Ana içeriğe atla

Nef'î - Gazel (Neylesin)

Âşıka ta'n etmek olmaz mübtelâdır n'eylesin Âdeme mihr ü mahabbet bir belâdır n'eylesin Gönlü dilberden kesilmezse acep mi âşıkın Gamzesiyle tâ ezelden âşinâdır n'eylesin N'ola ta'yin etse zabt-ı mülk-i hüsnü gamzeye Zülfü bir âşüfte-i ser-der-hevâdır n'eylesin Zülfüne kalsa perîşân eylemezdi dilleri Anı da tahrîk eden bâd-ı sabâdır n'eylesin N'ola olsa muztarib hâl-i dil-i uşşâkdan Sînesi âyîne-i âlem-nümâdır n'eylesin Olmasa Nef'î n'ola dil-beste zülf-i dilbere Tab'-ı şûhu dâma düşmez bir Hümâdır n'eylesin

Abdulhamid Cho‘lpon - Novvoy qiz (hikoya)

I

Qilg‘ilik qilinib, bechora qizning qizligi olinib, bo‘lar ish bo‘lib bitgandan keyin, ikkalasi jimjit bo‘lib ikki tomonga cho‘zilishdilar. Uyning ichi, tashqari hovli, ko‘cha-ko‘y xuddi tong otishidan sal burung‘i vaqtlarday — chuqur, vazmin va tinch bir jimlikka botqon edi. Ba’zi-ba’zidagina pastak piromondan bir juft er-xotin musichalarning kukulashlari, qo‘shni hovlidan yosh bolalarning o‘yin ustidagi shovqunlari, ko‘cha tomondan yakka-yarim yigitlarning kuchsiz va g‘amli qo‘shiqlari eshitilib qo‘yardi. Darvoza eshikning tor bir yorig‘idan uy ichiga jindakkina yorug‘lik tushar va u ham yolg‘iz qizning so‘lg‘in yuzini yoritardi.

So‘fining shomg‘a aytgan azoni O‘lmasboyni qo‘zg‘otib yubordi. U sekingina turib, usti-boshini tuzatdi-da: «Qiz uxlagan bo‘lsa, uyg‘otib qo‘yayin!» deb uning boshiga keldi.

Qiz ko‘zi ochiq, ezilgan, behol… cho‘zilib, xayollanib yotardi. Oppoq oqargan yuzlarini sekingina O‘lmasboyga burdi. Xoin erkakning marhamatsiz ko‘zlari bilan aldangan qizning so‘nik ko‘zlari bir-biriga yo‘liqishdi. Erkak mag‘rur. Zaharli va sovuq bir kulish bilan kuldi. Qiz juda og‘ir bir jirkanish bilan yuzlarini burdi. Yana jim bo‘ldilar.

O‘lmasboy qizning yuzlariga mag‘rurlik nazari bilan yana bir oz qarab turg‘ach, sharpasiz qadam qo‘yib eshikli terazaga yaqinlashdi va uning bir qanotini sekingina ochdi. Uy ichi birdan yaraqlab ketdi. Qiz tezgina ochiq-sochiq yotgan yerlarini ko‘rpa bilan berkitdi-da, turib o‘tirdi. Shu choq eshikni ochqali borayotgan O‘lmasboy bilan qizning ko‘zlari yana uchrashgan edilar. Qizga orqasi bilan turg‘on O‘lmasboy yolg‘iz kallasinigina burib, haligi mag‘rur kulish bilan unga qaradi: qiz bu safar iztirob va qiynoq aralash bir yuz bilan to‘ppa-to‘g‘ri erkakning ko‘zlariga tikildi-da, bo‘shang bir ovoz bilan:

— Nima qilib qo‘ydingiz? — dedi.

Zaharli va mag‘rur kulishni yana bir oz kuchaytira turib O‘lmasboy ham bezbetlarcha javob qaytardi:

— Maza bo‘ldi, qo‘ya bering…

Qiz bu so‘zdan keyin juda chuqur jirkanish bilan yuzini burdi va titragan lablari orasidan mana shu ikki og‘iz so‘zni zo‘rg‘a chiqara oldi:

— Maza bo‘lmay o‘lsin, ilohim!

