ichi to‘la eski tangalar emish, og‘irligidan u tengi bolalar ko‘tarolmasmish. O‘sha kundan beri bu alomat haykalchaga yanada qiziqishi ortdi. Ammo unga bo‘yi yetmaydi. Onasi esa birovning narsasiga so‘roqsiz teginish odobdan emas deb o‘rgatgan. Bu haykalcha uniki emas. Demak, tomosha qilish bor, qo‘l tekkizish yo‘q. Qaniydi taqiqlar shu ishni qilish jur’atini yenggani kabi qiziqishni ham yengolsa. “Birovniki baribir birovnikida”,-deb o‘yladi u. Qizcha har kuni ertalab bu haykalchaga tikilib yotadi. Bu qachondan beri davom etyapti bilmaydi. Onasi bilan bobosinikiga mehmonga kelganiga ancha bo‘ldi. Ko‘p qorlar yog‘di, o‘rtoqlari bilan ariqda cho‘milgan ko‘p yozlar o‘tdi. Shu yil kuzda esa buvasi aytganday “katta qiz” bo‘lib maktabga chiqadigan. Maktab haqida o‘ylasa, uni yuragi hapriqib ketadi. Qanday ajoyib-a sumka ko‘tarib yangi kiyimlaringni kiyib maktabga borish... Maktabga boradigan kunini o‘nta uxlab tursam boraman, beshta uxlab tursam boraman deb kutdi. Nihoyat, uning bitta uxlab tursa maktabga chiqadigan kuni anchadan beri ko‘rmagan dadasi keldi. Qizcha dadasining bo‘ynidan quchoqlab oldi. Ikkisi ham sog‘inganini qattiq quchib izhor qilishdi. Dadasi uni maktabga chiqishini bilib boshdan-oyoq kiyimlar olib kelibdi. Madinaga forma katta kelgan bo‘lsa, narsalar ichida qizchaga eng yoqqani, eng ajoyib ko‘ringani qizil tuflicha esa biroz kichkina kelib uning oyog‘ini siqdi. Tuflichani bazo‘r kiyib oldi-da, olam-olam zavq bilan dadasini o‘pib minnatdorchilik bildirdi. Tuflichaning taq-taq qilgan ovoziga qiziqib sement qilingan supada u yoqdan bu yoqqa kiyib yuraverdi- yuraverdi. Unga tuflichaning qip-qizil rangi, biroz turtib chiqqan, taq-taq ovoz chiqaradigan poshnasi yoqdi. Xuddi katta qizlarnikidek. Mana endi u o‘zicha haqiqiy “katta qiz” bo‘lgandi. Yaxshi ko‘rib qolganidan hatto kechqurun kiyib uxlab qoldi. Onasi sekingina oyog‘idan yechib olayotganda u tuflichasini maktabga kiyib ketayotgani va o‘rtoqlarining havas bilan qarayotganini tush ko‘rayotgandi.

 Ertasiga Madinaning tushi o‘ngidan keldi. Birinchi darsga yal-yal yongan qizil tuflichasini taqillatib, qaramaganni ham qaratib kiyib bordi. U xursandchilik-u hayajonlari ichida oyog‘ini tuflisi siqib tashlayotganini ham unutdi. Ammo maktabdan qaytishda bazo‘r yurib keldi. Onasi uni yurishidan nima bo‘lganini darrov sezdi. Ertasiga esa onasi o‘zi olib bergan, hali biror marta kiyilmagan, rangi formasiga mos tuflichani kiydirmoqchi bo‘ldi. Madina ko‘nmadi. Qaysarlik qilib hatto maktabga borishdan ham bosh tortdi. Undan xuddi eng aziz narsasini tortib olishayotgandek tuflichasini himoya qildi. Tuflichasi endi siqmayotganini aytib onasini ishontirdi ham. Ammo o‘zini o‘zi aldayolmasdi. Maktabga yetib borgach, tuflichasini parta tagida hech kim ko‘rmaydi deb o‘ylab yechib o‘tirdi. Shunda oyoqchasini orqasida kichkina pufakchalar paydo bo‘lganini ko‘rdi. Bu beozor ko‘ringan pufakchalar tuflichasini kiyganida yorilib ketib, shunday qattiq achishib og‘riq berdiki, yurolmay qoldi. Daftaridan qog‘oz yirtib yarasi va tuflichasining orasiga qo‘ydi xuddiki, bu toza oq qog‘oz uni dardidan forig‘ qiladigandek. Ammo bu “davo chora” ham yordam bermadi. Uyga kechagidan battar ahvolda qaytdi. Onasining bundan qattiq jahli chiqdi. Tuflini-ku amallab yechib oldi ammo qog‘oz qonayotgan yaraga yopishib, qotib qolgan ekan uni ajratishni o‘zi bo‘lmadi. Madina qanchalik og‘rimasin, sezdirmaslikka harakat qildi. Aks holda onasi unga tuflichasini kiyishni man qilib qo‘yishi mumkin edi-da.

