Ana içeriğe atla

Turg'un Fayziyev - Zebunniso begim


Zahiriddin Muhammad Bobur podshohning pannevarasi Abu Zafar Muhiyiddin Muhammad Avrangzeb (taxtbezagi) Olamgirning qizi. Uning onasi Dilrasbonu Shohnavozxonning qizi bo’lib, Boburning Gulbadan begim ismli qiziga borib tutashadi. Zebunniso begim (1048 hijriy yil shavvol oyi) 1639 yil milodiy, fevral oyida Dehlida tug’ilgan. Uning otasi Avrangzeb (1618—1707) yoshligidanoq dindorligi bilan nom chiqargan edi. U riyokorlik bilan «umrimni ibodatda o’tkazmoq uchun Makkaga borib, bu dunyo ishlaridan qo’l yuvaman», deb yurar va oddiy xalqqa o’zini avliyo qilib ko’rsatardi. U otasi Shoh Jahon (shahzoda Xurram) qo’l ostidagi Dekan viloyatining hokimi edi. Ammo Shoh Jahonga qarshi bir necha marta isyonlar ko’taradi. Nihoyat, 1657 yilda, otasi Shoh Jahonning kasalligidan foydalanib, katta akasi Doro Shukuhni hokimiyatdan azl qilmoq uchun kichik akasi Shoh Shujo’ va ukasi Murod Baxshlar bilan ittifoq tuzadi. 1658 yilda akasi Doro Shukuhni  asirga olgach, otasi Shoh Jahonni ham taxtdan tushirib, qasrda mahbuslikda saqlaydi. Ko’p o’tmay ukasi Murod Baxshni ham ushlab zindonga tashlaydi va o’sha yerda bo’g’ib o’ldirtiradi. Kichik akasi Shoh Shujo’ darbadarlikda Birma tuprog’iga o’tib, o’sha yerda butun oila a’zolari bilan birga qaroqchilar qo’lida o’lib ketadi. Katta akasi Doro Shukuhni dinsizlikda ayblab, zindondan olib chiqadi va shahar maydonida boshini kestiradi. O’sha kuniyoq Doro Shukuhning kesilgan boshini laganga solib mahbuslikda yotgan kasal otasi Shoh Jaxon oldiga kiritadi. Shoh Jahon esa mahbuslikda sakkiz yil yig’lab-yig’lab ko’zi ko’r bo’lib, olamdan o’tadi.

Avrangzeb Qur’onni yod bilar, talaygina she’rlarni yoddan o’qir, o’zi ham she’r yozardi. Ammo qattiqqo’l, birovning haqidan xazar qilmaydigan, qon to’kishni oddiy bir zarurat deb biluvchi toshbag’ir bir kishi edi. U qirq to’qqiz yil hukmronlik qilib, 1707 yilda 89 yoshida Ahmadobod shahrida vafot etadi. Avrangzeb ko’p yillik hukmronlik davrida ota-bobolariga o’xshab me’morlik, adabiyot va san’atning rivoji uchun qayg’urmadi.

«Tazkirat ul-havotun»da aytilishicha, Avrangzebning besh o’g’li va besh qizi bo’lgan. O’g’illari: Muhammad Sulton, Muazzam Shoh (keyinchalik Bahodir Shoh), A’zam Shoh, Muhammad, Amin Kom Baxsh; qizlari — Badriniso begim, Zebunniso begim, Ziynatniso begim, Zubdatniso begim va Mehriniso begimlardir.

Zebunniso begim o’z zamonasining fozila ayollaridan Hafiza Maryam Bonu qo’lida savod chiqargan. Otasi Zebunnisoning shoirlik iste’dodini payqab, unga o’z davrining yetuk olimlaridan Mullo Muhammad Ashraf Isfahoniy va Mullo Jovonni muallim qilib tayinlaydi. Zebunniso begim zabardast shoira, yetuk olima, usta tanbur chertuvchi sozanda va mohir xattot bo’lib yetishadi. Arab-fors tillarining sarfu nahv (morfologiya va sintaksis)ini, fiqh (qonunshunoslik), mantiq,falsafa, tarix fanlarini puxta o’zlashtiradi. u nasta’liq, naqsh va shikasta xatlarini zo’r mahorat ila bitgan. Qur’onni bir necha marotaba husnixatda ko’chirgan va yoddan qiroat bilan o’qigan. Zebunniso begim arab va fors tillari sarfu nahvini egallab, shu tillarda ham ijod qildi.

