Ana içeriğe atla

Shukur Qurbon - Navro'z



Tun bilan tong erur tashbehda udum.
Аbdulla Oripov

Koʼkda parcha-parcha yulduz,
Sirli-afsunli dunyo.
Bir yulduz bor jahonda
Tong yulduzi-purziyo.
Qoʼllarida nurdan qilich,
Tillarida nurdan soʼz.
Tunga qarshi jangga kirar
Osmon aro shu yulduz.
Zulmatliklar rangi oʼchar,
Yuzlaridan qon qochib.
Bu yulduz yuksak uchar,
Qanotidan oʼt sochib.
Toʼkilgan qon toʼkilar
Huv ufqlar ortiga
Va quyosh chiqib kelar
Minib kunduz otiga.
Tun uzunmi? Kun uzun?
Qay biri qadrliroq?
Аlbatta, kun! Аlbatta!..
Lekin… tun qahrliroq!
Mashʼum yaldo tunida
Lahzalarga solar chang,
Onlarning koʼkragiga
Surkab chiqar qora rang.
Shamollarning qoʼshigʼi,
Deysan, nahot sim-siyoh?
Sim-siyohmi daraxtlar?
Sim-siyoh maysa-giyoh?!
Qop-qora soy shovullar
Shundoqqina yoningda.
Nogahonda dovullar
Uygʼonadi qoningda!
— Soy qorami? Qorami?..
Isyon joʼshar qoningda.
— Yoʼq, lojuvard! —
Hayqirar
Boshingda tong yulduzi!
Tundan uzun boʼlmoq shart
Bu dunyoning kunduzi!..
Yana jangga kirar u,
Qoʼllarida qilich-nur:
— Hey, zulmat, kuning bitdi,
Ming nola chek, ming oh ur!..
Qon toʼkilar, toʼkilar —
Huv ufqlar ortiga,
Va oftob chiqib kelar
Minib kunduz otiga!..
Bora-bora erta chiqib,
Kech botadi bu quyosh,
Yorugʼlik farzandlarin
Uygʼotadi bu quyosh.
Bora-bora koʼproq kular
Bogʼlar, bogʼlar havosi.
Bora-bora kengayadi
Yaxshiliklar safosi.
Bora-bora kichrayadi
Yolgʼonning boʼy-basti ham.
Bora-bora uzayadi
Haqiqatning dasti ham.
Navroʼz, sen shu sarhadda
Dunyoga kelgan farzand.
Sen — farzand jamoliga
Yorugʼ dunyo koʼngli band.
Bugun kecha va kunduz
Teng kelgan ulugʼ kundir,
Dunyo yaxshi-yomonga
Keng kelgan ulugʼ kundir.
Bugun uzun, bugundan
Ertangi kunduz uzun.
Ertangi kunduz aro
Yongan toʼgʼri soʼz uzun.
El-ulus shu boisdan
Koʼtargay seni boshda.
Uylarini tark etib,
Yayragay dala-dashtda.
Yuraklarning toʼrida
Bir-bir joʼyak ochurlar,
Qadr, mehr-muhabbat
Urugʼlarin sochurlar.
Eng anvoyi hislardan
Gulchambarlar toʼkilar,
Muhabbatning yam-yashil.
dostonlari oʼqilar.
Doshqozonlar osilib,
Oʼyin-kulgu boshlanar,
buni koʼrib, yomonlar
Jon-jahoni gʼashlanar…
Navroʼz, navroʼz, ogoh oʼl,
Dunyoda dushmaning koʼp.
Dushmaniga beparvo
Kimsaning pushmoni koʼp.
Chorla gʼofil gullarni,
Bogʼlarni chorla, navroʼz.
Yuraklar peshtoqida
Tugʼ boʼlib porla, navroʼz.

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Qaçaq Nəbi

Azərbaycanın xalq qəhrəmanı Qaçaq Nəbi 1854-cü ildə Gəncə quberniyasının Zəngəzur qəzasının Aşağı Mollu kəndində (indiki Qubadlı rayonunda) anadan olub. Onun qaçaqçılıq etməsinin maraqlı tarixçəsi var.

