Ana içeriğe atla

Kayıtlar

Ekim, 2026 tarihine ait yayınlar gösteriliyor

Turg'un Fayziyev - Zebunniso begim

Zahiriddin Muhammad Bobur podshohning pannevarasi Abu Zafar Muhiyiddin Muhammad Avrangzeb (taxtbezagi) Olamgirning qizi. Uning onasi Dilrasbonu Shohnavozxonning qizi bo’lib, Boburning Gulbadan begim ismli qiziga borib tutashadi. Zebunniso begim (1048 hijriy yil shavvol oyi) 1639 yil milodiy, fevral oyida Dehlida tug’ilgan. Uning otasi Avrangzeb (1618—1707) yoshligidanoq dindorligi bilan nom chiqargan edi. U riyokorlik bilan «umrimni ibodatda o’tkazmoq uchun Makkaga borib, bu dunyo ishlaridan qo’l yuvaman», deb yurar va oddiy xalqqa o’zini avliyo qilib ko’rsatardi. U otasi Shoh Jahon (shahzoda Xurram) qo’l ostidagi Dekan viloyatining hokimi edi. Ammo Shoh Jahonga qarshi bir necha marta isyonlar ko’taradi. Nihoyat, 1657 yilda, otasi Shoh Jahonning kasalligidan foydalanib, katta akasi Doro Shukuhni hokimiyatdan azl qilmoq uchun kichik akasi Shoh Shujo’ va ukasi Murod Baxshlar bilan ittifoq tuzadi. 1658 yilda akasi Doro Shukuhni  asirga olgach, otasi Shoh Jahonni ham taxtdan tushirib, ...