Zebunniso begim olimlarga, shoirlarga va san’at ahllariga homiylik ko’rsatib, ularga maosh to’lab turgan. «Olami Islom» tazkirasidagi «Zebunniso begim otasi hukmdorlik bilan qozonolmagan shuhratni ilm va odob bilan qozongan» jumlalari fikrimizni tasdiqlaydi.

Zebunniso begim bir qator shogirdpeshalarni ilm-ma’rifat, odob va g’azaliyot bobida tarbiyalab, kamolotga yetkazgan, Sharqning mashhur shoiri Mirzo Abduqodir Bedil o’z qizini Zebunniso begim tarbiyasiga topshirgan. Natijada u shoiralik darajasigacha yetishgan. «Muntaxab at-tavorix» va boshqa asarlardagi bayt Mirzo Bedil qiziga nisbat berilgan:

Yoram maro bahonayi tanho nishondu raft,
Guftam, ki man g’uboram, doman fishondu raft.

Mazmuni: Yorim meni yolg’iz tashladi-yu, ketdi, hatto yo’lingda g’uboringman desam ham etagini qoqdi-yu ketdi.

1922 yilda chop etilgan «Kobul» jurnalining 10-sonida Zebunniso begim haqida shunday ma’lumot uchraydi: «Zebunniso begimning chiroyli bir devoni bo’lgan.

Yana tasavvuf falsafasiga oid «Munis ul-arvoh» asari ham bor. Tafsir sohasida 769 varaqli «Zeb at-tafsir» («Go’zal tafsirlar)ni yozdi. Bundan tashqari ilohiyotga doir «Zeb an-nashaot» nomli asar yozib, uni ustozi xotirasiga bag’ishladi. Hindiston musulmonlari orasida dasturulamal bo’lib qolgan «Fatavoyi olamgiriy» («Shariat qonunlari majmuasi») asarini fors tiliga tarjima ham qildirdi». Ko’rinib turibdiki, Zebunniso begim o’z zamonasining oqila va zukko qizi, o’sha muhitning barkamol ziyolisi edi.

U otasi shoh Avrangzeb Olamgirning yaqin maslahatchisi edi. Lekin Zebunniso begim maslahatlarining hammasi ham shohga ma’qul bo’lavermagan. Ayniqsa, adolat va ma’rifat bo’yicha bergan maslahatlari, erkin fikrlari shohga yoqmagan.

Zukko olima, hassos shoira bo’lmish go’zallar go’zali Zebunniso begimga umr yo’ldoshi bo’lishni istagan kishilarning son-sanog’i bo’lmagan. Biroq, Zebunniso begim ularning hech birini o’ziga munosib topmagan. Zero, Zebunniso begimga ilhaq bo’lganlarning aksari shahzodalar, amirzodalar, bekzodalar va yirik mulkdorlar edi. O’z zamonasining shoirlaridan ham Zebunniso begimga yostiqdosh bo’lishga orzumandlar ko’p bo’lgan.
Ko’pgina tarixiy asarlarning guvohlik berishicha, Zebunniso begim yoshligida Oqilxon Roziy ismli shoirtabiat bir yigitga ko’ngil qo’yadi. Oqilxon Roziy ham Zebunniso begimga ishqiy misralar yo’llab turgan. Shoh Avrangzeb oshiq-ma’shuqning maxfiy uchrashuvlaridan xabar topgach, ularni ta’qib ostiga oladi.

