Bobur - G'azal (Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching)

 

Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma ermish qaro balo soching.

Muyassar o‘ldi junun mulki, ey junun ahli,
Nisori ashkni emdi bu kun mango soching.

Soching shikastida bordur shikasta ko‘ngullar,
Ko‘ngullar ochilur, ochilsa ul qaro soching.

Ochildi ko‘ngli, chu ochting sochingni, Boburning,
Ne ayb, agar desa dilbandu dilkusho soching.

Yorumlar

Bu blogdaki popüler yayınlar

Cho'lpon - Go'zal

Omon Matjon - Umr o'tar

Peyami Safa - Dokuzuncu Hariciye Koğuşu (Roman Özeti)