 Ammo bu ishi foyda bermadi. Onasi unga tuflichasi kichkina ekanligini, bozordan o‘zi boshqa xuddi shunaqasining kattarog‘ini olib berishini yaxshi gap bilan, erkalab tushuntirishga harakat qildi. Madina onasining xuddi shunday erkalagan va yalingandek muloyim gapirishidan qo‘rqadi. Har safar onasi shunday gapirgandan so‘ng o‘zi yaxshi ko‘radigan narsalardan ayriladi. Oxirgi marta tog‘asining yig‘loqi qizi qo‘g‘irchog‘ini so‘rab injiqlik qilganida ham shunday avrab olib qo‘yishgandi. Shundan keyin u qo‘g‘irchoqni qayta ko‘rmadi. Tog‘asining qizi turli xil o‘yinchoqlari bo‘lsa ham uning bitta-yu bitta dadasining uyidan olib kelgan qo‘g‘irchog‘iga osilgani jahlini chiqargandi. Hozir shuni eslarkan Madina tuflichasini boshqa ko‘rmaydigandek onasiga bermasdan quchoqlab oldi. “Dadam menga sovg‘a qilganlar, hech kimga bermayman”,-deb yig‘ladi. Bu ko‘zyosh oyog‘ining og‘rig‘iniki deb o‘ylagan ona qizining qo‘lidan oyoq kiyimni tortib olmoqchi bo‘ldi. Baxtga qarshi Madina dadasini qanday qattiq quchgan bo‘lsa, tuflichasini ham mahkam quchoqlab oldi. Ha deb bitta gapni qaytarib, qaysarlik qildi Madina “Dadam menga sovg‘a qilganlar, hech kimga bermayma-a-a-a-n”! Oxiri toqati toq bo‘lgan, asablari tamom bo‘lgan onasi oyoq kiyimni joni boricha tortib oldi-da chirqirab qolgan qiziga tarsaki tushirdi. Madina kuchli zarbdan ko‘rpachaga o‘chib tushdi. Yuzini yostiqqa bosib, nafasi qaytib yig‘layverdi... So‘ng hiqillab-hiqillab uxlab qoldi. Bir payt nimadandir bezovta bo‘lib uyg‘onib ketdi. Qarasa, onasi uning tepasida yig‘lab o‘tiribdi. Umuman Madina onasining yig‘lashlariga ko‘nikib ham qolgan. Avval dadasi bilan yashashganda ham yig‘lardi. Uning bolalik nazarida onasi dadasining baqirganidan qo‘rqib yo urganida og‘rigani uchun yig‘lardi. Endi dadasi yo‘q, ammo haliyam onasi kechqurunlari yig‘laydi. Undan “Nega yig‘layapsiz onajon”-deb so‘raganida “Agar shunday qilsa, odamning yomon tushlari yuvilib chiqib ketadi. Yomon tushlardan qo‘rqib yig‘layman”-degandi. Madina esa “Yomon tushlarizni men ko‘ray, siz ko‘p yig‘lamang, xo‘p”-degandi onasining yuragini battar o‘rtab. Hozir ham turib onasini yuzlarini artib qo‘ygisi keldi-yu, ammo arazdaligi esiga tushib, teskari qarab oldi. Madina ertasiga yurolmasdan maktabga bormadi. Indiniga esa maktabiga borishga hojat qolmadi. Chunki uni dadasi bo‘yniga mindirib, o‘z uylariga olib ketdi. Endi u boshqa maktabga boradigan bo‘lgandi. Madina yaxshi ko‘rgan narsasini saqlab qolish uchun uni og‘rig‘iga ham chidagani kabi onasi ham yaxshi ko‘rgani, Madinasi uchun turmushiga ko‘nikishga qaror qilgan edi.

Yorumlar


KONULAR
Etiketler yükleniyor...

Bu blogdaki popüler yayınlar

O'tkir Hoshimov - Gilom paypoq (Hikoya)

Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman. Kavkaz tomonda koʻp boʻladi. Juba deyishadi, jurabi deyishadi. Oyim xuddi noyob narsaga ega boʻlgandek, uzundan-uzoq duo qiladi. Shundoq mehribon oʻgʻli borligini aytib qoʻshnilarga maqtanadi. Uning oyogʻi kasal. Salqin tushishi bilan shishib ketadi, ogʻriydi.

Faruk Nafiz Çamlıbel - Sen Nerdesin?

