Tinmay tun-kun gul shoxida sayrab turg‘on mungli qush, Ayt-chi, sening sayrashingni gul ham bir oz sezarmi? Sezgan choqda sening shunday qizg‘onichli holingg‘a Ko‘mak etib islaridan bir ozgina socharmi? Sening har kun tong sahardan erta turub, uyg‘onib, Ochilmagan g‘uncha uzra qo‘nib hamda munglonib Aytgan butun sirlar bilan ohlaringni tinglag‘och, Yashil yaproq orasidan senga kulib boqarmi? Agar anglab barcha ishing kulib boqsa, mungdoshim, Baxtli sen, butun umr qayg‘urmag‘il, yo‘ldoshim. Agar sening hollaringni anglamasa, boqmasa: Oqsun tinmay ko‘zlarimdan sening uchun qon yoshim… 1920
Tinmay tun-kun gul shoxida sayrab turg‘on mungli qush,
Ayt-chi, sening sayrashingni gul ham bir oz sezarmi?
Sezgan choqda sening shunday qizg‘onichli holingg‘a
Ko‘mak etib islaridan bir ozgina socharmi?
Sening har kun tong sahardan erta turub, uyg‘onib,
Ochilmagan g‘uncha uzra qo‘nib hamda munglonib
Aytgan butun sirlar bilan ohlaringni tinglag‘och,
Yashil yaproq orasidan senga kulib boqarmi?
Agar anglab barcha ishing kulib boqsa, mungdoshim,
Baxtli sen, butun umr qayg‘urmag‘il, yo‘ldoshim.
Agar sening hollaringni anglamasa, boqmasa:
Oqsun tinmay ko‘zlarimdan sening uchun qon yoshim…
1920
Yorumlar
Yorum Gönder