Omon Matjon - Eshigingdan o'taman

0


Kuz yoysa ham yo‘llarga xazon,
Qor ko‘msa ham borliqni butun,
Ko‘klam kelib,ursa ham xandon,
Eshigingdan o‘taman bir kun.

Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdangga titroq,
Eshigingdan o‘taman bir kun.

Mayli,shunda tanimasang ham,
Yoki desang ko‘rmayin turqin,
Yoshim yutib, boshim qilib xam,
Eshigingdan o‘taman bir kun.

Meni demay yumsang ham ko‘zing,
Xonang qolsa zulmatga tutqun,
Xotirangga sham bo‘lib o‘zim,
Eshigingdan o‘taman bir kun.

Vaqtim etib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Bu dunyoni tark etar onim
Eshigingdan o‘taman bir kun.





Yorum Gönder

0 Yorumlar

Yorum Gönder (0)

#buttons=(Çerezleri kabul et) #days=(20)

Sitemizde çerezler kullanılmaktadır. Kabul
Çerezleri kabul et