16 Eylül 2024 Pazartesi

Cho'lpon - Binafsha


Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko’chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi? binafsha menmi,
Sevgingga, qayg’ungga tutilgan?

Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho’zilding?

Binafsha,
Ayt menga,
Kimlardir ularkim,
Ignani bag’ringga sanchalar?
Binafsha,
Bir so’yla,
U qanday qo’llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yancharlar?

Binafsha, shunchalik chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalik tortg’uvchi tusing bor,
Ko’nglimga isriqlik to’kmaysan?
Binafsha, yig’lama, binafsha, kel beri,
Qayg’ingni qayg’umga qo’shgil.
Binafsha, sen uchun ko’kragim erk eri,
Bu erdan ko’klarga uchgil.

Binafsha, go’zalim, qayg’ulim, kelmaysan,
Qayg’ung zo’r, qayg’umni bilmaysan,
Menga bir kulmaysan.



Hiç yorum yok:

Yorum Gönder

Mehmed Akif Ersoy - Hasta (Safahat'tan)