O‘lmasboy qizning bu so‘zini bir noz va qizlarga xos istig‘no deb anglagan edi. Shuning uchun xursand bo‘lib bir kuldi-da, eshikka qarab yurdi. Holbuki, eshikning bir qanoti ochilgan vaqtda qizning ko‘zlaridan yirik donali ko‘z yoshlari qatorlashib tusha boshlag‘an edilar…

O‘lmasboy eshikning yonida turib, orqasiga ham qaramasdan:

— Turing, darrov usti-boshlarishizni tuzating. Xotinlar qovun saylidan kelishib qoladi. Mana men eshikka chiqib turaman! — dedi. Shu gapni aytib bo‘ldi-yu, oyog‘ini ostonaga qo‘ydi va tashqaridan turib eshikni ham yopdi.

Qiz kuyikib-kuyikib bir oz yig‘lagach, irg‘ib o‘rnidan turdi. Naridan-beri usti-boshlarini to‘g‘riladi. Asli o‘zi ham usti-boshlarini yechmagan, och bo‘rining changaliga ko‘chadan kslgan bo‘yicha tushib qolgan edi… Butun borlig‘ida to‘lib-toshgan iztirob va g‘azab, horg‘inlik va darmonsizlikni sezdirmas edi. Biri tokchada va biri yerda yotqon paranji-chimmatni tezgina qo‘lga oldi. Uydan yugurganicha chiqib ketmakchi bo‘lib o‘zini eshikka urdi. Eshik qulflanmag‘an edi. Darrov ochildi. Ochishi bilan eshikda O‘lmasboy ko‘rindi. Shu qadar tezlik va shoshilishliq bilan uydan otilib chiqayotgan qiz qandaydir bir kuchning ta’siri bilan yetgan joyida to‘xtadi va ko‘z ochib yumguncha paranjisini irg‘itib uyga kirib keldi. Uning ketidan dumma-dum O‘lmasboy ham kirgan edi. Ko‘zlari burung‘iday g‘ururli emas, mardlik aralash bir iztirob bilan juda «mo‘min va so‘fi» bo‘lib ko‘rinar edi.

— Ha, oyim qiz, yo‘l bo‘lsin? Jo‘nab yotibsizmi?

Qiz «oyim qiz» degan ikki og‘iz so‘zning bittadan ikkita nayza bo‘lib tanga botganini sezdi. U titradi, lablari yelga yo‘liqqan yaroqlarday dir-dir qaltiray boshladi. Ko‘ksi qisildi, dami og‘irlashdi, hansiradi. Shu holda bir oz bezgaklanib turgach, birdan baqirdi:

— Imonsiz!..

O‘lmasboy bemalol kulib turib dedi:

— Oyim, sizga nima bo‘ldi? Musulmon, kalimago‘y odamni imonsiz deysizmi? Nima gunoh qildik?

Qiz qaltirab turib tokchadan bir piyola oldi va titragan qo‘li bilan O‘lmasboyga qarab irg‘itdi. O‘lmasboy salgina bir tomonga sing‘ayish bilan piyolani yonidan o‘tkardi-da, bu safar baland g‘urur bilan bir qah-qaha otdi.

Dengiz shu qadar buyukligi bilan hamma vaqt qirg‘oqlardan yengiladi. Achchig‘i kelganda, g‘azabi qaynaganda zo‘r-zo‘r to‘lqinlar kichik-kichik mavjlarni qirg‘oqning tosh-metin gavdasiga qarab otadi. Qirg‘oq, yuqorilarga ko‘tarilib ketgan marmar qirg‘oq, koshki pinagini buzsa! Bechora to‘lqinlar, mavjlar sinib mayda-mayda bo‘lib, yana dengizning ko‘ksiga tushdi. Dengiz ularni yana silab-sipab boshini bir yerga qovushtirib, to‘plab, yana qirg‘oqqa otadi. Yana bo‘linish, yana parchalanish… Tuganmas olishish!

Qiz — dengiz O‘lmasboy — qirg‘oqning po‘lat taniga kichkina bir piyolani yolg‘iz bir daf’agina otdi. Shunda ham bu jonli qirg‘oq chap berdi-da, mo‘riga tegib parchalangan bechora piyola bo‘ldi. Shundan so‘ng qiz — dengiz o‘z ojizligini bildi va butun qahri va g‘azabini o‘z taniga singdirib olib, paranjisini boshiga tashladi-da, g‘izillab eshikka chiqdi.

