Ana içeriğe atla

Mahkam Mahmud - Qardoshlikning kuch-qudrati (2023)


“Turkiy tsivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari” shiori ostida o‘tgan yil Samarqand shahrida o‘tkazilgan sammit davomida, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ta’sis etilgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga turkiy dunyo birligiga, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan Chingiz Aytmatov loyiq ko‘rilgan edi. O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev­ning 2018 yil 2 aprelda “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori adib asarlarini o‘zbek kitobxonlariga yanada keng targ‘ib qilishga asos yaratgan. Bu yil nishonlanayotgan adib tavalludining 95 yilligi munosabati bilan taniqli adabiyotshunos olim Mahkam Mahmud Andijoniyni suhbatga chorladik.

– Mahkam aka, suhbatimizni Chingiz Aytmatov asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalari mavzusida boshlasak.

–Chingiz Aytmatov ijodi O‘zbekistonda hamisha adiblar va munaqqidlarning e’tiborida bo‘lib kelgan, o‘zbek ijodkorlari uning asarlariga havas va yuksak ehtirom bilan munosabatda bo‘lishgan. G‘aybulla Salomov, Saydi Umirov, Ibrohim G‘afurov singari atoqli olimlar Chingiz og‘aning barcha asarlari haqida qimmatli fikr-mulohozalarini bildirganlar. Chingiz Aytmatov asarlarining qahramonlari Jamila, Doniyor, Nurbek, Saida, Kamol, jafokash Mo‘min chol, Sultonmurod, Tanaboy, O‘rxon, Milxun, Kirisk, Edigey, Abutolib Quttiboyev – barchasi mehnatkash, jafokash, pokiza qalbli xalq vakillari. Charlz Dikkens, Nikolay Gogol, Fedor Dostoyevskiy qahramonlari kabi jabrdiyda, kichkina odamlar. Mansabdorlar, siyosatdonlar, kiborlar bunday odamlarni odam o‘rnida ko‘rmay, ularning ustidan kulib, insoniy qadrini yerga uradilar. Ammo shunisi e’tiborga molikki, avlodlar ketidan avlodlar kelib, abadiy yashovchi xalqning aql-zakovati, pokiza vijdoni, ajo­yib fazilatlari kiborlar mensimagan mana shu sofdil odamlarda saqlanib qoladi.

