Usmon Nosir - Yurak

0

 


Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding.
Ko‘zimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko‘krak,
Sevinching toshdi qirg‘okdan.
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.

Sen ey, sen – o‘ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To‘lib qayna, toshib o‘yna,
Tirikman, kuyla boringni!

Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..

Yorum Gönder

0 Yorumlar

Yorum Gönder (0)

#buttons=(Çerezleri kabul et) #days=(20)

Sitemizde çerezler kullanılmaktadır. Kabul
Çerezleri kabul et