Rivoyatlardan birida aytilishicha, kunlardan bir kun Zebunniso begim bilan Oqilxon Roziy bog’da uchrashib turganlarida boqqa shoh Avrangzeb kirib keladi.  Darhol oshiq-ma’shuqlar o’zlarini panaga oladilar. Oqilxon shohning g’azabidan cho’chib, berkinish uchun biror panaroq joy izlaydi. Ittifoqo, bog’ning bir chetidagi katta ziyofatlar uchun qazilgan yerda o’choqqa o’rnatilgan katta dosh qozon mis qopqog’i bilan turardi. Oqilxon ana shu qozon ichiga tushib olib, ustidan qopqog’ini yopib oladi. Albatta, uning bu shoshilinch harakati shoh Avrangzebning nazaridan chetda qolmaydi. Shoh Avrangzeb qizi Zebunniso begimga bog’dan chiqib ketish haqida amr qilgach, to’g’ri yurib kelib, dosh qozon qopqog’i ustiga chiqadi va bakovulni chaqirib, o’choqqa olov yoqishni buyuradi. O’choqqa olov yoqilgach, qozon qiziydi. Qopqoq ostidan jizg’anak hid bilan tutun chiqadi-yu, ammo hech qanday nido eshitilmaydi. Avrangzeb qopqoqdan tushib, bakovulga qozon qopqog’ini ochishni buyuradi. Qopqoq ochilganda qozon ichida yarim qoraygan Oqilxonning jasadi ko’rinadi…Bengal klassik adabiyotining bilimdoni va hozirgi zamon bengal adabiy tilini yaratuvchilaridan biri Bonkimchondor Chottopaddxayning (1838—1894) «Radj Singx» nomli tarixiy romanida Zebunniso begimning sevgan mahbubi Oqilxon Roziy — Muborak Ali nomi bilan talqin qilinadi. Muallifning hikoya qilishicha,Muborak Alining Zebunniso begimni yaxshi ko’rishi va usiz yashay olmasligini o’z og’zidan eshitgan shoh Avrangzeb Muborak Alini ushlatib, maxsus jazoga mustahiq qiladi. Muborak Ali oldiga ko’z oynakli ilon (kobra) solingan ikkita temir qafasni keltirib qo’yadilar. Muborak Ali bu jazoning tartiblarini avvaldan bilardi. Chunonchi, bu dahshatli jazodan qutulishning chorasi yo’qligiga ishonchi komil bo’lgani tufayli, o’limni bo’yniga olib, darhol etikni yechib, oyog’ini qafasga yaqinlashtiradi. G’azablangan ilon yashin tezligida oyoqni tishlaydi. Muborak Ali dahshatli og’riqdan ingrab, jallodga boqadi. Jallod ilon zahrining zo’rligidan yuzlari ko’kara boshlagan Muborak Aliga qarab, ikkinchi qafasga ishora qiladi. Qondaga muvofiq, birinchi qafasdagi ilon chaqqan oyoqni ikkinchi qafasdagi ilonga xam chaqdirish lozim edi. Bundan maqsad, birinchi qafasdagi ilon yaxshi chaqa olmagan bo’lsa yoki yetarli darajada zahari bo’lmagan bo’lsa, ikkinchi qafasdagi ilon me’yoriga yetkazardi. Binobarin, Muborak Ali yaralangan oyog’ini ikkinchi qafasga tegizadi. Shu lahzada ilon chaqib, hushdan ketadi va olamdan o’tadi.«Tazkirati shoiroti urdu»da naql qilinishicha, Oqilxon Roziyni qatl qilayottanlarida, u quyidagi g’azalni o’qigan ekan:

Ba’daz murdan zi jafoyi tu agar yod kunam,
Az kafan dast berun oram va faryod kunam.

Mazmuni: Agar sening jafolaringni eslasam, o’lganimdan keyin ham kafandan qo’limni chiqarib, faryod chekaman.

Yuqoridagi rivoyatlardai ko’rinib turibdiki, Zebunniso begimning har holda sevgan kishisi bo’lgan. Ammo shoh Avrangzeb bu yigitni o’ziga kuyov qilishdan or qilib, uning bo’yniga tuhmat toshini osib, qatl qildirgan.
Oqilxonning o’limidan so’ng, Zebunniso begim qalbida yangi yor uchun o’rin qolmaydi. U poyoniga yetmagan ishqni dostonini kuylab o’tadi. Zebunniso begim kamtarlik ila o’zi haqida quyidagi misrani yozgan:

Har matoero xaridor ast dar bozori husn,
Pir shu-d Zebunniso o’ro xaridore nashud.

Mazmuni: Husn bozorida har matoga bor xaridor, ammo Zebunniso qaridi-yu unga xaridor topilmadi.