Tarjimon Asil Rashidov muallifning xuddi shu poetik g‘oyasini teran his etadi. Har bir asar va qahramonlar to‘g‘risida keng fikr yuritadi. So‘zlar ustida ishlaydi. Xayolan asar qahramonlari bilan muloqot qiladi. Kitobxon ko‘nglini topishga intiladi. Mustabid totalitar tuzum xalqning eng yaxshi farzandlarini asosiy boyligi – erkinligidan mahrum qilib, insoniy qadr-qimmatini oyoq­osti qilishi, yaxshi insonlarning vatanini ham tortib olib, marhumga bir qabrli joy ham bermay, mahalliy xalqni odam o‘rnida ko‘rmasligi, ya’ni shaxs erkinligini bo‘g‘ishi, inson huquqlarini poymol qilishi “Asrni qaritgan kun” romanida yuksak badiiy pafos bilan tasvirlangan. Zarracha aybi yo‘q mahbus Abutolib Quttiboyev o‘qituvchilikdan, oilasidan, ozodlikdan mahrum qilinib, qilmagan aybiga jazoni o‘tash uchun Sario‘zak dashtida ko‘chma qamoqxonada vagonda borar ekan, temir yo‘l yoqasidagi kulbasida uni kunu tun zoriqib kutadigan xotini va bolalarini bir zumgina ko‘rib qolishni umid qiladi. Inson zotiga bundan ortiq haqorat bormi? Asil Rashidov tarjimasida ham asliyatdagi mana shu dramatik holatlar juda ta’sirli berilgan. “Oq kema” asarida farzandsiz O‘rozqul qaynotasi Mo‘min va bolaning ko‘z o‘ngida Ona Bug‘uni bolta bilan nimtalashi, buni ko‘rib turgan chol bilan nabiraning nafis tuyg‘ulari toptalishi epizodini olaylik. Bolaga portfel olib berilganida uning sevinishi-chi? Yoki qirg‘iz xalqini yer yuzasida bitta qoldirmay qirib tashlamoqchi bo‘lgan dushmanlar xonining ikki norasida go‘dakni o‘ldirib kel, deb Cho‘tir Baymoq kampirga do‘q urishi, kampir bolalarni cho‘qqidan daryoga tashlamoqchi bo‘lib turgan paytdagi holat o‘zbek tilida “O, muazzam Enasoy daryosi! Sening qa’ringga tog‘ni qulatsa, u bir xarsangday jo bo‘ladi. Agar yuz yillik qarag‘ayni tashlasa, uni cho‘pday oqizib ketasan. Kel, endi, ikki qum zarrasini – ikki inson bolasini o‘z bag‘ringga olgin. Ularga yer yuzida joy yo‘q. Qo‘y, ular bu manfur dunyomizni go‘daklikda, toza qalb bilan, bolalik hayosi bilan, yovuz niyat va yovuz ishlar qilmay, o‘z nomiga isnod keltirmay tark etishsin”, degan tarzda juda ta’sirli ifodalangan. “Oq kema” qissasidagi romantizm ruhi tarjimada ham aniq-ravshan inkishof etilgan. Uning tarjimasida ham asarning o‘zidagi kabi kampir bilan bola o‘rtasidagi munosabat yaxshi ochib berilgan. Tarjimon badiiy matnni so‘zma-so‘z o‘girmagan, balki “Xuddi shunday holatda o‘zbeklar nima degan, muallif o‘zbek bo‘lganida, u qanday yozgan bo‘lar edi?” degan andisha bilan ko‘rib, uslubiy mos, badiiy aniq, muqobil tarjima namunasini ijod qilgan.

– Chingiz Aytmatovning o‘zbek tarjimoniga maktubida, jumladan, shunday so‘zlar bor: “Menga ixlos qilib, kitoblarimni o‘zbek tiliga tarjima qilgan do‘stlarimga, ayniqsa, adabiyotshunos, tarjimon Asil Rashidovga tashakkur aytmoqchiman. Chunki mening “Oq kema”, “Jamila”, “Alvido, Gulsari!” singari bir qancha qissalarimni Asiljon o‘zbekchaga xuddi men qirg‘iz tilida yozganday jarangli tarjima qila oldi. Mana shuning o‘zi ham do‘stlikning kuch-qudratidir”.

– Shu o‘rinda yozuvchining “Yuzma-yuz”, “Jamila” qissalari to‘g‘risidagi so‘zlarini eslash joiz. “Men “Yuzma-yuz”, “Jamila” va boshqa asarlarimni shaxsiy taassurotlarim asosida yozganman, – deya eslagandi u. – Urush yillari frontdagina emas, balki front ortida ham hayot og‘ir kechganligini yaxshi bilardim. O‘shanda, umrimda birinchi marotaba kitobxonlarning minnatdorchiligi-yu, ular yo‘llagan maktublarning har biri men uchun haqiqiy bayram bo‘lganligini anglab yetgan edim. Biroq, ayni shu yillari, men ilk bor adabiy hayotning teskari jihatlariga ham duch keldim”.

Shu sababli, yozuvchining asarlari tarjimasiga kirishishdan avval uning ijodini, asarlari to‘g‘risida o‘zi bayon etgan fikr-mulohazalarni chuqur o‘rganib chiqish lozim. Bizning tarjimonlarimiz xuddi shunday qilishdi. Shuning uchun ham Chingiz Ayt­matovning ularga mehri o‘zgacha edi.

Asil Rashidov tabiat manzaralarini ham xuddi asar o‘zbekcha yozilganday, ko‘z o‘ngimizda ravshan gavdalantira olgan: “Tunda soy bo‘yi ham ko‘rkam, ham vahimali bo‘ladi. O‘tloqning u yer, bu yerida o‘tlab yurgan otlar qorayib ko‘rinardi. Hammayoq jimjit. Otlar shabnam tushgan o‘tlarga to‘yib, damba-dam pishqirishar va yengil mud­rashardi. Sal narida Gurkirov suvi quturib, mayda tol novdalarini egib, toshlarni yumalatib, sokin tun jimligini buzib, go‘yo yer qa’ridan qaynab chiqayotganday dahshat bilan sharillab oqardi”.

