O‘sha yo‘l, O‘sha yo‘lakcha.
Hamon o‘sha edi yo‘ldagi chiziq
Men uchun bu yo‘lning fayzi bo‘lakcha,
Sen... taqdirimdagi eng go‘zal yoziq!
Yoziqlarim ichra manguga borsan,
Sen qolib ketgansan vidolarimda.
Borsanki, hamisha yoding mujassam,
Va mangu yashaysan duolarimda...
* * *
Bunda
ortga qadam bosilmas aslo,
Ketmaslikka hujjat, ishqi ilohiy.
Bunda
baxtsizlik yòq, baxt ham yòq ammo,
Mamnunlik hissini tuyasan boqiy.
Bunda
anglamaysan asl damlarni
Kòrinib qoladi, oddiy va sodda.
Hech yodga olmassan, foniy ğamlarni,
Bari bayon bo'lar shu qasamyodda!
Imzoying chekasan, yashil yaproqqa,
Xazonrezgi sasda kuylaysan qo'shiq.
Sira hojat qolmas, boshqa sòroqqa,
Dardingga joningni joylaysan qòshib.
Xullas, qadamingni bosaver dadil,
Òylanishdan sira foyda bòlmagay.
Sening shartnomangga yagona dalil,
Qalbida Xudo bor inson òlmagay!
Qalbida Xudo bor inson òlmagay!
16.03.2022