Oh! Zindonga kirganlarning osonlikcha chiqishlari mumkinmi? Bo‘rining changaliga «omon» so‘zi aslida yozilganmi? Sher qo‘liga tushganni qo‘yib yuborish uchun yaratilganmi? Ajdar agar bor bo‘lsa, butun shuhratini marhamat orqasida chiqarganmi? Chuqur jarlar, yuksak qoyalar, vahimali uchurimlar… Odam bolasini yulib, ko‘tarib, yuksaklarga olib chiqmoq vazifasini ko‘radilarmi? Qilich o‘pish beradimi? Xanjar peshonangizdan silaydimi? Chayon nashtarga o‘xshash ignasi bilan chokingizni tikadimi? Yo‘q!..

Qiz uydan ikki-uch qadam jilgan edi… Orqadan o‘sha burung‘i kuchli hirs bilan kelib yopishdi. Omonsiz bilaklar shu qadar «yaxshi» ishlar edikim, qiz bechoraga na baqirish, na chaqirish, na qimirlash va na silkinish uchun ozgina bir imkon qolmagan edi.

Boyagi uyda, boyagi joyda, boyagi erkak boyagiday bosdi….

Qovun saylidan keladiganlar — kelmas bo‘lganlar, tan va tan bo‘laklari kuchli erkakning istaklariga tugal bo‘yin egib ketgan edilar…

Bu safar qiz tez qo‘zg‘aldi. Darrov turdi, ust-boshini tuzatdi, paranjini qo‘lga oldi va shamol tezligi bilan uydan chiqdi.

Orqasidan O‘lmasboy g‘urur aralash qah-qaha bilan gapirib qoldi:

— Oyimtilla! Bekor ketayotirsiz! Bu kun xotinlar qovun saylidan kelmaydigan bo‘libdirlar. Qolsangiz tong otguncha bazm qilar edik. Maza bo‘lar edi…

Qiz ko‘cha eshikka yetganda ichkaridan O‘lmasboyning baqirg‘oni eshitildi:

— Novvoy qiz! Non to‘la savating qolibdir!


II


Yarim so‘mga yetar-etmas pul bilan qiz bechora uyiga kelgan vaqtida onasi — kampir o‘lim to‘shagida yotgan edi. Oftobda qatiq ichishgan qarindoshlaridan bir kampir uch-to‘rt kundan beri kasalga qaraydi. Kasal bu kun xo‘rdasini ham ichmagan, uni qizga qoldirgandir. Bo‘lmasa, qiz balki issiqsiz qolardi…

O‘lim oldidagi onaning bosh tomonida o‘tirib, quruq suvdan qaynatilgan bemaza xo‘rdani ichayotgan, shu kampirdan boshqa bu dunyoda hech kimsasi bo‘lmagan bechora qiz o‘ylaydi:

«O… bechora onam! O‘lim oldida ham o‘z nasibasini menga beradi. Oh! Mundan keyin kimning nasibasi bilan to‘yaman!..»

O‘y mundan nari o‘tgach, oysiz tunlarday borgan sari qorayadi. Ko‘chalarda sudralib, har bir yo‘liqqanga sotilib, «sevgan»dan o‘pish, «sevmagan»dan qo‘pol bir turtki yeb yashash ko‘z oldig‘a keladi.

So‘fi odamlarni «falloh» (qutulish)ga chaqirgan vaqtida kampir ham… uzildi. Endi qiz bechora hali qanotini rostlamay turib onasini va uyasini yo‘qotib qo‘ygan qushday bo‘lgan edi…

Ona o‘ldi.

Hech kim bilmasdan, sezmasdan ko‘mildi…

Kampirning hech kimi yo‘q edi. Lekin kampirning «har kimi» bo‘lganda ham uning ko‘nini ham bilmagan edi. U onasini o‘zining alamli ko‘nglida allaqachon… allaqachon ko‘mgan edi.

Keng yurt…

Ko‘p xalq…

Kampirning o‘lgani, ko‘milgani bir mahallaga ham bilinmagani bilan, qizning «allakim» bilan o‘ynashib yurgani hammaga bilingan, butun shaharga dovruq bo‘lgan edi.