Bu sizga nimalarni eslatyapti? Umumiy ruhimizni emasmi? Axir, qirg‘izlar, o‘zbeklar yashaydigan sokin qishloqlarning manzaralarini bundan ortiq ifodalash mumkinmi?

– “Erta qaytgan turnalar” qissasi tarjimasi haqida nimalar deya olasiz?

– Urush davrida bolalar va ayollarning chekkan og‘ir mashaqqatlarini, frontga ketgan yigitlarning qaytib kelishini sabr-toqat bilan kutishlarini, xullas, xalqning jahon urushida tortgan jabru jafolarini tarjimon Asil Rashidov ham xuddi yozuvchi Chingiz Aytmatov kabi qalbidan his etadi. U, o‘smir Sultonmurodning otasi borligida butun olam boshqacha, otasi yo‘qligida boshqacha ekanligi haqidagi o‘ylarini o‘z boshidan kechirganday tarjima qiladi. Jahon urushi o‘zbek, qirg‘iz qishloqlariga ham qanchadan-qancha musibatlar, falokatlar keltirish bilan birga, xalqning qalbidagi eng go‘zal fazilatlarni ham yuzaga chiqargan edi. Biz buni “Erta qaytgan turnalar”da frontga ketayotgan yigit Jamonqulning suyukli qizni xayrlashuvga chaqiruvchi maktubni Sultonmurodga yozdirishi, Jamonqulning so‘z tanlab hayajonlanishidan bolaning ichida kulgisi qistagani, oshiqni xafa qilmaslik uchun buni bildirmagani, ko‘p vaqt o‘tmay Sultonmurodning qalbida ham sirli va go‘zal tuyg‘ular g‘unchalab, u Mirzagulning qanchalar go‘zalligini va nafaqat ovulda, balki butun olamda tengi yo‘q ekanligini xatda aytishni istagani, boshqacha aytsak, qahramonining bolalik bilan xayrlashib, o‘smirlik va yigitlik fasliga o‘tish jarayonini muallif ham, tarjimon ham mohirona ifodalab berganlar.

– Siz Asil Rashidovdan tarjimonlik siri va mahoratini o‘rganganmisiz?

– Ijodkorlar bir-biri bilan gohida bahs-munozara qilishdan tashqari yo‘l-yo‘riq olib, fikr almashib ham turishadi. Asil akaning ijodiy yo‘lini, tarjimada xalqona, jonli, tabiiy so‘zlarni zargarday tanlashini kuzatishga muyassar bo‘lganman. Chingiz Aytmatov badiiy uslub jihatidan eng nafis, falsafiy ma’nolarga, dramatik holatlarga boy asarlaridan biri “Sohil yoqalab chopayotgan Olapar” qissasini birgalashib tarjima qilish jarayonida yaxshi ijodiy hamkorlik qildik. Badiiy va ilmiy falsafiy tarjima sohasida ozmi-ko‘pmi malaka hosil qilganman. Arastu “Poetika”sini, Luis Borxes, Stefan Sveyg novellalarini, Lev Tolstoyning adabiy o‘ylari, Balzakning “Sag‘ri teri tilsimi” romani, V.Belinskiy va N.Chernishevskiy asarlari, G.X. Andersen ertaklari, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri aholisining qarashlari” (ustozim Abdusodiq Irisov bilan hamkorlikda), Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asari (Najmiddin Komilov bilan hamkorlikda forschadan), Emil Verxarning “Mikelanjelo” poemasini tarjima qilarkanman, ko‘pincha ustoz tarjimonlarimiz taj­ribalarini o‘rganganim qo‘l keldi. Men, odatda, badiiy asarlarni zavq bilan va tez tarjima qilar edim. Asil aka bilan hamkorlikda yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Sohil yoqalab chopayotgan Olapar” asarini tarjima qilishda mening tezkorligim to‘g‘ri kelmadi. Bu gal Asil akaning shoshmasdan, sidqidildan, sinchovlik bilan so‘z tanlashi foyda berdi. Mening tarjimamda bir qancha o‘rinlarda ma’no buzilgan ekan. Asil aka bu xatolarimni tez topib berdi va ularni tuzatish yo‘llarini o‘rgatdi. Bu menga keyingi ishlarimda juda qo‘l keldi.