«Olami Islom»da yozilishicha, eron shahzodalaridan biri Zebunniso begimning husn-latofatda tanholigini eshitib, uni g’oyibona sevib qoladi. Uning firoqida kuyib, oshiqona g’azallar yozib, ulardan bir misrani Zebunniso begimga yuboradi.

Turo, ey gulbadan, beparda didan orzudoram,
Latofathoyi husnatro rasidan orzudoram.

Mazmuni: Ey gulbadan, seni pardasiz ko’rish, husnu latofatlaringga yetishish orzusidaman.
Bunga Zebunniso begim quyidagi javobni yozadi:

Bulbul az gul biguzarad gar dar chaman binad maro,
Vutparasti kay kunad gar baraxman binad maro?

Dar suxan pinhon shudam monandi bo’ dar bargi gul,
Mayli didan harki dorad, dar suxan binad maro.

Mazmuni: Agar bulbul meni chamanda ko’rsa, gul bahridan kechardi, agar barahman meni ko’rib qolsa, butga sajda qilmasdi. Gul o’z hidini yaproqlariga yashirganday, men ham so’zda yashiringanman, kimning xohishi meii ko’rmoq bo’lsa, meni so’zda ko’rsin.

Bu bayt Zebunniso begimning Eron shahzodasiga mohirona bergan javobi edi.«Hunar va mardum» (Eron) oynomasida hikoya qilinishicha, Avrangzeb Olamgirning yetti vaziri bo’lib, shulardan biri Oqilxon Roziy edi. U yosh, sho’x, yetuk suxandon, shoir tabiatli yigit bo’lgan. Taqdir taqozosi bilan Zebunniso begim Oqilxon Roziyni yoqtirib qoladi. Nihoyat, har ikki dildor bir-birlari bilan maxfiy ravishda uchrashib, ahdu paymon qiladilar. Ammo shoh Avrangzeb qizi Zebunniso begimni uncha-muncha odamga ravo ko’rmas, shahzodalaru, aslzodalardan kuyov qilishni niyat qilardi. Zebunniso begim bilan Oqilxon Roziy ko’pincha bir-birlariga mushoira tarzida she’r yozishib, so’zlashardilar. Ularning bir-birlariga ko’ngil qo’yganlari va maxfiy uchrashuvlari hasadchi va ig’vogarlar nazaridan chetda qolmadi. Ular bu voqeani shoh Avrangzebga yetkazadilar. Shoh Avrangzeb avvaliga qattiq g’azablanadi va Oqilxonga nisbatan jazo chorasini qo’llashni o’ylaydi. Biroq, xabarchilar keltirgan mish-mishdan boshqa qo’lda amaliy dalil-isbot yo’qligi tufayli, jazoni bir oz kechiktirishga qaror qiladi. Zero, bu sohada Avrangzeb uzoqni o’ylab ish tutadi. Chunki Oqilxonga beriladigan jazoning bir uchida o’zining suyukli qizi Zebunniso turardi. Shuning uchun jazo berishda shoshilmasdan, avval ularning xatti-harakatlarini tekshirib ko’rishga jazm qiladi hamda vazirlariga quyidagicha ko’rsatma beradi: har bir vazir bir kecha-kunduz, ya’ni 24 soat davomida saroyda bo’lishi kerak. Haftaning yetti kunini yetti vaziriga taqsimlaydi. Ushbu taqsimotda Oqilxonga ham bir kechayu kunduz saroyda saltanat ishlari bilan shug’ullanishga farmon beradi. O’z-o’zidan ma’lumki, Oqilxon navbatchilik qiladigan tunda Zebuniiso begim bilan Oqilxonning diydor ko’rishmaklariga imkon tug’ilardi. Ammo, shoh Avrangzeb o’zining voqeanavislarini (josus) yig’ib, shu bir hafta davomida kechasi-yu kunduzi Oqilxon Roziyning xatti-harakatidan voqif bo’lishni hamda kim bilan nima haqda so’zlashganini nazardan qochirmaslikni tayinlaydi.

Oqilxon Roziy fahm-farosatli, har ishning oqibatini o’ylaydigan aqlli yigit edi. U navbatchilik shohga nima uchun zarur bo’lib qolgani sababini farosat yuzasidan o’ylab topadi. Ishning oqibati yaxshi bo’lmasligiga ko’zi yetgan Oqilxon o’zini kasallikka solib, o’sha kun va tun o’z manzilidan tashqariga chiqmaydi.