Axir, qiz hech kim bilan o‘ynashgani yo‘q-ku! Uni: «Uyimda xatmi hojam bor, noningni tugal olaman, yur mening bilan birga», deb olib ketib, kuch bilan bosgan O‘lmasboy edi-ku! Qiz besh-olti yil uyida non yopib sotib, birgina onasini boqqani holda, hech kimga qiyshanglab gapirmagan edi-ku! Qizda qilcha ham gunoh yo‘q-ku!.. Lekin bu haqiqatni O‘lmasboyning uyidagi devor va terazalar bilan o‘sha yerda qolgan non savatidan boshqa kim biladi? Kim? Hech kim! U jonsiz narsalardan un chiqmasa, ovoz eshitilmasa, tovush kelmasa, nima qilaylik? Nima?..

Oradan rosa ikki yil o‘tmadi — bechora qiz ikki erga tegib chiqdi. Burunroq uning yoshlig‘i, husni, tozalig‘i, bir oz umidi bor edi, endi u narsalardan hech biri qolmadi. So‘nggi eridan chiqqan vaqtida ustida bir qator eski kiyimi, boshida «xudo urgan» bir paranji-chimmati qolib edi. Undan ikki-uch oy o‘tgach, paranji-chimmat ham tashlandi. Endi eski, yirtiq bir qator kiyim, ezilgan yurak, charchagan gavda, gangigan esgina qoldi…


III


Sud.

Ibratli sud.

Kichkina masjidning keng sahni odam bilan liq to‘lgan. Bizning kichkina «tarzan»larimiz — yosh bolalar, tegrasidag‘i daraxtlarning shoxlariga chug‘irchiqday yopishib olg‘onlar. Minglarcha xalq to‘plangan yerda — pastda shovqin kam, yuzcha «o‘zbek tarzanlari» to‘plangan joyda — yuqorida daraxt shoxlarida katta shovqin:

— Ahmad, qayerdasan?

— O… Yo‘lchi! Yo‘lchi hov! Yo‘lchi!!! Bormisan?

— Ergash! Bu yoqqa kel! Men bu yoqdaman!

— To‘xta, tush deyman! Tush! Bo‘lmasa, tepib yuboraman. Ayblanuvchi qassob O‘lmasboy Abduqodir o‘g‘li, qishloqdan non olib kelgan bir qizning nomusini buzish bilan ayblanadi.

Sud tinch o‘tayotibdir.

So‘roqlar tugadi.

Shohidlar ham bir-bir o‘tdilar.

Ayblanuvchilar gapirdilar…

Oqlanuvchilar vaysadilar…

Allakimlar isbot qildi…

Allakimlar tondilar…

Aybdor so‘z oldi. Tondi, gapirdi, gapirdi, o‘zini okladi…

Uning so‘zi tugayozganda paranjisiz «papka» ko‘targan yosh bir xotin to‘g‘ri sud hay’ati yoniga keldi. U bezgakday titrardi.

Sud kishilari, oqlag‘uvchi, qoralag‘uvchi, shohid, tomoshachi… hamma, hamma unga tikildi. U bir oz hushsiz qarab turg‘ach:

— Menga so‘z!.. — deb baqirdi. Xalq qoralag‘uvchisi uqtirdi:

— Bu kishi xotinlar sho‘basining raisasi! Masala bir xotinning nomusi ustida bo‘lgani uchun munga so‘z berilsin!

U gapini tugatmasdan turib xotin baqirdi:

— So‘z!.. So‘z!..

Berdilar.

Yaqinga keldi. Hamma jim qoldi. Masjidning keng sahni to‘ldi, balki ko‘mildi…

Vaqt o‘tadi…

Hamma kutadi.

Xotin jim…

Hammani iztirob bosadi.

Bechora xotin qaltiraydi. «To‘xta parpirak»ning shoxidagi pachgiday qaltiraydi…

Boshladi. Birdan qattiq boshladi.

— Men novvoy qiz edim… Besh yildan beri non yopib, o‘zim sotib qari onamni boqar edim… Bir kun… Bir kun…

U yog‘ini ayta olmadi. Nafasi og‘ziga tiqildi, bo‘g‘ildi, badtar qaltiradi. So‘ngra birdan yovvoyi bir «dod» chiqarib yiqildi.