– Haqiqatan ham, ibratli jarayon ekan.

– “Chingiz Aytmatov ijodi o‘z-o‘zidan quppa-quruq zaminda yuzaga kelmadi, – degan gapni takrorlashni Asil Rashidov xush ko‘rardi. – Aksincha, bir xalq ikkinchisidan, yosh avlod keksa avloddan, bir yozuvchi ikkinchi yozuvchidan saboq o‘rganib kelgani singari, uning noyob iste’dodi ham mavjud ijtimoiy sharoit va yangi tarixiy, milliy zaminda yuzaga keldi, o‘sib ulg‘aydi va ravnoq topa bordi”.

Chingiz Aytmatov asarlari dunyoning 168 tiliga tarjima qilinib, 67,2 million nusxada chop etilganligi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lgandi. Uning asarlarini 170 millat vakillari bugungi kunda mehr bilan o‘qishi ham sir emas.Chingiz og‘aning asarlari butun dunyo xalqlarini hayratlantiradi va zavq baxsh etadi. Kamina ham bir tarjimoni va muxlisi sifatida faxrlanib yuraman.

– Chingiz Aytmatov dahosi haqida ko‘p so‘z aytilgan, bu borada Sizning fikringiz qanday?

– Turkiy dunyo Alisher Navoiydan qariyb besh yuz yil so‘ng adabiyot cho‘qqisiga Chingiz Aytmatovni olib chiqdi, degan gap bor. U rus tilida yozdi. Unga rus adabiyoti rakursidan qarab baho berishga odatlanib qolganmiz. Ammo Chingiz Aytmatovdagi turkiylik ruhi bizning ruhimiz. Shuning uchun bizning ko‘nglimizga hammadan ko‘ra yaqinroq. Alisher Navoiy bilan taqqoslangani ham ko‘ngilga og‘ir botmaydi. Yozuvchi hayot bilan yuzma-yuz yashadi. Men bir yili yosh olimlar qatorida Yugoslaviyada O‘rta Yer dengiziga tutash Adriatika dengizi sohillarida sayohatda, Serbiya va Xorvatiyada bo‘lganimda bu yurtning mumtoz adibi Ivo Andrich qabrini ziyorat qildim. U Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan “Drina ko‘prigi” romanida Turkiya qurgan bir ko‘prikka aloqador odamlarning 500 yillik mashaqqatli hayotini tasvirlaydi. Har bir ijodkorning o‘z uslubi, o‘z qarashi, o‘z fikri, yozish yo‘nalishi, tarjimachilik sohasida mahorati bo‘ladi. Bu mahorat iste’dodga yo‘g‘rilgan bo‘lib, qalbdan vulqondek otilib chiqadi, u vulqon radiusidan yuz baravar, ming baravar kengroq hududlarning xalqlariga odamiylik, yaxshilikni e’zozlashni, tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash zaruriyatini anglatadi. Toza qalbli insonlar ahil va kuchli bo‘lsa, zolimlar zaiflashadi. Hayotda daholar qudrati va mehnati qadrlanib boriladi.

Mamadali Eronov suhbatlashdi.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 2023 yil 27-son

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen. Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko‘ramen. Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!

Ali Şir Nevai - Gazel (Kiçe kelgümdür dibân ol serv-i gülrû kelmedi)

  Kiçe kelgümdür dibân ol serv-i gülr ū kelmedi Közlerimga kiçe ta ñ atkunçe uykū kelmedi. Lahza lahza çıktım ü çekdim yolıda intizâr Kildi cân ağzımga yu ol şâh-ı bedhū kelmedi. Ârazıdan aydın irkende ger etti ihtiyât Rūzgârım dek hem olganda karangū kelmedi. Ul perîveş hecridin kim yığladım divânevâr Kimse barmu kim anga körgende külgū kelmedi. Közleriñdin niçe suv kelgey deb öltürmeñ meni Kim, bârı kan irdi kilgen bu kiçe sū kelmedi. Tâlib-i sâdık tapılmes, yoksa kim koydı kadem, Yolga kim evvel kadem ma'şukı ötrū kelmedi. Ey Nevâî bâde birle hürrem et könglün üyin Ne uçun kim bâde kilgen üyge kaygū kelmedi.

