Ey, tog‘lari ko‘klarga salom beran zo‘r o‘lka, Nega sening boshingda quyuq bulut ko‘lanka? Uchmoxlarning kavsaridek pokiza, Sadaflarning donasidek top-toza Salqin suvlar tog‘dan quyi tusharkan, Tomchilari yomg‘ir kabi ucharkan, Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar? Yov bormi, deb to‘rt tarafni tinglaylar? Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar Har qorong‘i, qo‘rqinch tunning betida Shifo istab kelmasin der, qo‘noqlar. -Bu nega? Ayt menga. Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on, Ustlarida na poda bor, na yilqi, Podachilar qaysi dorg‘a osilg‘on? Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga -Oh, yig‘i, Bu nega?