Zebunniso begim esa Oqilxon Roziyning navbatchilik kechasini zo’r ishtiyoq va sabrsizlik bilan kutadi. Zero, o’sha kecha mahbubining visolini ko’rishga musharraf bo’lishdan umidvor edi…

Zebunniso begimning hayot yo’li afsonaviy voqealarga boy. Uning nasli ota tarafidan ham, ona tarafidan ham Bobur podshohga borib tutashadi. Demak, shoh qizi, boz ustiga aql va idrokda tengsiz, yuksak she’riy iste’dod sohibasi, nazm mulkining malikasi, malikalar ichra go’zali… Zebunniso begim husnu latofat va malohatda benazir, fazilatda beqiyos bo’lsa-da, o’zining 63 yillik umri davomida o’ziga munosib, hamdard yor topa olmadi. U 1702 yilda 63 yoshida Dehlida vafot etdi. Uni Dehlidagi «Zarzariy» qabristoniga dafn qilishgan.«Olami Islom»da yozilishicha, Zebunniso begimning vafotiga bag’ishlab, abjad hisobida quyidagi g’azal bilan ta’rix yozganlar.

Oh, Zebunniso ba hukmi qazo nogahon az nigoh maxfiy shud.
Manbai ilmu fazl va husnu jamol, Hamchu Yusuf bachoh Maxfiy shud.
Soli ta’rix az hirad justam, guft hotif ki moh Maxfiy shud.

Mazmuni: Oh, Zebunniso, qazo hukmi bilan nogahon ko’zdan yashirindi. Ilmu fazl va husnu latofat manbai Yusuf kabi chohga yashirindi. Ta’rix (vafot) yilini aqldan qidirdim, oy yashirindi deb g’oyibdan ovoz keldi.

G’azalda «Zebunniso bu hukmi qazo» ta’rixi bo’lib, arab alifbosida harflarning raqami 1132 ni tashkil qiladi. Unda «zeb» harflari— 19 dir, demak 1132dan 19 ni olib tashlansa, 1113 qoladi. Bu son hijriy yilda Zebunniso begimning vafot qilgan yilidir. Hijriy 1113 yilni milodiyga o’girilsa — 1702 yil kelib chiqadi.

*     *     *
Begali Qosimov - Zebunniso begim

Zebunniso begim (1643, Dehli — 1721) — shoira, ma’rifatparvar. Boburiylar sulolasidan Avrangzebning qizi. Onasi Dilrasobonu Gulbadan begimning avlodlaridan. Bareliy («Tazkirai shoiroti urdu» — «Urdu shoirlarining tazkirasi»), Sherxoni Ludiy («Mirot ul-xayol» — «Xayol oynasi»), Hakimxon To‘ra («Muntahab ut-tavorix» — «Tanlangan tarixlar»), Fazliy («Majmuai shoiron» — «Shoirlar majmuasi») va boshqa tarixchi va tazkiranavis olimlar asarlarida Zebunniso begim hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar uchraydi.

Otasi Avrangzeb qizida she’r va shoirlikka mayl sezgach, o‘sha davrning mashhur olimi Mullo Muhammad Sayd Ashraf Isfaxoniyni unga muallim qilib tayinladi. Zebunniso begim bu olimning tarbiyasida zabardast shoira, olima, sozanda va xattot bo‘lib voyaga yetdi. So‘ngra ilohiyotga oid bir asar yozib, uni shu ustoziga bag‘ishladi. Zebunniso begim o‘zbek, fors, arab tillarining sarfu nahvi (morfologiya va sintaksis)ni o‘zlashtirgan. Xusrav Dehlaviy, Navoiy, Bobur asarlarini sinchiklab o‘rgangan. Hindiston olimlari, shoirlari va san’at ahllariga ko‘p g‘amxo‘rliklar qilib, o‘z zamonida ilm va san’atning rivojlanishiga zo‘r ta’sir qilgan. O‘sha zamonning ko‘p olimlari shaxsan Zebunniso begimdan maosh olar edilar. Shuning uchun xam tarixchilar unga yuksak baho berib, Zebunniso begim otasi hukmdorlik bilan qozona olmagan shuhratni ilm va odob bilan qozongan deb ta’kidlaydilar.