Cengiz Dağcı - Korkunç Yıllar (Roman Özeti)

  ESERİN ADI: Korkunç Yıllar YAZARI: Cengiz Dağcı YAYINEVİ: Ötüken Yayınları, İstanbul, 2001 1.    ESERİN KONUSU:   İkinci Dünya Savaşı esnasında Sovyetler Birliğinde yaşayan Türklerin Çektiği sıkıntılar, haksızlıklar, kullanılmaları ve vatan sevgisi. 2.    ESERİN ÖZETİ: Olaylar İtalya’da Sadık ve Cengiz’in bir akşam sohbeti esnasında doğuyor.Sadık 1930-1940’lı yıllarda Rusya’da yaşamış bir Kazak Türkü.Hayatını hatıralar adı altında bir defterde topluyor. Sadık çocukluk yıllarında köyde yaşıyor daha sonra babasının milisler tarafından tutuklanmasıyla şehre taşınıyorlar; babasının bir kaç ay sonra serbest bırakılmasıyla da Akmescit’e taşınıyorlar. Sadık durumları çok kötü olmasına rağmen babasının ısrarları üzerine okula yazılır.(1937) Ruslar 150 yıldır Türkleri yok etmek için her türlü yolu deniyorlardı.Önce camilerde ezan okunmasını yasakladılar, ardından da onları yıkmaya başladılar.

Mikayıl Müşfiq - Yenə o bağ olaydı

Yenə o bağ olaydı, yenə yığışaraq siz O bağa köçəydiniz. Biz də muradımızca fələkdən kam alaydıq, Sizə qonşu olaydıq. Yenə o bağ olaydı, səni tez-tez görəydim, Qələmə söz verəydim. Hər gün bir yeni nəğmə, hər gün bir yeni ilham, Yazaydım səhər axşam. Arzuya bax sevgilim, tellərindən incəmi? Söylə, ürəyincəmi?

Oyhan Hasan Bıldırki - Kaçak

     Gün, daha henüz ışımamıştı. Buğulu camın gerisinden Polatlı’nın karanlığı delen ışıkları, kıpış kıpış, fakat belirsizce görünüyordu. Sabahın güzelim sessizliğini doya doya koklamak, tanyerinde sürüp giden renk dövüşünü kana kana görebilmek… Korkusuz olmak. Ne kadar güzelmiş değil mi?

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)

  Eserin Adı: Dokuzuncu Hariciye Koğuşu Yazarı: Peyami Safa Yayınevi: Ötüken Yayınları Basım Tarihi: 1999 Eserin Konusu:  15 yaşındaki bir gencin kemik veremi hastalığa yakalanması sonucu hayata tutunma çabası. Romanın Özeti: Romanın 15 yaşındaki kahramanı 7 yaşından beri dizindeki tam olarak teşhis edilemeyen bir hastalıktan dolayı sıkıntılar çekmektedir. Hayatı hastane kapılarında, doktor önlerinde geçmiştir. Son olarak yapılan tetkikler sonucunda dizindeki rahatsızlığın “Kemik Veremi” olduğu anlaşılır. Bu hastalık hayatına veya bir bacağına mal olabilecek bir hastalıktır. Hal böyle iken doktorlar, eğer beslenmesine dikkat eder, heyecansız, sakin bir yaşam sürdürür, moralini yüksek tutarsa iyileşme ihtimalinin olduğunu söylerler.

