Oxu, tar, oxu tar!… Səsindən ən lətif şeirlər dinləyim, Oxu tar, bir qadar, Nəğməni su kimi alışan ruhuma çiləyim. Oxu tar! Səni kim unudar?
(O’zbek Qizi Og’zidan)
Kulgan boshqalardir, yig’lag’an menmen,
O’ynag’an boshqalar, ingrag’an menmen.
Erk ertaklarini eshitkan boshqa,
Boshqada qanot bor, ko’kka uchadir,
Shoxlarg’a qo’nadir, bog’da yayraydir.
So’zlari sadafdek, tovushi naydek
Kuyini har yerda elga sayraydir.
Menda-da qanot bor, lekin bog’lang’on…
Bog’ yo’qdir, shox yo’qdir, qalin devor bor.
So’zlari sadafdek, tovushi naydek.
Kuyim bor. Uni-da devorlar tinglar…
Erkin boshqalardir, qamalg’on menmen,
Hayvon qatorida sanalg’on menmen.

Yorumlar
Yorum Gönder