Shoira ijodining shakllanishi va kamolga yetishida adabiy muhitning ta’siri kuchli bo‘lgan. Akasi A’zamshohning adabiyotga qiziqishi, uyida bo‘lib turadigan mushoiralar unda she’riyatga havas uyg‘otadi. Yetuk shoir va olimlar bilan tanishadi. Ayniqsa, Zebunniso begimning Bedil bilan mushoiralar qilishi ikki buyuk talant mehnatiga barhayotlik bag‘ishladi.

Shoira murakkab, ziddiyatli bir davrda yashab, ijod etdi. 19 yoshidayoq ko‘p ayanchli voqealarning shohidi bo‘ldi. Avrangzeb saltanat uchun kurashda akasi Doroshukuh, ukalari Murodbaxsh va Shohshujo’larni yengib, taxtni egallaydi (1658), kasalmand otasi Shohjahonni 16 yil uy qamog‘ida asraydi. O‘z o‘g‘li Akbarni taxt uchun kurashda ayblaydi. Qizi — Zebunniso begimni ham bu ishda hamfikr hisoblab, Dehlidagi Salimgarhi qo‘rg‘onidan chiqarmaydi. Mamlakatdagi notinch hayot, saltanat uchun kurashning avj olishi shoira dunyoqarashini tubdan o‘zgartirdi.

Zebunniso begim ijodida ijtimoiy-falsafiy fikrlar chuqurroq ildiz ota boshladi. Dastlabki she’rlaridayoq tabiat tasviri orqali insonning orzu-umidlarini, adolat va haqiqatni kuyladi. Rostlikni, haqqoniylikni targ‘ib qildi, aldamchi, firibgarlardan nafratlandi («Agar jannatni va’da qilsada, u odam so‘ziga aldanma…»). Zebunniso begim ijodining ba’zi tomonlari Bedil falsafasiga hamohang. Shoira insonning go‘zalligi keltirgan foydali ishida, mehnatida, qadrqimmati uning maqsadida deb biladi.

Zebunniso begimning asosiy mashg‘uloti she’riyat, musiqa, ilm bo‘lgan. U butun huzur-halovatni, taqdir va baxtni, kishilar orzu qilgan jannatni ham kitobda — ilmda, deb bilgan. Lirik she’rlar bilan birga odob va axloqqa oid «Zeb ut-tafosir» («Go‘zal tafsirlar»), «Zeb un-nashot» («Nash’alar ziynati») va tasavvuf falsafasiga doir «Munis ul-arvoh» («Ruhlarning sodiq do‘sti») kabi risolalar ham yozgan. She’rlari ajdodlarining yurti Markaziy Osiyoda, Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Pokiston va boshqa Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. G‘azallari o‘zbek xalqining sevimli qo‘shiklariga aylangan. Hoziq, Xiromiy, Nodir, Sobir Abdulla va boshqalar Zebunniso begim g‘azallariga muxammaslar bog‘laganlar.

Shoiraning she’riy merosi bizgacha to‘liq yetib kelmagan. 8000 misrali bir devoni (g‘azallari), 7 qasidasi, 5 tarje’band va bir muxammasigina saqlanib qolgan. Ba’zi manbalarda shoiraning «Maxfiy» taxallusi bilan ijod qilgani aytiladi. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlarida ko‘chirilgan «Devoni Maxfiy» Zebunniso begimga nisbat beriladi. Zebunniso begim asarlari qo‘lyozmasi dunyodagi ko‘pgina kutubxonalarda, shu jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. ? 2590, 1269, 1936). Dehlidagi «Zarzari» qabristoniga Nizomiddin Avliyo, Amir Xusrav Dehlaviy yonida dafn etilgan.

*     *     *

Zebunniso Devonidan G'azallar

PIR SHUD ZEBUNNISO

Dur bod az tan sare k-oroyishi dore nashud,
Bishkanad daste,ki xam bar gardane yore nashud.

Dar qiyomat sar chi son berun kunad az jaybi xok,
Sinayi on kas,ki dog’I lola ruxsore nashud.

Dar nazar shohid nadori diyda az olam bipo’sh,
Ko’r beh chashme,ki lazzatgiri didore nashud.