Pastdan ham bir xunuk «dod» chiqdi. Unda aybdor ham yiqildi. Ikkovini suyab olib ketdilar. Sud buzildi.

Yana sud bo‘lganda…

Dengiz — qiz qullarday jim turib so‘zladi.

Qirg‘oq — O‘lmas tog‘larday tinch turib tingladi.

Qirg‘oq ag‘darildi.

Tog‘ yiqildi.

Dengiz mavjlari va to‘lqinlari quchog‘iga olib, ularni qirg‘oqlardan saqlash: qo‘riqlash qayg‘isiga botdi.

Yorumlar


Site Planı
Etiketler yükleniyor...

Çok okunanlar:

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Ali Şir Nevai - Gazel (Kiçe kelgümdür dibân ol serv-i gülrû kelmedi)

  Kiçe kelgümdür dibân ol serv-i gülr ū kelmedi Közlerimga kiçe ta ñ atkunçe uykū kelmedi. Lahza lahza çıktım ü çekdim yolıda intizâr Kildi cân ağzımga yu ol şâh-ı bedhū kelmedi. Ârazıdan aydın irkende ger etti ihtiyât Rūzgârım dek hem olganda karangū kelmedi. Ul perîveş hecridin kim yığladım divânevâr Kimse barmu kim anga körgende külgū kelmedi. Közleriñdin niçe suv kelgey deb öltürmeñ meni Kim, bârı kan irdi kilgen bu kiçe sū kelmedi. Tâlib-i sâdık tapılmes, yoksa kim koydı kadem, Yolga kim evvel kadem ma'şukı ötrū kelmedi. Ey Nevâî bâde birle hürrem et könglün üyin Ne uçun kim bâde kilgen üyge kaygū kelmedi.

Cengiz Dağcı - Korkunç Yıllar (Roman Özeti)

  ESERİN ADI: Korkunç Yıllar YAZARI: Cengiz Dağcı YAYINEVİ: Ötüken Yayınları, İstanbul, 2001 1.    ESERİN KONUSU:   İkinci Dünya Savaşı esnasında Sovyetler Birliğinde yaşayan Türklerin Çektiği sıkıntılar, haksızlıklar, kullanılmaları ve vatan sevgisi. 2.    ESERİN ÖZETİ: Olaylar İtalya’da Sadık ve Cengiz’in bir akşam sohbeti esnasında doğuyor.Sadık 1930-1940’lı yıllarda Rusya’da yaşamış bir Kazak Türkü.Hayatını hatıralar adı altında bir defterde topluyor. Sadık çocukluk yıllarında köyde yaşıyor daha sonra babasının milisler tarafından tutuklanmasıyla şehre taşınıyorlar; babasının bir kaç ay sonra serbest bırakılmasıyla da Akmescit’e taşınıyorlar. Sadık durumları çok kötü olmasına rağmen babasının ısrarları üzerine okula yazılır.(1937) Ruslar 150 yıldır Türkleri yok etmek için her türlü yolu deniyorlardı.Önce camilerde ezan okunmasını yasakladılar, ardından da onları yıkmaya başladılar.

Mikayıl Müşfiq - Yenə o bağ olaydı

Yenə o bağ olaydı, yenə yığışaraq siz O bağa köçəydiniz. Biz də muradımızca fələkdən kam alaydıq, Sizə qonşu olaydıq. Yenə o bağ olaydı, səni tez-tez görəydim, Qələmə söz verəydim. Hər gün bir yeni nəğmə, hər gün bir yeni ilham, Yazaydım səhər axşam. Arzuya bax sevgilim, tellərindən incəmi? Söylə, ürəyincəmi?

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Oyhan Hasan Bıldırki - Kaçak

     Gün, daha henüz ışımamıştı. Buğulu camın gerisinden Polatlı’nın karanlığı delen ışıkları, kıpış kıpış, fakat belirsizce görünüyordu. Sabahın güzelim sessizliğini doya doya koklamak, tanyerinde sürüp giden renk dövüşünü kana kana görebilmek… Korkusuz olmak. Ne kadar güzelmiş değil mi?