Divan Edebiyatı (Türk Klasik Edebiyatı)

  “ Türk  Klasik   Edebiyatı ” olarak da tanımlanan Divan edebiyatı, Türklerin İslam kültüründen etkilenmeleri sonucu oluşturdukları bir edebiyattır. Bu edebiyat, bazı kaynaklarda “ Havas Edebiyatı “, “ Yüksek Zümre Edebiyatı “, “ Saray Edebiyatı ”  “Eski Türk Edebiyatı ” gibi adlarla da anılmaktadır. Ancak belli ilkeler çevresinde gelişen bu edebiyat, şairlerin şiirlerini “ Divan ” denilen yazma kitaplarda toplamalarından dolayı daha çok “ Divan edebiyatı ” adıyla ifade edilmektedir.

Abdulla Oripov - Birinchi muhabbatim

Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.

Erkin Vohidov - O'zbegim

  Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

Munis Faik Ozansoy - Dilek

Yurdumda bir evlik toprak isterim Yayla olsun, yamaç olsun, düz olsun Orada bir ömür kalmak isterim Yaz, kış olsun, bahar olsun, güz olsun. Bir dam altı gece barındıracak Daldan, sazdan yapma bir çardak olsun İçinde kütükler yanan bir ocak, Yünden veya ottan bir yatak olsun. Çardağı sarmalı bir çiçek dalı, Salkım olsun, gül olsun, leylâk olsun. Yakınlarda bir de su bulunmalı Deniz olsun, göl olsun, ırmak olsun. Ekmeğim topraktan, suyum ırmaktan Katığım kâh zeytin, kâh peynir olsun Mutluluk duyayım nefes almaktan Dost güvenilir, düşman bilinir olsun. Tanrım, başka bir şey ister değilim İçimde ne bir hırs, ne bir kin olsun Yolumu beklesin, akşam sevgilim Bence güzel, ellerce çirkin olsun.

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Fuzuli - Gazel (Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar)

  Mukavves kaşların kim vesme birle reng tutmuşlar Kılıçlardır ki kanlar dökmek ile jeng tutmuşlar

Zafer Bayramımız Kutlu Olsun

Milletin hürriyeti, dini, namusu ve şerefi, vatanın bütünlüğü, devletin bağımsızlığı  için şehid ve gazi olan kahramanlarımızın ruhları şad, Türk Milletinin  Zafer Bayramı  kutlu olsun ...

Sherzod Ortiqov - Stokgolm Oqshomlari (esse)

Mabodo hozir  Nelli Zaks hayot boʻlganida yoki men sal oldinroq tugʻilganimda undan, albatta intervyu olgan boʻlardim. Aytaylik, 1950 yilda tugʻilganimda  yoki u qazo qilmay hech boʻlmaganda yigirma birinchi asrning boshiga oʻtib qolganida bunga ulgurardim (shunday deb oʻzimga koʻp gapiraman. Bunga sabab frau [1] Nellining sheʼriyati taʼbimga mos kelib, judayam yoqqani uchun emas, balki uni yodimga olganimda yuragimni tinmay qiynaydigan bitta savolga undan javob olish uchun). Shu kunlarda bu haqida yana koʻp oʻyladim. Yuqoridagi ikkita farazni tasavvur qilib, ulardan biriga, aniqrogʻi ikkinchisiga toʻxtaldim. Yaʼni, “frau Nelli omonatini Yaratganga topshirmay, yigirma birinchi asrning boshiga oʻtganida undan qanday intervyu olardim?” degan xayol shuurimni qamrab oldi. Agar shunday boʻlganida, albatta birinchi galda Stokgolmga borish uchun rosa bir yil yemay-ichmay, yangi kiyim kiymay, dam olish uchun sihatgohlarga bormay, yoqilgʻiga pul ketmasin deb mashina haydamay gonorarla...