Sad bahor oxir shudu har gul ba farqe jo girift,
G’unchayi dog’I dili mo zebi dastore nashud.

Hayf bar ammomai zohid ba chandin pechutob,
Rishtai tasbeh gashtu tori zunnor nashud.

Har matoyero xaridorest dar bozorho,
Pir shud Zebunniso,o’ro xaridore nashud.

G’ARIB ZEBUNNISO

Tandin ajralsin u bosh,gar loyiqi dor o’lmasa,
Sinsin ul qo’l, yor bo’ynida agar u bor o’lmasa.

Ul kishi qanday ko’targay tongla mahshar boshini,
Gar uning ko’ksida dog’i lolaruxsor o’lmasa.

Bu jahondin ko’zni yum,ko’z oldida yor o’lmagach,
Ko’r bo’lmoq yaxshidir,ul ko’zi xummor o’lmasa.

Yuz bahor oxir bo’lib,har chekkadan joy oldi gul,
Hayfdir bizning gulimiz zebi dastor o’lmasa.

Hayf zohid sallasig’a-kim, bu pechutob ila,
Tasbehiga ip bo’lib, zunnor uchun tor o’lmasa.

Har matoga bor xaridor husnning bozorida,
Ne uchun Zebunniso qarrib, xaridor o’lmasa?

(D.Muhammadqulov tarjimasi)

CHASHMI SURMASO INJOST

Biyoki zulfi kaju chashmi surmaso injost,
Nigohi garmu adohoyi dilrabo injost.

Karashma — teg’u, mija — xanjaru nigah — almos,
Shahodat ar talabi Dashti Karbalo injost.

Agar bihisht dihandat firebi kas na xuri,
Qadam zi maykada berun maneh, ki jo injost.

Ba tabfi Ka’ba kujo meravi,dile daryob,
Ki xalq behuda jon mekanand, jo injost.

Zi poy to sari u har kujo ki menigaram,
Karashma domain dil mekashad ki: jo injost.

Kitobxonayi olam varaq-varaq justam,
Xati tu didamu guftam, ki: ‘Muddao injost!’

Zakoti husn agar medihi baroyi xudo,
Biyoki Zebunniso hamchu man gado injost.

KO’ZI QARO BU YERDADIR

Zulfi halqa-halqau ko’zi qaro bu yerdadir,
Boqishi shafqatli-yu,nozikado bu yerdadir.

Kiprigi — xanjar, karashma — tig’u ko’z tashlash yashin,
Gar shahid bo’lmoqchi ersang, Karbalo bu yerdadir.

Bersa ham jannatni,aldanma kishilar so’ziga,
Bir qadam mayxonadan jilmaki, jo bu yerdadir.

Ka’baga bormoq na hojatdur,agar dil ovlasang,
Behuda yo’llar kezar bu xalqu, jo bu yerdadir.

Husniga boshdin-oyoq boqqanda har bir nuqtadin,
Dilni tortib har karashma,derki: jo bu yerdadir.

Izladim bir-bir jahonda har necha bo’lsa kitob,
Ko’rdimu xattingni dedim: «Muddao bu yerdadir!»

Istasang husning zakotini berarga mustahiq,
Kelki,bu Zebunniso yanglig’ gado bu yerdadir.

(M.Muinzoda tarjimasi)

NOMI MAN ZEBUNNISOST

Garchi man Layli asosam dil chu Majnun dar havost,
Sar ba sahro mezanam,lekin hayo zanjiri post.

Bulbul az shogirdiyam shud hamnishini gul ba bog’,
Dar muhabbat komilam,parvona ham shogirdi most.

Dar nihon xunam,ba zohir garchi rangi g’ozaam,
Rangi man dar man nihon chun rangi surx andar hinost.

Baski bori g’am berun andoxtam bar ro’zg’or,
Joma niliy kard inak bin, ki pushti dutost.

Duxtari shoham valekin ro’ ba faqr ovardaam,
Zebu ziynat bas haminam: nomi man Zebunisost.

ISMIM ZEBUNNISO

Layli zotidan esam-da,dilda majnuncha havo,
Tog’u tosh kezgum kelur, lekin yo’lim to’sgay hayo.

Mendan o’rgandi-yu bo’ldi gulga bulbul hamnishin,
Mengadur parvona ham shogirdu, ishqimdur raso.