Esat Mahmut Karakurt - Vahşi Bir Kız Sevdim (Roman Özeti)

Eserin Adı: Vahşi Bir Kız Sevdim Yazarı: Esat Mahmut Karakurt Yayınevi: İnkılap Ve Aka Kitabevleri   Koll.Şti. Ankara Cad. No :95 – İstanbul. Basım Yılı: 1967 ( İlk baskı   1926 ). Eserin Konusu : Balkan harbi yıllarında bir   Türk subayı ve Bulgar kızının aşkı. Eserin Ana Fikri : Gönül   ferman dinlemez. Eserin Özeti: Abdulhamid’in saltanatı sırasında Adil adında, otuz bir yaşında yakışıklı bir Türk subayı İstanbul’dan   Makedonya’ya Cisri Mustafa Paşa Tepesi’ni içine alan mıntıkada görevlendirilir. Burada başında güzel bir kızın bulunduğu Bulgar çetesinin saldırıları ile karşılaşır ve bu çetenin terör faaliyetlerine son vermek üzere görevlendirilir.

Tarık Buğra - Küçük Ağa (Roman Özeti)

  Küçük Ağa ,  Tarık Buğra ‘nın 1964 yılında yayınlanan romanıdır. Kurtuluş mücadelemizin  Akşehir'de yaşanan bölümünü konu edinir. Zamanla cepheye ve Ankara'ya dair hususlara da girilir. KONUSU: Birinci Dünya Savaşı (1914) ile birlikte Osmanlı Devleti eski gücünü, heybetini kaybetmeye başlamış, isyanlar ve işgallerle zayıf duruma düşmüştür. Romanda, bir Anadolu kasabası olan Konya ilinin bir ilçesi olan Akşehir’den yola çıkılarak, bütün zor koşullar altında millî kurtuluş mücadesi veren Kuva-yı Milliye konu edilmiştir. Olaylar Anadolu'nun küçük bir kasabasında başlar ve gelişir. ÖZET: Dünya Savaşı resmen sona ermiş olmakla birlikte, Osmanlı Devleti üzerinde yarattığı etkiler tüm gücüyle devam emektedir. Savaş sonrası birçok asker memleketlerine geri dönmüştür. Zayiatın büyüklüğü evlerine dönen erlerin çoğunun gazi oluşuyla daha da iyi anlaşılmıştır.

Mehmed Akif Ersoy - Küfe (Safahat'tan - 5)

Beş-on gün oldu ki, mu’tada inkıyâd ile ben Sabahleyin çıkıvermiştim evden erkenden. Bizim mahalle de İstanbul’un kenârı demek: Sokaklarında gezilmez ki yüzme bilmeyerek! Adım başında derin bir buhayre dalgalanır, Sular karardı mı, artık gelen gelir dayanır! Bir elde olmalı kandil, bir elde iskandil , Selâmetin yolu insan için bu, başka değil! Elimde bir koca değnek, onunla yoklayarak, Önüm adaysa basıp, yok, denizse atlayarak, Ayakta durmaya elbirliğiyle gayret eden, Lisân-ı hâl ile amma rükûa niyyet eden O sâlhurde , harab evlerin saçaklarına, Sığınmış öyle giderken, hemen ayaklarına Delîlimin koca bir şey takıldı...

Halit Ziya Uşaklıgil - Mai ve Siyah (Roman Özeti)

  ESERİN ADI           :MAİ ve SİYAH ESERİN YAZARI    :HALİD ZİYA UŞAKLIGİL YAYINEVİ                 :İNKILAP VE AKA KİTABEVLERİ BASIMYILI              :1980 1.ESERİN KONUSU: Hayalleri olan bir gencin lise son sınıfta babasını kaybetmesiyle hayallerinin yıkılışı ve beraberindeki hayat mücadelesi. 2.ESERİN ÖZETİ: Ahmet Cemil,babasının ölümünden sonra,binbir güçlükle okulu bitirir ve kız kardeşini ve annesini beslemek için çalışmak zorunda kalır.Bunun için elinden fazla birşey de gelmemektedir.Çünkü yabancı dil bilmekten başka bildiği birşey yoktur.Ona kalsa,bütün çalışmalarını şiir üzerinde toplamayı;edebiyatımıza bir başka yön vermeyi ister. Ancak hayat mücadelesi onu çok genç yaşta karşılar.