Na xörliq, na kasolat?-Doimo afgor biz, millat,
Hama gul dasta qilsa, ne terarmiz?-Xor, biz, millat.
Jaholat qaziyasi döndurdi istiqboli rif’atdan,
Ma’oz-illoki, na iqror, na inkor-biz, millat.
Tutub selobi ğaflat mavji ğamğa taşladi, hayhot,
Jahon Jayhunlariğa to‘mai tayyor-biz, millat.
Tamaddunfeşalikdan özgalar ruhi mujassamdur,
Hayota qobil ermas, surati devor-biz, millat.
Hama ilmu hunar asbobini olmaqni istarsa,
Çafon, çalma, riyo sotmoqğa xöb tujjor-biz, millat.
Tafakkur soyasida özgalar şahdu şakar yersa,
Tururmiz baqrayib har göşada bekor-biz, millat.
Mayu minosini tark aylasa ağyor, bizlar, oh,
Içib jomi jaholatdan, hamişa zor-biz, millat.
Hama kasbu kamolot etsa hosil ilm-fan birla,
Şifirguçi, yamoqçi, xayrçi-köb xor-biz, millat.
Taqozoyi zamon, har jins kiysa jismiğa loyiq,
Qilib qof-xaltadan kölmak-çopon-beor-biz, millat.
Özi bilmas, sani duşman, sani johil bilur, Hijron,
Hayotu ruh kerakmas-jismidan bezor-biz, millat.

Yorumlar
Yorum Gönder