Caddeden sokaklara doğru sesler elendi, Pencereler kapandı, kapılar sürmelendi. Bir kömür dumanıyla tütsülendi akşamlar, Gurbete düşmüşlerin başına çöktü damlar... Son yolcunun gömüldü yolda son adımları, Bekçi sert bir vuruşla kırdı kaldırımları. Mezarda ölü gibi yalnız kaldım odamda: Yanan alnım duvarda, sönen gözlerim camda, Yuvamı çiçekledim, sen bir meleksin diye, Yollarını bekledim görüneceksin diye. Senin için kandiller tutuştu kendisinden, Resmine sürme çektim kandillerin isinden. Saksıda incelendi yapraklar senin için, Söylendi gelmez diye uzaklar senin için... Saatler saatleri vurdu çelik sesiyle, Saatler son gecemin geçti cenazesiyle, Nihayet ben ağlarken toprağın yüzü güldü, Sokaklardan caddeye doğru sesler döküldü...

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Süleyman Sani Axundov - Nurəddin

Qafqazda Hacı Nəsir adlı bir tacir sakin idi. Bu tacirin Həlimə adlı arvadı camalda gözəl olduğu kimi, xasiyyətdə də gözəldi. Bu arvadın dünyada övladsızlıqdan başqa bir qəm, qüssəsi yox idi. Axırda bunların bir oğlu oldu. Hacı Nəsir o gün oğlunun təvəllüdünü şadlıq edib, şəhərin fəqir-füqərasına pul və xörək payladı. Oğlunun adını Nurəddin qoydular. Bir dəfə Hacı Nəsir oğlu üçün kibrit qutusu irilikdə bir “Gülüstan” kitabı gətirmişdi. Həlimə bu qəribə şeyi haradan aldığını soruşduqda Hacı Nəsir cavab verdi: –Bir gün bazardan qayıdarkən, bir nəfəri körpü üstündə ağlayan gördüm. Mən dayanıb bunun səbəbini soruşdum. Kişi dedi: – Mən bir kasıb adamam. Əslim iranlıdır. Əldə xırdavat satmaqla üç yüz manat pul düzəldib buraya gəldim ki, mal alıb aparam. Bir saat bundan qabaq pulumun hamısını cibimdən çıxartmışlar. Bu kişinin halına ürəyim yandı. Cibimdən üç yüz manat çıxarıb dedim: – Al, kişi, bu sənin üç yüz manatın, get mal al, kəsbindən qalma. Qazanıb, sonra pulumu qaytararsan. İndi isə b...

Fuzuli - Kıt'a (Kıyl u kâl)

İlm kesbiyle pâye-i rif'at Ârzû-yı muhâl imiş ancak 'Aşk imiş her ne var âlemde 'İlm bir kıyl u kâl imiş ancak

Abdulhak Hamid Tarhan - Makber

  Eyvah!. Ne yer, ne yar kaldı, Gönlüm dolu âh-u zâr kaldı. Şimdi buradaydı gitti elden, Gitti ebede gelip ezelden.

Mehmet Emin Yurdakul - Vur!

  Ey Türk vur, vatanın bakirlerine Günahkar gömleği biçenleri vur Kemikten taslarla şarap yerine Şehitler kanını içenleri vur

Oğuz Atay - Özge'ye Mektup

  Sevgili Özgeciğim, Mektubunu bu sabah aldım. Bana böyle uzun ve güzel bir mektup yazdığın için teşekkür ederim; Ahmet Mithat Efendi-Hüseyin Rahmi hikâyesini de çok beğendim.

Hoca Ahmed Yesevi - Sekizinci Hikmet (Yere Girdim)

Pazartesi sabah erken yere girdim. Mustafa’ya matem tutup ben yere girdim. Altmış üç yaş sünnettir, işitip bildim. Mustafa’ya matem tutup, ben yere girdim. Yeryüzünde dostlarım matem tuttu. Tüm âlem “Sultanım!” deyip nara attı. Hakk’ı bulan gerçek sûfi kanlar yuttu. Mustafa’ya matem tutup, ben yere girdim. Elvedayla yer altına bastım ayak, Gün yüzünü nefsime harâm kılarak, Zikredip yalnız yanıp, yalnız olarak, Mustafa’ya matem tutup, ben yere girdim. “Taha” okudum gece gündüz kâim oldum, Gece namaz, gündüzleri sâim oldum. Bu hâl üzre yer altında dâim oldum, Mustafa’ya matem tutup, ben yere girdim. Altmış gece, altmış gündüz, bir kez taam, Sabaha dek namaz kılıp, bir kez selâm, Altmış üçte oldu ömrüm elhak tamam, Mustafa’ya matem tutup, ben yere girdim. Hak Mustafa ruhu gelip imam oldu. Tüm melekler yer altında köle oldu. Çok ağladım, Resulullah nimet verdi. Mustafa’ya matem tutup, ben yere girdim. Leyl-i Mirâç; “Gözüm nuru evlat!” dedi. Elim tutup; “Ümmetimsin Ümmet!” dedi. “Sünnetimi ...

Cho'lpon - Go'zal Turkiston

Go‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi? Sahar vaqtida gullaring so‘ldi. Chamanlar barbod, qushlar ham faryod, Hammasi mahzun. Bo‘lmasmi dil shod? Bilmam ne uchun qushlar uchmas bog‘chalaringda?