Ana içeriğe atla

Mastura Bo'riyeva - Qaytish (Hikoya)

    "Men qayerdaman o'zi...kimman...yoki nima"...?

   Ayol juda ko'p o'yladi.Oppoq tumandan boshqa narsani ko'rmadi atrofida."Yoki shunchaki tumanmanmi...yoki ruhmi?Bu qanaqa holat bo'ldi.Men mavjudmanmi o'zi?Mavjud bo'lmasam qanday o'ylayapman?"

   Ayol juda ko'p o'yladi.Tushunarsiz o'ylar...Chalkash tug'yonlar...Shu onda u qandaydir etni junjiktiradigan sovuqni,namlik va muzdek nimanidir his qildi.Soniyalar ichida mavjud ekanligi haqidagi signal ongiga yashindek uchdi.

   -Oyiijoon..,Ooyiii...sizni juda yaxshi ko'ramaan.

   Muzdek,tuxtamasdan suv sirg'alayotgan jajji qo'lchalar sochlarini mehr bilan silayverdi.Yuzlab,minglab suv tomchilari chakkillay boshladi.Tomchilar daryoga aylandi...Qizchasining uzun sochlari,jajji qo'lchalari ko'rinib-ko'rinmay po'rtanalar o'zra oqib keta boshladi...

   -Boolaaam,bolajooniim...Meni tashlab ketmaaa...

  Ayol yana devonaga aylandi.So'ngsiz og'riq,cheksiz alam,do'zax azobi..Uch oydirki shu azoblar takror..

Qorong'u xonasida o'zini unutdi.Yaqinlarini unutdi.U bu olamda emas edi...Har kuni huddi o'sha mash'um kundagi kabi qizchasini sovuq,jonsiz tanasini quchgandek uning jajji qabrini quchadi.Yosh qurigan ko'zlari,g'am-qayg'udan so'lgan yuzlari sovuq tuproqqa burkanadi.Bir paytlar uzun va go'zal bo'lgan sumbul sochlari tuproq,xas-xashakka chuvalashib,ayolni yanada devonavor ko'rinishga keltirdi...

   -Bolajonim..meni eshityapsanmi..men keldim.Seni juda sog'indim..judaa

   -Onajonisi,yuraqol ketamiz.Qo'ygin,qizimizni qiynamagin...

   Ayol kundan-kunga so'liy boshladi.Hech kimni,hech narsani eshitmadi...Eshitolmadi.Hayolotlarida,tushlarida uni tark etib,ketib qoladigan jajji qizalog'i endi onasini chaqira boshlagandi.Bir-birini qo'llaridan tutib,ufqqa tomon ketisha boshladi.Quyoshda qizchasining oltin sochlari yaraqlar,onasiga qarab beg'ubor jilmayardi.Ona esa quvonchdan ko'zlari porlab,tinmasdan uni o'pardi,quchoqlardi...

    Yarim yo'lda Ona nihoyatda charchadi.Yurolmay qoldi.Qizchasi esa nuqul qo'llaridan tortqilardi...Ayol o'rnidan turolmadi.Qo'llar ajralib ketdi...Qizaloq shafaq bag'riga,ona esa sovuq,zax,qorong'u yer bag'riga singib keta boshladi.Ona qo'llarini qizchasi tomon cho'zganicha o'zining oxirgi yurak zarbini va so'nggi nafasini eshitdi...Nogoh,oxirgi soniyalarda ayol yuragi ostida nimadir qimirlaganini his etdi...

    Necha tunlar ortidan charaqlab quyosh chiqdi...Yangi kun boshlandi...Sunbul sochlari subhidam shabadasida mavj urayotgan ayol samoga boqib,quyosh kabi charaqladi...

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Omon Matjon - Umr o'tar

Umr o'tar, vaqt o'tar, Xonlar o'tar, taxt o'tar, Omad o'tar, baxt o'tar, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sening yurishlaring, sening kulishlaring. Bahorda bog' na go'zal, Qor tushsa tog' na go'zal, Bu yoshlik chog' na go'zal, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan So'zsiz qarashlaring, holim so'rashlaring. Oy chiqar goh zaholi, Do'stlar ko'pdir vafoli, Hayot shundan safoli, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring. Umr - yo'l, qayrilish ko'p, Uchrashish, ayrilish ko'p, Unutish, aytilish ko'p, Lekin hech qachon chiqmas yodimdan O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring... 1979