Ana içeriğe atla

Cho'lpon - Buzilgan o'lkaga

 


Ey, tog‘lari ko‘klarga salom beran zo‘r o‘lka,
Nega sening boshingda quyuq bulut ko‘lanka?
Uchmoxlarning kavsaridek pokiza,
Sadaflarning donasidek top-toza
Salqin suvlar tog‘dan quyi tusharkan,
Tomchilari yomg‘ir kabi ucharkan,
Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar?
Yov bormi, deb to‘rt tarafni tinglaylar?
Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida,
Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar
Har qorong‘i, qo‘rqinch tunning betida
Shifo istab kelmasin der, qo‘noqlar.
-Bu nega?
Ayt menga.
Ko‘m-ko‘k, go‘zal o‘tloqlaring bosilg‘on,
Ustlarida na poda bor, na yilqi,
Podachilar qaysi dorg‘a osilg‘on?
Ot kishnashi, qo‘y ma’rashi o‘rniga
-Oh, yig‘i,
Bu nega?

Tumorchalar xamoyillar taqingan,
Dalalarda lola bargi yopingan,
Tog‘-toshlarda o‘yin qilgan,
Chopingan
Go‘zal qizlar, yosh kelinlar qayerda?
Javob yo‘qmi ko‘klardan-da, yerdan-da,
Xarob bo‘lgan eldan-da.
Ot minganda, qushlar kabi uchguvchi,
Erkin-erkin havolarni quchg‘uvchi,
Ot chopganda, uchar qushni tutquvchi,
Uchar qushday yosh yigitlar qayerda?
Tog‘ egasi – sor burgutlar qayerda?

Sening qattiq sir – bag‘ringni ko‘p yillardir ezganlar,
Sen bezsang-da, qarg‘asang-da, ko‘kragingda kezganlar.
Sening erkin tuprog‘ingda hech haqi yo‘q xo‘jalar,
Nega seni bir qul kabi qizg‘anmasdan yanchalar?
Nega sening qalin tovshing “ket” demaydi ularga?
Nega sening erkli ko‘ngling erk bermaydi qullarga?
Nega tag‘in tanlaringda qamchilarning kulishi?
Nega sening turmushingda umidlarning o‘lishi?
Nega yolg‘iz qon bo‘lmishdir ulushing?
Nega buncha umidsizdir turishing?
Nima uchun ko‘zlaringda tutashguvchi olov yo‘q?
Nima uchun tunlaringda bo‘rilarning qorni to‘q?
Nima uchun g‘azabingni uyg‘otmaydir og‘u-o‘q?
Nima uchun borlig‘ingda bu daraja buzg‘unlik?
Nima uchun o‘ch buluti sellarini yog‘dirmas?
Nima uchun kuch tangrisi bor kuchi-la soldirmas?
Kel, men senga qisqagina doston o‘qiy,
Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy.
Kel, ko‘zingning yoshlarini surib olay
Kel, yarali tanlaringni ko‘rib olay, to‘yib olay.
Nima uchun ag‘darilgan, yiqilgan
Og‘ir toyning zahar o‘qi ko‘ksingda?
Nima uchun yovlaringni bir zamon
Yo‘q qilg‘unday temirli o‘ch yo‘q senda?
Ey, har turli qulliklarni sig‘dirmagan hur o‘lka,
Nega sening bo‘g‘izingni bo‘g‘ib turar ko‘lanka?

Andijon, 1921- yil

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Qaçaq Nəbi

Azərbaycanın xalq qəhrəmanı Qaçaq Nəbi 1854-cü ildə Gəncə quberniyasının Zəngəzur qəzasının Aşağı Mollu kəndində (indiki Qubadlı rayonunda) anadan olub. Onun qaçaqçılıq etməsinin maraqlı tarixçəsi var.

Divan Edebiyatı (Türk Klasik Edebiyatı)

  “ Türk  Klasik   Edebiyatı ” olarak da tanımlanan Divan edebiyatı, Türklerin İslam kültüründen etkilenmeleri sonucu oluşturdukları bir edebiyattır. Bu edebiyat, bazı kaynaklarda “ Havas Edebiyatı “, “ Yüksek Zümre Edebiyatı “, “ Saray Edebiyatı ”  “Eski Türk Edebiyatı ” gibi adlarla da anılmaktadır. Ancak belli ilkeler çevresinde gelişen bu edebiyat, şairlerin şiirlerini “ Divan ” denilen yazma kitaplarda toplamalarından dolayı daha çok “ Divan edebiyatı ” adıyla ifade edilmektedir.

Abdulla Oripov - Birinchi muhabbatim

Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Erkin Vohidov - O'zbegim

  Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

Munis Faik Ozansoy - Dilek

Yurdumda bir evlik toprak isterim Yayla olsun, yamaç olsun, düz olsun Orada bir ömür kalmak isterim Yaz, kış olsun, bahar olsun, güz olsun. Bir dam altı gece barındıracak Daldan, sazdan yapma bir çardak olsun İçinde kütükler yanan bir ocak, Yünden veya ottan bir yatak olsun. Çardağı sarmalı bir çiçek dalı, Salkım olsun, gül olsun, leylâk olsun. Yakınlarda bir de su bulunmalı Deniz olsun, göl olsun, ırmak olsun. Ekmeğim topraktan, suyum ırmaktan Katığım kâh zeytin, kâh peynir olsun Mutluluk duyayım nefes almaktan Dost güvenilir, düşman bilinir olsun. Tanrım, başka bir şey ister değilim İçimde ne bir hırs, ne bir kin olsun Yolumu beklesin, akşam sevgilim Bence güzel, ellerce çirkin olsun.

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Fuzuli - Gazel (Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar)

  Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar Kılıçlardır ki kanlar dökmek ile jeng tutmuşlar

Zafer Bayramımız Kutlu Olsun

Milletin hürriyeti, dini, namusu ve şerefi, vatanın bütünlüğü, devletin bağımsızlığı  için şehid ve gazi olan kahramanlarımızın ruhları şad, Türk Milletinin  Zafer Bayramı  kutlu olsun ...

Sherzod Ortiqov - Stokgolm Oqshomlari (esse)

Mabodo hozir  Nelli Zaks hayot boʻlganida yoki men sal oldinroq tugʻilganimda undan, albatta intervyu olgan boʻlardim. Aytaylik, 1950 yilda tugʻilganimda  yoki u qazo qilmay hech boʻlmaganda yigirma birinchi asrning boshiga oʻtib qolganida bunga ulgurardim (shunday deb oʻzimga koʻp gapiraman. Bunga sabab frau [1] Nellining sheʼriyati taʼbimga mos kelib, judayam yoqqani uchun emas, balki uni yodimga olganimda yuragimni tinmay qiynaydigan bitta savolga undan javob olish uchun). Shu kunlarda bu haqida yana koʻp oʻyladim. Yuqoridagi ikkita farazni tasavvur qilib, ulardan biriga, aniqrogʻi ikkinchisiga toʻxtaldim. Yaʼni, “frau Nelli omonatini Yaratganga topshirmay, yigirma birinchi asrning boshiga oʻtganida undan qanday intervyu olardim?” degan xayol shuurimni qamrab oldi. Agar shunday boʻlganida, albatta birinchi galda Stokgolmga borish uchun rosa bir yil yemay-ichmay, yangi kiyim kiymay, dam olish uchun sihatgohlarga bormay, yoqilgʻiga pul ketmasin deb mashina haydamay gonorarla...