Âşıka ta'n etmek olmaz mübtelâdır n'eylesin Âdeme mihr ü mahabbet bir belâdır n'eylesin Gönlü dilberden kesilmezse acep mi âşıkın Gamzesiyle tâ ezelden âşinâdır n'eylesin N'ola ta'yin etse zabt-ı mülk-i hüsnü gamzeye Zülfü bir âşüfte-i ser-der-hevâdır n'eylesin Zülfüne kalsa perîşân eylemezdi dilleri Anı da tahrîk eden bâd-ı sabâdır n'eylesin N'ola olsa muztarib hâl-i dil-i uşşâkdan Sînesi âyîne-i âlem-nümâdır n'eylesin Olmasa Nef'î n'ola dil-beste zülf-i dilbere Tab'-ı şûhu dâma düşmez bir Hümâdır n'eylesin
Bugun operatsiyam yo‘qligi uchun kechki ko‘rikni o‘tkazganimdan so‘ng ishlarni navbatchi hamkasbimga topshirib ko‘chaga chiqdim. Yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rib, «esiz, kechagina o‘rik gullagandiya», degan xayolga bordim. Yomg‘irning maydalab yog‘ishi kaminaning g‘ashini keltirardi. Yuzingni qay tomonga burma, mayin tomchilar urilib, dilda tushunib bo‘lmas bir sokinlik uyg‘otardi. Taksiga minganimda orqa eshik oynasining ochiqligini ko‘rib darrov ko‘tarib qo‘ydim. Sovuqdan junjikib, qo‘llarimni cho‘ntagimga tiqdim. Shunda cho‘ntagimdagi qog‘ozga qo‘lim tegdiyu, yana hammasi esimga tushdi. Uni asabiy tarzda ezg‘ilay boshladim. Yo‘l bo‘yi shu bilan mashg‘ul bo‘ldim. Manzilga yetganimda allaqachon qog‘oz kaftim orasida maydalanib yotardi. Uyim besh qavatli binoning to‘rtinchi qavatida. Lift tomon yurgim kelmadi. Zinadan ko‘tarildim.