Esat Mahmut Karakurt - Vahşi Bir Kız Sevdim (Roman Özeti)

Eserin Adı: Vahşi Bir Kız Sevdim Yazarı: Esat Mahmut Karakurt Yayınevi: İnkılap Ve Aka Kitabevleri   Koll.Şti. Ankara Cad. No :95 – İstanbul. Basım Yılı: 1967 ( İlk baskı   1926 ). Eserin Konusu : Balkan harbi yıllarında bir   Türk subayı ve Bulgar kızının aşkı. Eserin Ana Fikri : Gönül   ferman dinlemez. Eserin Özeti: Abdulhamid’in saltanatı sırasında Adil adında, otuz bir yaşında yakışıklı bir Türk subayı İstanbul’dan   Makedonya’ya Cisri Mustafa Paşa Tepesi’ni içine alan mıntıkada görevlendirilir. Burada başında güzel bir kızın bulunduğu Bulgar çetesinin saldırıları ile karşılaşır ve bu çetenin terör faaliyetlerine son vermek üzere görevlendirilir.

Mehmed Akif Ersoy - Küfe (Safahat'tan - 5)

Beş-on gün oldu ki, mu’tada inkıyâd ile ben Sabahleyin çıkıvermiştim evden erkenden. Bizim mahalle de İstanbul’un kenârı demek: Sokaklarında gezilmez ki yüzme bilmeyerek! Adım başında derin bir buhayre dalgalanır, Sular karardı mı, artık gelen gelir dayanır! Bir elde olmalı kandil, bir elde iskandil , Selâmetin yolu insan için bu, başka değil! Elimde bir koca değnek, onunla yoklayarak, Önüm adaysa basıp, yok, denizse atlayarak, Ayakta durmaya elbirliğiyle gayret eden, Lisân-ı hâl ile amma rükûa niyyet eden O sâlhurde , harab evlerin saçaklarına, Sığınmış öyle giderken, hemen ayaklarına Delîlimin koca bir şey takıldı...

Tarık Buğra - Küçük Ağa (Roman Özeti)

Küçük Ağa ,  Tarık Buğra ‘nın 1964 yılında yayınlanan romanıdır. Kurtuluş mücadelemizin  Akşehir'de yaşanan bölümünü konu edinir. Zamanla cepheye ve Ankara'ya dair hususlara da girilir. KONUSU: Birinci Dünya Savaşı (1914) ile birlikte Osmanlı Devleti eski gücünü, heybetini kaybetmeye başlamış, isyanlar ve işgallerle zayıf duruma düşmüştür. Romanda, bir Anadolu kasabası olan Konya ilinin bir ilçesi olan Akşehir’den yola çıkılarak, bütün zor koşullar altında millî kurtuluş mücadesi veren Kuva-yı Milliye konu edilmiştir. Olaylar Anadolu'nun küçük bir kasabasında başlar ve gelişir. ÖZET: Dünya Savaşı resmen sona ermiş olmakla birlikte, Osmanlı Devleti üzerinde yarattığı etkiler tüm gücüyle devam emektedir. Savaş sonrası birçok asker memleketlerine geri dönmüştür. Zayiatın büyüklüğü evlerine dönen erlerin çoğunun gazi oluşuyla daha da iyi anlaşılmıştır.

Halit Ziya Uşaklıgil - Mai ve Siyah (Roman Özeti)

  ESERİN ADI           :MAİ ve SİYAH ESERİN YAZARI    :HALİD ZİYA UŞAKLIGİL YAYINEVİ                 :İNKILAP VE AKA KİTABEVLERİ BASIMYILI              :1980 1.ESERİN KONUSU: Hayalleri olan bir gencin lise son sınıfta babasını kaybetmesiyle hayallerinin yıkılışı ve beraberindeki hayat mücadelesi. 2.ESERİN ÖZETİ: Ahmet Cemil,babasının ölümünden sonra,binbir güçlükle okulu bitirir ve kız kardeşini ve annesini beslemek için çalışmak zorunda kalır.Bunun için elinden fazla birşey de gelmemektedir.Çünkü yabancı dil bilmekten başka bildiği birşey yoktur.Ona kalsa,bütün çalışmalarını şiir üzerinde toplamayı;edebiyatımıza bir başka yön vermeyi ister. Ancak hayat mücadelesi onu çok genç yaşta karşılar.