Gayr ile her dem nedir seyr-i gülistân ettiğin Bezm edip halvet kılıp yüz lütf u ihsân ettiğin Ahd bünyadın mürüvvetdir mi virân ettiğin Hani ey zalim bizimle ahd u peymân ettiğin? Cürmümüz n'oldu ki bizden eyledin bizârlık Biz gâmın çektik, sen ettin özgeye gâmhârlık Sizde adet bu mudur, böyle olur mu yârlık Hani ey zalim, bizimle ahd u peymân ettiğin?
Karvon ko'rdim: tuyalari bo’zlab kelar,
Nortuyada mening yorim izlab kelar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab kelar.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
Karvon yo’li ketgunicha qizg’aldoqzor,
Yig’lamagin, yig’lagandan dunyo bezor.
O’ynab-o’ynab, kulib-kulib ketayvergin,
G’amga o’zim xaridorman, o’zim bozor.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
Qorli tog’dan naridadir o’zga diyor,
O’zga yurtda kelin bo’lib qolishing bor.
O’zga yurtda o’z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, o’z yurtingga bo’l intizor.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
Men-chi, menga goh g’am to’lar, alam to’lar,
Gohi shodlik, gohida g’am nolam to’lar.
Bu dunyoki, meni ko’nglim yarim etding,
Yarmi bilan kuylasam ham olam to’lar.
Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo’shiq aytsam qayrilma, yor.
Karvon ko’rdim: tuyalari bo’zlab borar,
Nortuyada meni yorim izlab borar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab borar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni ko’zlab borar.

Yorumlar
Yorum Gönder