Bu savdolar bila kavnayn bozorida yuz g‘avg‘o.
Seni topmoq base mushkildurur, topmaslig‘ osonkim
Erur paydolig‘ing pinhon, vale pinhonlig‘ing paydo.

Chaman otashgahiga otashin guldin chu o‘t solding
Samandardek ul o‘tdin kulga botti bulbuli shaydo.

Quyoshg‘a gah qizormoq, goh sorg‘ormoq erur andin
Ki sun’ung bog‘ida bor ul sifat yuz ming guli ra’no.

Nedin yuz gul ochar ishq o‘tidin bulbul kibi Vomiq
Yuzungdin gar uzori bog‘ida gul ochmadi Uzro?

Kalomingni agar Shirin labida qilmading muzmar
Nedin bas la’l o‘lur Farhodning qon yoshidin xoro?

Jamoling partavidin sham’ o‘ti gar gulsiton ermas
Nedin parvona o‘t ichra o‘zin solur Xaliloso?

Malohat birla tuzdung sarvqadlar qomatin, ya’ni
Ki mundoq zeb birla ul alifni aylading zebo.

Qanoatning dalilin inzivo qilding, yana bir ham
Dalil ushbuki qoni’ harfidin xalq aylading anqo.

Navoiy qaysi til birla sening hamding bayon qilsun
Tikan jannat guli vasfin qilurda gung erur go‘yo.

Hiç yorum yok:
Yorum Gönder