Usmon Azimga Ey böğzimni yoqqan aççiq böz, ey sen ruhi ravonim körki – gulxanlarda yongan turkiy söz, gulxanlarda yonmagan turkiy! Ey toşlarni sayratgan kalom, ey boşimni omon tutgan börk, ey sen… meni keçir, vassalom, keçir deyman, Hazrat Abutturk! Gunohkorman qoşingda butkul, gumrohmanu osiyman, tamom… keçir deyman, aybimdan ötgil, olma deyman faqat intiqom! Şu daştlarda kezdim ming yillar, şu oftobda ösdim, isindim, şu köksimga botdi sohillar, şu qirlarda yuksaldim, indim. Şu soylarga tökildi ohim, şu boğlarda pindiq otdi baxt, qahqahamdan ungan oğoçim, faryodimdan tökilgan daraxt… Men barini kuyladim jöşib, kuylarimdan daştlarim qondi, men kuylagan u dilbar qöşiq istilolar ötida yondi. Yondi bari jizğanak bölib, yondi bari kökka urib boş, kul şaklida topdilar ölim… vafo qildi menga faqat toş! Şu toş qoldi sendan esdalik – toş şaklida qotgan turkiy dil! Kim bevafo kelgan mençalik?! Kim mençalik noraso öğil?! Men bilmasman kuylarim naqşi runiymidi, oromiymidi, jilvalari, nuri, duraxş...