Zohirimdur g’ozarang, ammo nihonim qon erur,
O’z ichiga saqlagandek qip-qizil rangni xino.

Baski qo’ydim men falakning yelkasiga g’am yukin,
Kiydi motam to’nini-yu, bo’ldi qaddi ham duto.

Shoh qizi bo’lsam-da, qildim faqr yo’lin ixtiyor,
Bas menga bu zebu ziynatkim, ismim Zebunniso.

(M.Muinzoda tarjimasi)

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Divan Edebiyatı (Türk Klasik Edebiyatı)

  “ Türk  Klasik   Edebiyatı ” olarak da tanımlanan Divan edebiyatı, Türklerin İslam kültüründen etkilenmeleri sonucu oluşturdukları bir edebiyattır. Bu edebiyat, bazı kaynaklarda “ Havas Edebiyatı “, “ Yüksek Zümre Edebiyatı “, “ Saray Edebiyatı ”  “Eski Türk Edebiyatı ” gibi adlarla da anılmaktadır. Ancak belli ilkeler çevresinde gelişen bu edebiyat, şairlerin şiirlerini “ Divan ” denilen yazma kitaplarda toplamalarından dolayı daha çok “ Divan edebiyatı ” adıyla ifade edilmektedir.

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Munis Faik Ozansoy - Dilek

Yurdumda bir evlik toprak isterim Yayla olsun, yamaç olsun, düz olsun Orada bir ömür kalmak isterim Yaz, kış olsun, bahar olsun, güz olsun. Bir dam altı gece barındıracak Daldan, sazdan yapma bir çardak olsun İçinde kütükler yanan bir ocak, Yünden veya ottan bir yatak olsun. Çardağı sarmalı bir çiçek dalı, Salkım olsun, gül olsun, leylâk olsun. Yakınlarda bir de su bulunmalı Deniz olsun, göl olsun, ırmak olsun. Ekmeğim topraktan, suyum ırmaktan Katığım kâh zeytin, kâh peynir olsun Mutluluk duyayım nefes almaktan Dost güvenilir, düşman bilinir olsun. Tanrım, başka bir şey ister değilim İçimde ne bir hırs, ne bir kin olsun Yolumu beklesin, akşam sevgilim Bence güzel, ellerce çirkin olsun.

Erkin Vohidov - O'zbegim

  Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

Qaçaq Nəbi

Azərbaycanın xalq qəhrəmanı Qaçaq Nəbi 1854-cü ildə Gəncə quberniyasının Zəngəzur qəzasının Aşağı Mollu kəndində (indiki Qubadlı rayonunda) anadan olub. Onun qaçaqçılıq etməsinin maraqlı tarixçəsi var.

Fuzuli - Gazel (Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar)

  Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar Kılıçlardır ki kanlar dökmek ile jeng tutmuşlar

Abdulla Oripov - Birinchi muhabbatim

Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Ümit Yaşar Oğuzcan - Acılar Denizi

  Ben acılar denizinde boğulmuşum İşitmem vapur düdüklerini, martı çığlıklarını Dalgalar her gün bir başka kıyıya atar beni Duyarım yosunların benim için ağladıklarını

Nazım Hikmet - Tahirle Zühre Meselesi

Tahir olmak da ayıp değil, Zühre olmak da Hatta sevda yüzünden ölmek de ayıp değil, Bütün iş Tahirle Zühre olabilmekte Yani yürekte. Mesela bir barikatta dövüşerek Mesela kuzey kutbuna keşfe giderken Mesela denerken damarlarında bir serumu Ölmek ayıp olur mu? Tahir olmak da ayıp değil, Zühre olmak da Hatta sevda yüzünden ölmek de ayıp değil. Seversin dünyayı doludizgin Ama o bunun farkında değildir Ayrılmak istemezsin dünyadan Ama o senden ayrılacak Yani sen elmayı seviyorsun diye Elmanın da seni sevmesi şart mı? Yani Tahir'i Zühre sevmeseydi artık Yahut hiç sevmeseydi Tahir ne kaybederdi Tahirliğinden? Tahir olmak da ayıp değil Zühre olmak da Hatta sevda yüzünden ölmek de ayıp değil.

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.