Bir jamadon sog'inchim bilan,
Borayabman yana siz tomon.
Òzligini siz deya sotgan,
Bu yana men, men òsha yomon.
Men òshaman, sizdagi borliq,
Yòqlik ichra qaytadan paydo.
Òzingizga juda yarashgan,
Nigohingiz etdi-da, shaydo.
Dardisar dil, dardsiragan dil,
Dard yurtidan qayga ham ketay.
Bugun òzdan yotsiragan dil,
Faqat sizni tanisa netay...?
Ishqi haqqi sizni sevguvchi,
Gòyo siz deb yashaydi hamon.
Sizdan ketib, sizga kelguvchi,
Bu yana men, men òsha yomon!
